Hizqiyo 46 bob

1 Hukmdor va bayramlarga oid qonunlar. 13 Kundalik nazrlar. 16 Hukmdorning yerlariga oid qonunlar. 19 Ma’bad oshxonasi.

1 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ichki hovlining sharqiy darvozasi haftaning olti kuni davomida yopiq tursin, Shabbat kuni va yangi oy shodiyonasi kuni ochilsin.
2 Hukmdor tashqi hovlidan bu darvoza binosining dahliziga kirib, dahlizning eshigida tursin. Ruhoniy kuydiriladigan va tinchlik qurbonliklarini keltirayotganda hukmdor dahliz ostonasida turib, Xudoga sajda qilsin. So‘ng kelgan yo‘li bilan chiqib ketsin. Darvoza kechgacha ochiq tursin.
3 Har Shabbat va yangi oy shodiyonasi kuni Isroil xalqi bu darvoza oldida turib, Egangizga sajda qilsin.
4 Har Shabbat kuni hukmdor kuydiriladigan qurbonlik uchun oltita nuqsonsiz qo‘zini va bitta nuqsonsiz qo‘chqorni Egangizga atab, olib kelsin.
5 Qo‘chqor bilan birga bir tog‘ora donni nazr qilsin. Qurbonlik qilinadigan har bir qo‘zi bilan birga xohlagan miqdorda don nazr qilsin. Har bir tog‘ora don bilan birga sakkiz kosa zaytun moyini nazr qilsin.
6 Yangi oy shodiyonasi kuni bitta nuqsonsiz buzoq, oltita nuqsonsiz qo‘zini va bitta nuqsonsiz qo‘chqorni olib kelsin.
7 Menga atalgan har bir buzoq va qo‘chqor bilan birga bir tog‘oradan don nazr qilsin. Qo‘zilar bilan birga esa xohlagan miqdorda don nazr qilsin. Har bir tog‘ora don bilan birga sakkiz kosa zaytunmoyini nazr qilsin.
8 Hukmdor ichkariga kirganda, darvoza binosining dahlizi orqali kirsin va yana o‘sha yo‘l bilan qaytib chiqsin.
9 Belgilangan bayramlarda odamlar Egangizga sajda qilgani keladilar. Shunda ular bir darvozadan kirib, qarshisidagi darvozadan chiqib ketishlari shart. Ma’bad hovlisiga shimoliy darvozadan kirganlar janubiy darvoza orqali chiqishsin. Janubiy darvozadan kirganlar shimoliy darvozadan chiqishsin.
10 Hukmdor xalq bilan birga kirib, xalq bilan birga chiqib ketsin.
11 Shunday qilib, bayramlarda va belgilangan tantanalarda qurbonlik qilinadigan har bir buzoq va qo‘chqor bilan birga bir tog‘oradan don nazr qilinadi. Qurbonlik qilinadigan qo‘zilar bilan birga xohlagan miqdorda don nazr qilinishi mumkin. Har bir tog‘ora don bilan birga sakkiz kosa zaytun moyi nazr qilinadi.
12 Hukmdor ko‘ngildan chiqarib beradigan tinchlik yoki kuydiriladigan qurbonlikni keltirmoqchi bo‘lganda, uning uchun ichki hovlining sharqiy darvozasi ochilsin. U bu qurbonliklarini Shabbat kunida keltiradigan qurbonliklarga o‘xshab taqdim qilsin, darvoza binosidan chiqib ketganidan so‘ng darvoza bekitilsin.
13 Har kuni ertalab nuqsonsiz bir yoshli qo‘zini Egangizga qurbonlik qilib, kuydiringlar.
14 Bu bilan birga har kuni ertalab don nazrini keltiringlar. Don nazri quyidagilardan iborat bo‘lsin: olti kosa sifatli un va bu unni namlash uchun uch kosa zaytun moyi. Kundalik qurbonlik va nazrlarga oid bu qoidaga doimiy ravishda rioya qilinglar.
15 Xullas, har kuni ertalab Egangizga qo‘zini, donni va zaytun moyini kuydiriladigan qurbonlik qilish uchun olib kelinglar. Bu sizlar uchun abadiy qoida bo‘lsin.”
16 EgamizRabbiy shunday demoqda: “Agar hukmdor biror o‘g‘liga yerini sovg‘a qilsa, sovg‘a qilingan yer o‘sha o‘g‘lining abadiy merosi bo‘lib qoladi.
17 Bordi–yu, hukmdor yerini biror xizmatkoriga sovg‘a qilsa, xizmatkor sovg‘a qilingan yerga Qutlug‘ yiligacha egalik qila oladi. Qutlug‘ yilida yer hukmdorga qaytadi. Hukmdor yerlarini faqatgina o‘z o‘g‘illariga meros qilib berishi mumkin.
18 Boshqa odamlarning yerlarini tortib olish unga taqiqlanadi. U o‘g‘illariga faqat o‘zining qaramog‘ida bo‘lgan yerlardan meros bersin, xalqimni o‘z yeridan mahrum qilmasin.
19 So‘ng odam meni darvoza yonidagi yo‘l orqali, shimol tomondagi ruhoniylarning muqaddas xonalari oldiga boshlab bordi. O‘sha yerdan u menga g‘arbdagi, eng chetdagi bir joyni ko‘rsatib,
20 dedi: “Anavi — oshxona. Ruhoniylar bu yerda ayb va gunoh qurbonliklarining go‘shtini qaynatadilar, nazr qilingan donning unidan non yopadilar. Bu muqaddas nazrlarni tashqi hovliga olib chiqmaslik uchun va shu orqali odamlarga shikast yetkazmaslik uchun oshxona aynan shu yerda joylashgan.”
21 So‘ng u meni yana tashqi hovliga olib chiqib, hovlining to‘rtta burchagida joylashgan oshxonalarni ko‘rsatdi.
22 Usti ochiq bu to‘rttala oshxona bir xil: uzunligi 40 tirsak, eni 30 tirsak edi.
23 Oshxona devorlari bo‘ylab o‘choqlar qurilgan edi.
24 Odam menga shunday dedi: “Bu oshxonalar Ma’badda xizmat qiladiganlar uchun mo‘ljallangan. Ular bu yerda odamlar keltirgan qurbonliklarni qaynatadilar.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18