Hizqiyo 23 bob

1 Fohisha opa–singillar: Samariya va Quddus. 22 Quddus timsolidagi Oxoliboni Xudo jazolaydi. 36 Xudo ikkala opa–singilni jazolaydi.

1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, bir onadan tug‘ilgan ikki opa–singil bor edi.
3 Ular Misrda fohishalik qilardilar. Yoshligidan fahsh yo‘liga kirgandilar. Qizlik ko‘kragi u yerda silandi, emchaklari siypalandi.
4 Kattasining ismi Oxola, kichkinasining ismi Oxolibo edi. Men ikkovini ham O‘z nikohimga olgan edim, ular Menga o‘g‘il–qizlar tug‘ib berishdi. Oxola Samariyani, Oxolibo Quddusni bildiradi.
5 Oxola Mening nikohimda bo‘la turib, fohishalik qilar edi. U o‘ynashlari bo‘lgan Ossuriyalik jangchilarga hirs qo‘ygan edi.
6 Ularning hammasi kelishgan yigitlar, zangori libos kiygan, ot mingan hokimu lashkarboshilar edi.
7 Oxola Ossuriyaning hamma sara erkaklari bilan fohishalik qilar edi. Hirs qo‘ygan har bir erkakning butlariga sig‘inib, o‘zini bulg‘ab yurardi.
8 U Misrda qilgan fohishaliklarini tashlamadi. Yoshligida erkaklar u bilan yotishgan edi, qizlik ko‘kragini silab, shahvatini qondirishgan edi.
9 Shu sababdan Men uni o‘ynashlarining qo‘liga topshirib qo‘ydim. U hirs qo‘ygan o‘sha Ossuriyaliklarning qo‘liga berdim.
10 Ular Oxolani qip–yalang‘och qildilar, uni o‘ldirdilar. O‘g‘il–qizlarini o‘zlariga qul qilib oldilar. Jazosini tortgan Oxola ayollarning og‘zidan tushmay qoldi.
11 Singlisi Oxolibo bularni ko‘rdi. Shunday bo‘lsa–da, suyuq oyoqligi va fohishaligi bilan opasidan o‘tib tushdi.
12 U ham o‘sha Ossuriyalik hokimu lashkarboshilarga, qurol–aslahalar taqqan otliq xushbichim jangchilarga hirs qo‘ydi.
13 Men Oxoliboning bulg‘anganini ko‘rdim, opasi bilan bir yo‘lni tanlaganini bildim.
14 U borgan sari fohishalikka berilib ketar edi. Bir kuni u devorga tushirilgan Bobilliklarning rasmlarini ko‘rib qoldi. Ular qizil rangga bo‘yalgan edilar.
15 Bellarida kamar, boshlarida ko‘rkam salla bilan tasvirlangan edilar. Ular Xaldey yurtida tug‘ilgan Bobil otliq sarkardalarga o‘xshar edilar.
16 Oxolibo o‘sha rasmlarni ko‘rdi–yu shahvat uning qonini qizdira boshladi. U Bobilga choparlar jo‘natib, Bobilliklarni o‘z huzuriga chorladi.
17 Bobilliklar uning oldiga kirdilar, ishq to‘shagiga u bilan yotdilar, o‘z hirsi bilan uni bulg‘adilar. Oxolibo bulg‘angandan keyin Bobilliklardan jirkanib ketdi, ulardan yuzini o‘girdi.
18 U fohishalikka berilib, yalang‘och badanini hammaga ko‘z–ko‘z qilganda, Men undan jirkanib ketdim, opasidan yuz o‘girganimday undan ham yuzimni o‘girdim.
19 U esa yoshlik davrini, Misrda qilgan behayoligini eslab, yanada ko‘p fohishalik qilaverdi.
20 Jinsiy a’zolari eshaklarnikiday, maniylari ayg‘irlarnikiday bo‘lgan o‘ynashlariga hirs qo‘ydi.
21 “Ey Oxolibo, sen yoshligingda qilgan behayoliklaringni qaytarmoqchi bo‘lding. O‘sha paytlarda Misrliklar emchaklaringni siypalagan edilar, qizlik ko‘kraklaringni silagan edilar.”
22 Shuning uchun, ey Oxolibo, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Sen o‘sha o‘ynashlaringdan jirkanib, ulardan yuzingni o‘girgansan, ammo Men o‘shalarni senga qarshi qo‘zg‘ataman. Ular har tomondan kelib, senga hamla qiladilar.
23 Men Bobilliklarni, Paxo‘d, Sho‘va va Qo‘vadan kelgan hamma Xaldeylarni, jamiki Ossuriyaliklarni boshlab kelaman. Ot mingan o‘sha xushbichim yosh aslzodalarni, hokimu lashkarboshilarni, sarkardayu oliy toifali jangchilarni yig‘ib kelaman.
24 Ular qurollanadilar, senga qarshi jang aravalar, yuk aravalar va talay lashkarni tortib keladilar. Boshiga dubulg‘a kiygan, qo‘liga qalqon va sipar tutgan jangchilar seni qurshovga oladilar. Hukm qilishlari uchun Men seni ularning qo‘liga topshiraman. Ular seni o‘z qonunlariga muvofiq hukm qiladilar.
