Hizqiyo 44 bob

1 Sharqiy darvoza binosining vazifasi. 4 Ma’badning kirish joyiga oid qoidalar. 10 Levilar ruhoniylik vazifasidan chetlashtiriladi. 15 Ruhoniylar.

1 O‘sha odam meni Ma’badning sharq tomonidagi tashqi darvoza binosi yoniga olib bordi. Biroq darvoza yopiq edi.
2 Egamiz menga shunday dedi: “Bu darvoza doim yopiq tursin, uni ocha ko‘rmanglar. Birorta odam bu darvozadan foydalanmasin. Men, Isroil xalqining Xudosi — Egangiz bu darvozadan kirganim uchun, u yopiqligicha qolsin.
3 Faqatgina hukmdoringiz shu darvoza binosining ichida o‘tirib, Mening huzurimda muqaddas taomni tanovul qilishi mumkin. Darvoza binosiga u dahliz orqali kirib, yana o‘sha yo‘l bilan chiqib ketadi.”
4 So‘ng o‘sha odam meni shimoliy darvoza orqali Ma’bad oldiga olib bordi. Vo ajabo! Egamizning ulug‘vorligi Ma’badni to‘ldirganini ko‘rdim! Men muk tushdim.
5 Egamiz menga dedi: “Ey inson, gaplarimni qulog‘ingga quyib ol. Men senga Ma’badimning qonun–qoidalarini tushuntiraman. Ma’badga kim kirishi mumkin–u, kim kirishi mumkin emasligini yaxshilab eslab qol.
6 Isyonkor Isroil xalqiga ayt: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda: jirkanch ishlaringizni bas qilinglar!
7 Qurbonliklarning qoni va yog‘i Menga taqdim qilinayotgan paytda, sizlar yuragi va tanasi sunnat qilinmagan musofirlarni dargohimga olib kirib, Ma’badimni bulg‘adingiz. Jirkanch odatlaringiz bilan ahdimni buzdingiz.
8 Muqaddas nazrlarimga oid talablarimni bajarmay, musofirlarni Ma’badimdagi xizmatga tayinladingiz.”
9 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Yuragi va tanasi sunnat qilinmagan bironta musofir Ma’badimga kirmaydi. Bu Isroil xalqi orasida yashagan musofirlarga ham taalluqlidir.”
10 Isroil xalqi haq yo‘ldan ozganda, ba’zi bir levilar ham Mendan yuz o‘girib, butlarga sig‘ina boshlagan edilar. Buning uchun Men ularni jazosiz qoldirmayman.
11 Ular Ma’badimda xizmat qilaveradilar: darvozabonlar bo‘ladilar, Ma’bad ichida xizmat qiladilar. Kuydiriladigan va boshqa qurbonliklar uchun keltirilgan hayvonlarni so‘yadilar, Ma’badga kelgan odamlarga xizmat qiladilar.
12 Ammo ular butlarga sajda qilgan Isroil xalqiga xizmat qilib, xalqni gunohga botirganlari uchun, Men, Egangiz Rabbiy, qasam ichib aytamanki, ular o‘z jazosini tortadilar.
13 Men ularni ruhoniylikdan chetlashtiraman. Ular endi na huzurimga kiradilar, na muqaddas narsalarimga, na eng muqaddas nazrlarimga qo‘l tekkizadilar. Jirkanch odatlari uchun tortadigan jazosi shu bo‘ladi, ular isnodga qoladilar.
14 Shunga qaramay, Ma’baddagi hamma yumushlarni bajaraveradilar.
15 Isroil xalqi Mendan yuz o‘girganda, Zodo‘x naslidan bo‘lgan levi ruhoniylari Ma’badimdagi xizmatlarini sadoqat bilan bajarib keldilar. Shunday ekan, ular doimo Mening xizmatimda bo‘ladilar. Huzurimda turib, qurbonliklarning qonini va yog‘ini Menga taqdim qiladilar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
16 “Ma’badimga kiradigan, dasturxonim yoniga borib, Menga xizmat qiladigan o‘shalardir. Ular Mening talablarimni bajarishlari shart.
17 Ular Ma’badning ichki hovlisiga kirganlarida egnilariga zig‘ir matosidan tikilgan liboslarni kiyib olishsin. Ma’bad ichkarisida yoki ichki hovlida xizmat qilganlarida ustilarida bironta junli kiyim bo‘lmasin.
18 Boshlariga zig‘ir salla o‘rab, ichlaridan zig‘ir ishton kiyib olishsin. Terlatadigan birorta kiyim kiyishmasin.
19 Tashqi hovliga, xaloyiq oldiga chiqishlaridan oldin xizmat vaqtida kiygan kiyimlarini yechib, muqaddas hujralarda qoldirishsin. Ustilariga boshqa kiyimlarni kiyib olishsin, toki muqaddas kiyimlarda xaloyiq oldiga chiqib, odamlarga shikast yetkazishmasin.
20 Ruhoniylar sochlarini o‘z vaqtida kaltalatib turishsin. Soch qirdirish va soch o‘stirish ularga man etilgan.
21 Ichki hovliga kirishlaridan oldin sharob ichishmasin.
22 Beva yoki eridan ajrashgan ayolga uylanishmasin. O‘z nikohiga faqat Isroil xalqidan bo‘lgan bokira qizni yoki boshqa ruhoniyning bevasini olishsin.
23 Xalqimga muqaddas va oddiy narsaning farqini, halol bilan haromning farqini o‘rgatishsin.
24 Xalqimga qozi bo‘lishsin, arzlarni qonunlarimga muvofiq hal etishsin. Men tayin etgan bayramlarga oid qonun va farmonlarimga rioya qilishsin. Shabbat kunini muqaddas saqlashsin.
25 Marhumga yaqinlashib bulg‘anmasin. Vafot etgan odam ruhoniyning otasi, onasi, farzandi, aka–ukasi yoki turmush qurmagan opa–singlisi bo‘lsagina, ruhoniy marhumga yaqinlashib, bulg‘anishi mumkin.
26 Bunday hollarda u poklanish marosimini ado etishi shart. Yetti kundan keyin
27 Ma’badning ichki hovlisiga kirib, poklanish qurbonligini keltirsin. Shundan keyingina u Ma’badda yana xizmat qila oladi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
28 “Ruhoniylarga Isroil xalqi orasidan hech qanday ulush berilmasin. Ularning mulki ham, ulushi ham Menman.
29 Don nazri, gunoh va ayb qurbonliklari ularning rizqidir. Isroil xalqi Menga atagan har bir narsa ruhoniylarga tegishli bo‘lsin.
30 Ilk hosilning va hamma nazrlarning eng yaxshisi ruhoniylarniki bo‘lsin. Xamirning birinchi zuvalasidan yopilgan nonni ruhoniylarga nazr qilib beringlar, shunda Xudoning barakasi xonadoningizdan arimaydi.
31 Harom o‘lgan yoki yovvoyi hayvon g‘ajigan jonivorning go‘shtini tanovul qilish ruhoniylarga taqiqlangan.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18