Hizqiyo 33 bob

1 Xudo Hizqiyolni soqchi qilib tayinlaydi. 10 Odamning shaxsiy mas’uliyatlari. 21 Quddusning qulashi haqidagi xabar. 23 Xalqning gunohlari. 30 Hizqiyol voizligining natijasi.

1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, xalqing oldiga borib shunday so‘zlarni ayt: Bordi–yu, Men biron bir yurtga qilich yubormoqchi bo‘lsam, o‘sha yerdagi xalq o‘ziga bir soqchini tayinlaydi.
3 Soqchi yaqinlashib kelayotgan yov qo‘shinlarini ko‘rgach, burg‘u chalib bu haqda butun xalqni ogohlantiradi.
4 Bordi–yu, burg‘u ovozini eshitgan odamlar beparvolik qilib halok bo‘lishsa, ularning qoni o‘z gardanida qoladi.
5 Ular burg‘u ovozini eshitib turib, unga e’tibor bermaganlari uchun, o‘z boshini o‘zlari yegan bo‘ladilar. Ular ogohlantirishga e’tibor berganda, jonlarini saqlab qolishlari mumkin edi, axir!
6 Bordi–yu, soqchi yaqinlashib kelayotgan yov qo‘shinini ko‘rib turib, burg‘u chalmasa, u xalqni ogohlantirmagan bo‘ladi. Halok bo‘lgan odamlar o‘z gunohlari uchun o‘ladilar, biroq ular uchun Men soqchidan o‘ch olaman.
7 Shu singari, ey inson, Men seni Isroil xalqi uchun bir soqchi qilib tayinladim. Sen og‘zimdan chiqqan har bir so‘zimni xalqimga aytib, ularni ogohlantirasan.
8 Bordi–yu, Men fosiqqa: “Ey fosiq, sen o‘lasan”, deb aytsam–u, sen esa unga gapirmasang, uni yomon yo‘ldan qaytarish uchun ogohlantirmasang, o‘sha fosiq o‘z gunohlari uchun o‘ladi, biroq uning o‘limi uchun Men seni javobgar qilaman.
9 Bordi–yu, sen o‘sha fosiqni ogohlantirsang–u, u esa yomon yo‘lidan qaytmasa, u o‘z gunohlari uchun o‘ladi, sen esa joningni saqlab qolgan bo‘lasan.”
10 “Ey inson, Isroil xalqiga ayt: Sizlar shunday deb aytasizlar: “Qilgan gunohlarimiz bizni bosib qoldi. Biz ado bo‘lyapmiz. Bunday ahvolda yashab bo‘ladimi o‘zi?!”
11 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, fosiqning halokatidan sevinmayman. Aksincha, fosiqlar yomon yo‘lidan qaytib, yashashini xohlayman. Ey Isroil, orqaga qayt! Yomon yo‘ldan qayt! Nima uchun halok bo‘lishing kerak?!
12 Ey inson, xalqing oldiga borib ayt: agar solih odam yomon yo‘lga kirsa, qilgan savob ishlari uni qutqara olmaydi. Agar fosiq odam to‘g‘ri yo‘lga kirsa, qilgan gunohlari uni halokatga yetaklamaydi. Gunohga qo‘l urgan solih odam esa jonini saqlab qolmaydi.
13 Bordi–yu, Men solih odamga hayot va’da qilsamu u odam esa solihligiga ishonib, gunohga qo‘l ursa, uning qilgan savob ishlari hisobga olinmaydi. Qilgan gunohi tufayli u o‘ladi.
14 Bordi–yu, fosiq odamga “Sen o‘lasan”, deb aytsam–u, u odam esa yomon yo‘lidan qaytib to‘g‘ri, adolatli ishlar qilsa,
15 garovga olgan narsani egasiga bersa, o‘g‘irlagan narsasini qaytarsa, yomonlikdan voz kechib, hayotbaxsh qonun–qoidalarga rioya qilsa, bunday odam albatta yashaydi, u o‘lmaydi.
16 Men uning qilgan birorta gunohini esga olmayman. O‘sha odam to‘g‘ri va adolatli ishlar qilgani uchun albatta yashaydi.
17 Sening xalqing “Rabbiyning tutgan yo‘li nohaq–ku!” deb shikoyat qiladi. Aslida esa o‘zlarining yo‘llari nohaqdir.
18 Haq yo‘ldan ozgan va gunohga qo‘l urgan solih kishi qilgan gunohi uchun halok bo‘ladi.
19 Yomon yo‘ldan qaytib to‘g‘ri, adolatli ishlar qilgan fosiq kishi esa qilgan to‘g‘ri ishlari uchun jonini saqlab qoladi.
20 Sizlar esa: “Rabbiyning tutgan yo‘li nohaq–ku”, deb aytasizlar. Ey Isroil xalqi, bilib qo‘y, Men hammangizni qilgan ishingizga yarasha hukm qilaman.”
21 Surgun bo‘lgan paytimizning o‘n ikkinchi yili o‘ninchi oyning beshinchi kunida Quddusdan qochib kelgan bir odam oldimga kelib: “Quddus quladi”, deb aytdi.
22 Bundan bir kun avval, kechasi, Egamizning qudrati meni qamrab olgan edi. Ertalab qochoq kelmasidan oldin, Egamiz menga gapirish iqtidorini qaytarib bergan edi. Men yana tilga kirgan edim.
23 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
24 “Ey inson, Isroilning xarob shaharlarida yashab yurgan odamlar shunday deb yurishibdi: “Ibrohim yolg‘iz o‘zi bo‘la turib, butun yurtga egalik qilar edi. Biz esa ko‘pchilikmiz. Bizning ham bu yurtga egalik qilishga haqimiz bor.”
25 O‘sha odamlarga ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda, sizlar qoni chiqarilmagan go‘shtni tanovul qilasizlar, butlarga sig‘inib, qotillikka qo‘l urasizlar. Shunday ekan, bu yurtga egalik qilishga nima haqingiz bor?!
26 Sizlar faqat o‘z qilichingizga ishonyapsizlar! Jirkanch ishlar qilyapsizlar. Har biringiz qo‘shningizning xotinini bulg‘ayapsizlar! Bu yurtga egalik qilishga nima haqingiz bor?!”
27 Ularga ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, o‘sha xarob shaharlarda yashab yurgan odamlarning hammasi qilichdan halok bo‘ladilar. Bepoyon dalalarda bo‘lganlarni yovvoyi hayvonlar g‘ajib tashlaydi. Qal’alarda va g‘orlarda bo‘lganlar esa o‘latdan nobud bo‘ladilar.
28 Men butun yurtni tashlandiq xarobazorga aylantiraman. Bu xalqning mag‘rur qudratiga chek qo‘yaman. Isroil tog‘larida birorta tirik jon qolmaydi, u yerga odam oyoq bosmaydi.
29 Men odamlarni qilgan jirkanch ishlari uchun jazolab, yurtni tashlandiq xarobazorga aylantirganimda, Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar.”
30 “Ey inson, yurtdoshlaring shahar devorlari oldida hamda uy ostonalarida turib, seni g‘iybat qilishyapti. Ular bir–birlariga: “Qani yuringlar, Egamizdan kelgan xabarni bir eshitib ko‘raylik– chi!” deyishadi.
31 Ular oldingga to‘dalashib kelishadi. Gaplaringni eshitib o‘tirishadi, lekin birontasi ham aytganlaringni qilmaydi. Ularning tilidan bol tomadi, ammo dilida o‘z foydasini ko‘zlaydilar.
32 Ular uchun sen mohir bir sozanda, muhabbat haqida kuylagan xushovoz bir ashulachidaysan, xolos. Ular aytganlaringni eshitishadi–yu, ammo gapingga kirishmaydi.
33 Men senga aytgan barcha kulfatlar ularning boshiga tushadi. Shunda ular seni payg‘ambar deb tan olishadi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18