25 Men ustingga qahrimni yog‘diraman, lashkarlar seni shafqatsiz jazolaydilar. Ular sening burning va quloqlaringni kesib tashlaydilar, omon qolgan har bir odamni qilichdan o‘tkazadilar. O‘g‘il–qizlaringni asir qilib oladilar, omon qolganlarni yondirib yuboradilar.
26 Ustingdagi kiyimlarni yechib oladilar, qimmatbaho taqinchoqlaringni olib ketadilar.
27 Sen Misrda boshlagan fohishaligu suyuqoyoqligingga Men shu yo‘sin chek qo‘man. Bularga bo‘lgan ishtiyog‘ing yo‘qoladi, sen Misrni unutib yuborasan.”
28 Zero, EgamizRabbiy shunday demoqda: “Men seni o‘zing nafratlangan, jirkanib, yuzingni o‘girgan odamlarning qo‘liga topshiraman.
29 Ular nafrat bilan seni jazolaydilar, topgan–tutganingni tortib oladilar. Seni yalang‘och, hech vaqosiz tashlab ketadilar. Fohishaliging ochiladi, sharmanda bo‘lasan. Suyuqoyoqliging, fohishaliging
30 tufayli shu ahvolga tushasan. Sen boshqa xalqlar bilan fohishalik qilding, ularning butlari bilan bulg‘anding.
31 Sen opangning yo‘lidan ketding, shuning uchun Men opangga ichirgan jazo kosasidan senga ham ichiraman.”
32 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Sen ham opangning kosasidan ichasan, U kosa katta va chuqurdir. Seni mazax qilishadi, ustingdan kulishadi, U kosa limmo–lim to‘ladir.
33 Sen qayg‘uga botib mast bo‘lasan. Ha, bu dahshatu vayrona kosasidir, Opang Samariyaning kosasidir.
34 Sen kosani oxirgacha ichasan, Uni chil–chil sindirasan. Ko‘ksingni yulib, faryod qilasan.” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
35 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Sen Meni unutib, Menga orqa o‘girganing uchun, fohisha va suyuqoyoq bo‘lganing uchun jazo tortasan.”
36 Egamiz menga dedi: “Ey inson, sen Oxola va Oxoliboni hukm qilishga tayyormisan? Tayyor bo‘lsang, ularning jirkanch odatlarini yuzlariga sol.
37 Axir, ular zino qildilar, qonli jinoyatlarga qo‘l urdilar. Butlari bilan zino qilib, Mendan ko‘rgan bolalarini o‘sha butlarga qurbonlik qilib, yedirdilar.
38 Bundan tashqari, o‘sha vaqtning o‘zidayoq muqaddas maskanimni harom qildilar, Mening Shabbat kunlarimni bulg‘adilar.
39 Bolalarini butlarga atab so‘ygan kuni muqaddas maskanimga kirib, uyimni harom qildilar!”
40 “Ular uzoq yurtlarga choparlar jo‘natib, erkaklarni o‘z huzuriga chorladilar. Ular yetib kelganlarda bu opa–singillar yuvinib–tarandilar, ko‘zlariga surma surdilar, taqinchoqlar bilan bezanib oldilar.
41 Dasturxon tuzalgan serhasham supaga o‘tirdilar. O‘sha dasturxon ustiga Mening xushbo‘y tutatqimni va moyimni qo‘ydilar.
42 Xonalaridan aysh–ishrat qilayotgan erkaklarning ovozi kelar edi. Sahrodan kelgan bu mayxo‘r qalang‘i–qasang‘ilar opa–singillarning qo‘llariga bilaguzuklar taqdilar, boshlariga chiroyli tojlar kiydirdilar.
43 Shunda men: “Bu ayollar fohishalik qilaverib, holdan toyganlar. Nahotki kelganlar ularning bu ahvolini ko‘ra turib, ular bilan jinsiy aloqa qilishsa?!” deb o‘yladim ichimda.
44 Kelgan erkaklar bu suyuqoyoqlar bilan birga bo‘lishdi. Ular fohishaning oldiga kirganday qayta–qayta Oxola va Oxoliboning oldiga kiraverishdi.
45 Solih odamlar esa bu ikki opa–singilni zinokorlik va qotillikda ayblaydilar, chunki ular zinoga ruju qo‘yib, qo‘llarini qonga beladilar.”
46 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Bir olomon odamni bu yerga yig‘ib kelinglar, ular bu ikki opa–singilni azoblab, bor–yo‘g‘ini tortib olishsin.
47 Ularni toshbo‘ron qilib, tanalarini nimtalab tashlashsin, o‘g‘il–qizlarini o‘ldirishsin, uylariga o‘t qo‘yishsin.
48 Shu yo‘sin Men yurtdagi bu behayolikka chek ko‘yaman. Buni ko‘rgan boshqa ayollar o‘zlari uchun saboq oladilar, bunday behayolik qilmaydigan bo‘ladilar.
49 O‘sha ikkita opa–singil o‘z behayoligi tufayli jabr tortadilar, gunohkor butparastligining jazosini oladilar. O‘shanda Egasi Men ekanligimni biladilar.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак