Hizqiyo 32 bob

1 Fir’avn ajdarho timsolida. 17 Misrliklar o‘liklar diyoriga tushadi.

1 Surgundaligimizning o‘n ikkinchi yili o‘n ikkinchi oyning birinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, fir’avn haqida shunday marsiya kuyla: Sen o‘zingni xalqlar orasidagi sher deb bilasan. Ammo sen suvdagi ajdarho kabidirsan! Sen irmoqlaringdagi suvni ko‘pirtirasan, Oyoqlaring bilan uni loyqalatasan.”
3 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Bir talay xaloyiq yig‘ilganda, Men ustingga to‘r tashlayman. Ular esa seni qirg‘oqqa tortib chiqarishadi.
4 Men seni yerga uloqtiraman, Yalanglikka tashlab qo‘yaman. Osmondagi barcha qushlarni ustingga qo‘ndiraman. Yer yuzidagi hamma yovvoyi hayvonlarga Seni yem qilib beraman.
5 Ichak–chovoqlaringni qirlarga yoyib tashlayman, Vodiylarni jasading qoldiqlari bilan qoplayman.
6 Yurtni tog‘largacha oqqan qoning bilan sug‘oraman, Jarliklarni sening eting bilan to‘ldiraman.
7 Seni daf qilganimda, osmonni to‘sib qo‘yaman, Yulduzlarni zulmatga cho‘ktirib yuboraman. Quyosh yuzini bulut bilan qoplayman, Oy nurini so‘ndiraman.
8 Boshing uzra porlagan Hamma osmon chiroqlarini o‘chiraman. Yurtingni zulmat quchog‘iga otaman”, EgamizRabbiyning kalomi shudir.
9 Men qulashingning xabarini xalqlar orasiga yoyaman, sen bilmagan yurtlarga yetkazaman. Shunda ko‘p xalqlarning yuraklariga vahima solaman.
10 Boshingga tushiradigan kulfatlar bois ko‘p xalqlarning aqlini shoshiraman. Qilichimni o‘ynatib, sen tufayli ularning hukmdorlarini titrataman. Boshingga kulfat kelgan kuni, ularning har biri jonini hovuchlab, qaltiraydi.”
11 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Bobil shohining qilichi bo‘g‘zingda bo‘ladi.
12 Lashkarlaring o‘taketgan yovuz xalqning qo‘liga tushadi. Ular qudratli jangchilar tig‘idan o‘ladi. Sening g‘ururing poymol etiladi, to‘da lashkarlaring halok bo‘ladi.
13 Serob suvlar bo‘yidagi hamma podalaringni Men qirib tashlayman. Bundan buyon birorta inson oyog‘i bilan suvlarni loyqalatmaydi, birorta hayvon tuyoqlari bilan uni bulg‘amaydi.
14 Men Misr suvlarini tindiraman, irmoqlarini moyday oqadigan qilaman”, deb aytmoqda Egamiz.
15 “Men Misrni tashlandiq qilganimda, u yerdagi hamma narsani yo‘q qilganimda, butun aholisini qirib tashlaganimda, Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar.
16 Misr uchun aytiladigan marsiya shudir. Ajnabiy ayollar bu marsiyani kuylashar. Ha, bu motam she’rini Misr va uning to‘dasiga bag‘ishlab aytishar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
17 O‘sha oyning o‘n beshinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
18 “Ey inson, Misr va uning to‘dasi uchun qayg‘urib yig‘la. Ularni boshqa buyuk xalqlar qatorida go‘rdagi marhumlar oldiga jo‘nat.
19 Ularga shunday deb ayt: sen o‘zingni boshqalardan go‘zal deb bilasanmi? Qani bor, sunnatsizlar bilan bir go‘rda yot!”
20 Misrliklar jangda halok bo‘lganlar bilan birga jon beradilar. Mana, qilich hozirlandi! U Misrni va uning to‘dasini qirib tashlasin.
21 O‘liklar diyoridagi buyuk sarkardalar Misrliklar va ularning ittifoqchilarini qarshilab olishadi. Ular shunday deb hayqirishadi: “Bu sunnatsizlar jangda halok bo‘lishdi, yer bag‘riga tushib kelishdi, endi shu yerda yotishibdi!”
22 Ossuriya ham u yerda, sipohlarining qabrlari orasida yotibdi. Ularning hammasi qilichdan halok bo‘lishgan.
23 Qabrlari chuqurlikning eng tubidadir. Ossuriyaning qabri sipohlarining qurshovida joylashgan. Ha, tiriklar dunyosiga dahshat solgan hamma qilichdan halok bo‘ldi.
24 Elam ham o‘sha yerda, bir to‘da sipohlarining qabrlari orasida yotibdi. Ularning hammasi jangda halok bo‘lgan. Bu sunnatsizlar narigi dunyoga ketgan. Ular tiriklar dunyosiga dahshat solishgan edi, endi esa go‘rdagi marhumlar singari isnodga qolishdi.
25 O‘ldirilganlar orasida Elam uchun to‘shak hozirlangan. Bir to‘da sipohlari uning atrofiga dafn qilingan. Jangda halok bo‘lgan bu sunnatsizlar qachonlardir tiriklar dunyosiga dahshat solishgan edi, endi esa go‘rdagi marhumlar singari isnodga qolishdi. Ha, ular halok bo‘lganlar orasida o‘rnashishdi.
26 Meshex bilan Tuval ham o‘sha yerdadir. Ular sipohlarining qabrlari orasida yotishibdi. Bu sunnatsizlarning hammasi jangda halok bo‘lishgan. Biroq ular ham qachonlardir tiriklar dunyosiga dahshat solishgan edi.
27 Qadimda qahramonlarni qurol–aslahalari bilan birga dafn qilishar edi. Marhumlarning boshi ostiga qilich qo‘yib, tanasini qalqon bilan yopishar edi. Biroq Meshex bilan Tuval bunday izzat–ehtiromlarga sazovor bo‘lmadi, chunki ular tirikligida butun jahonga dahshat solishgan edi.
28 Sen ham, ey fir’avn, yo‘q qilinasan. Jangda halok bo‘lgan sunnatsizlar bilan birga yotasan.
29 Edom ham o‘z shohlariyu rahnamolari bilan o‘sha yerdadir. Ular o‘z qudratiga qaramay, o‘ldirilganlar orasiga dafn qilinganlar. Go‘rdagi sunnatsizlar bilan birga yotishibdi.
30 Shimol saltanatlarining hamma shahzodalari va hamma Sidonliklar o‘sha yerdadir. Ular qachonlardir buyuk qudrati bilan butun jahonni dahshatga tushirishgan edi, so‘ng sharmandalarcha halok bo‘lishdi. Bu sunnatsizlar qilichdan halok bo‘lganlar orasida yotishibdi. Ular go‘rdagi marhumlar singari isnodga qolishdi.”
31 Egamiz Rabbiy aytmoqda: “O‘z to‘dasidan ayrilgan fir’avn bu cheksiz qabristonning manzarasini ko‘rib, taskin topadi.
32 Men u orqali butun jahonni dahshatga solgan bo‘lsam ham, fir’avn va uning barcha qo‘shinlari jangda halok bo‘lgan sunnatsizlar orasida yotadi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак