Hizqiyo 45 bob

1 Egamizning Isroildagi ulushi. 7 Hukmdorning yerlari. 9 Hukmdorga oid qoidalar. 18 Bayramlar.

1 Isroil qabilalariga yerni bo‘lib berayotganingizda, Egamizga tegishli qismini ham ajratib qo‘yinglar. Egamizga ajratilgan hududning uzunligi 25.000 tirsak, eni 20.000 tirsak bo‘lsin. Butun hudud tabarruk hisoblansin.
2 Hududning 500 tirsakka 500 tirsak bo‘lgan to‘rtburchak yeri Ma’bad uchun ajratiladi. Uning atrofi 50 tirsak masofada ochiq joy bo‘ladi.
3 Tabarruk hududning yarmi ruhoniylarniki bo‘ladi. Uzunligi 25.000 tirsak, eni 10.000 tirsak bo‘lgan hududning
4 bu qismida ruhoniylarning uylari va Ma’bad joylashadi. Bu eng muqaddas joy bo‘ladi.
5 Tabarruk hududning ikkinchi yarmi Ma’baddagi yumushlarni bajarayotgan levilarga qarashli bo‘ladi. Ular yashaydigan shaharlar shu yerda joylashadi.
6 Tabarruk hududning yoniga uzunligi 25.000 tirsak, eni 5.000 tirsak bo‘lgan joyni qo‘shinglar. Bu yerda shahar joylashadi. Isroil xalqidan bo‘lgan har qanday odam kelib, bu shaharda yashasa bo‘ladi.
7 Taxtda o‘tirgan hukmdorga alohida yer berilsin. Unga beriladigan yerning bir qismi tabarruk hududning g‘arbiy chegarasidan O‘rta yer dengizigacha cho‘zilsin. Ikkinchi qismi tabarruk hududning sharqiy chegarasidan Iordan daryosigacha cho‘zilsin. Demak, hukmdorga qarashli yerning uzunligi Isroil qabilalariga ajratilgan yerning uzunligi bilan bir xil bo‘ladi.
8 Bu hukmdorning ulushidir. Bundan buyon hukmdorlar xalqimga zulm o‘tkazmaydilar, Isroil qabilalari o‘z yerlariga o‘zlari egalik qiladilar.
9 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Isroil hukmdorlari, zo‘ravonligu zulmingizni bas qiling! Adolatu to‘g‘rilik ila ish tuting. Xalqimni o‘z yeridan mahrum qilmang.” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
10 “Doim to‘g‘ri o‘lchovni va to‘g‘ri tarozini ishlating:
11 Sochiluvchan quruq narsalarni o‘lchash uchun tog‘orani ishlating, suyuq narsalarni o‘lchash uchun ko‘zani ishlating. Tog‘ora va ko‘zaning hajmi bir xil bo‘lsin. Tog‘ora ham, ko‘za ham xo‘mrning o‘ndan bir qismini sig‘dirsin.
12 Og‘irlik birligi sifatida kumush shaqalni ishlating. Bir shaqal yigirma geraga, oltmish shaqal bir minaga to‘g‘ri kelsin.
13 Hukmdorga quyidagi miqdorda soliq to‘lansin: Bug‘doy hosilining oltmishdan bir qismi, Arpa hosilinining oltmishdan bir qismi,
14 Zaytun moyining bir foizi (Zaytunmoyini ko‘zalarda o‘lchanglar. O‘nta ko‘za — bir xo‘mrga yoki bir korga to‘g‘ri keladi),
15 Suruvdagi ikki yuzta qo‘ydan biri. Bular don nazri, quydiriladigan va tinchlik qurbonliklari sifatida xalqni gunohlaridan poklash uchun keltiriladi, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
16 Butun Isroil xalqi bu nazrlarni hukmdorga berishi lozim.
17 Hukmdor yangi oy shodiyonasida, Shabbat va boshqa bayramlarda keltiriladigan qurbonliklaru nazrlar uchun hayvonlarni, don va sharobni ta’minlab berishi shart. Isroil xalqini gunohlaridan poklash uchun keltiriladigan gunoh, tinchlik va kuydiriladigan qurbonliklar hamda don nazri uchun hukmdor mas’uldir.”
18 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Birinchi oyning birinchi kunida, nuqsonsiz bir buqani qurbonlik qilib, Ma’badni pokla.
19 Ruhoniy bu gunoh qurbonligining qonidan olib, Ma’bad eshiklarining kesakisiga, qurbongohning to‘rt burchagiga va ichki hovli darvozalarining yondorlariga surtsin.
20 Birinchi oyning yettinchi kuni ham xuddi shunday qilsin va shu yo‘l bilan xalqning bilmay qilgan gunohlarini yuvsin. Shunda Ma’bad pok bo‘ladi.
21 Birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kunidan boshlab Fisih ziyofati va yetti kun davomida Xamirturushsiz non bayramini nishonlanglar. O‘sha vaqt davomida xamirturushsiz nonlar yenglar.
22 Bayramning birinchi kunida hukmdor o‘zining va butun xalqning gunohlari uchun bir buqani gunoh qurbonligi qilib, olib kelsin.
23 U bayramning yetti kuni davomida Egamizga kuydiriladigan qurbonlik uchun har kuni yettitadan buqa va yettitadan nuqsonsiz qo‘chqor yetkazib bersin. Bundan tashqari, har kuni gunoh qurbonligi uchun bittadan taka bersin.
24 Qurbonlik qilinadigan har bir buqa va har bir qo‘chqor bilan birga bir tog‘ora don va sakkiz kosa zaytun moyini bersin.
25 Yettinchi oyning o‘n beshinchi kunida boshlanadigan Chayla bayrami uchun ham, yetti kun davomida keltiriladigan gunoh qurbonliklari, kuydiriladigan qurbonliklar, don va zaytun nazrlarini yetkazib tursin.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак