Hizqiyo 25 bob

1 Ommon xalqi haqida bashorat. 8 Mo‘ab xalqi haqida bashorat. 12 Edom xalqi haqida bashorat. 15 Filistlar haqida bashorat.

1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, Ommon xalqiga yuzlan, ularga qarshi bashorat qil.
3 Ommon xalqiga ayt: Egamiz Rabbiyning so‘zlarini eshiting! EgamizRabbiy shunday demoqda: muqaddas maskanim harom qilinganda, Isroil yurti xarob bo‘lganda, Yahudo xonadoni surgun qilinganda sizlar: “Aha!” deya xursand bo‘lgan edingizlar.
4 Shuning uchun Men sizlarni sharqdagi ko‘chmanchilar qo‘liga topshiraman. Ular yurtingizda qarorgohlar qurib, chodirlarini tikadilar, hosilingizni yeb, sutingizni ichadilar.
5 Men poytaxtingiz Rabbani tuyalar uchun dasht qilaman. Butun Ommon yurtini qo‘ylar uchun qo‘ra qilaman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
6 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Sizlar yuragingizdagi butun g‘araz bilan Isroilning baxtsizligiga sevindingizlar, chapak chalib, sakrab o‘ynadingizlar.
7 Shu qilganingiz uchun, Men qo‘limni sizlarga qarshi ko‘taraman. Sizlarni boshqa xalqlarga o‘lja qilib beraman. Xalqlar orasidan sizlarni yo‘q qilib, yurtingizni yer yuzidan supurib tashlayman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
8 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Mo‘ab xalqi: — Yahudo xalqining boshqa xalqlardan hech qanday farqi yo‘q, — deb aytgani uchun,
9 Men Mo‘abning g‘arbiy qanotini ochib tashlayman, yurtning gavharlari Bayt–Yashimo‘t, Baal–Miyon, Xiratayim shaharlarini vayron qilaman.
10 Mo‘abni Ommon xalqi singari sharqdagi ko‘chmanchilarning qo‘liga beraman. Ommon xalqi yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketadi,
11 Men Mo‘ab xalqini ham jazolayman. Shunda ular Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.”
12 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Edom xalqi Yahudodan o‘ch olib, katta gunoh qildi.”
13 Shu sababdan Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men ularga qarshi qo‘limni ko‘tarib, Edom yurtini vayron qilaman. Odamu hayvonlarini qirib tashlayman. Temon shahridan tortib, to Dedan shahrigacha bo‘lgan hammani qilichdan o‘tkazaman.
14 Xalqim Isroil orqali Edomdan qasos olaman. Ular orqali qahru g‘azabimni Edomliklar ustiga sochaman. Shunda Edom xalqi qasosim nima ekanligini bilib oladi.” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
15 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Asrlar davomida Filistlar adovat qilib, xalqimdan o‘ch oldilar. Xalqimni xonavayron qilish maqsadida, yuraklaridagi g‘arazga berilib, ulardan qasos oldilar.”
16 Shu sababdan Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Men Filist yurtiga qarshi qo‘limni ko‘taraman, Xaret xalqini yo‘q qilaman, sohilda qolganlarning hammasini qirib yuboraman.
17 Men ulardan dahshatli qasos olaman, g‘azabim ustida ularni jazolayman. O‘shanda Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18