Hizqiyo 30 bob

1 Misr haqida marsiya. 20 Fir’avnning singan qo‘li haqida bashorat.

1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, bashorat qilib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Sho‘rimiz qursin, evoh!
3 Dahshatli kun yaqinlashdi, Egamizning kuniga oz qoldi. Mana shu kun bulutli kun bo‘ladi, Xalqlar kulfat chekadigan zamon boshlanadi.
4 Misrning bo‘g‘ziga qilich keladi, Habashiston kulfat azobida qoladi. Misrda ko‘p odamlar halok bo‘ladi, Uning boyligi olib ketiladi, Poydevori buzib tashlanadi.
5 Habashiston, Liviya, Lidiya, butun Arabiston, Kub va Misrning boshqa ittifoqchilari jangda halok bo‘ladilar.”
6 Egamiz aytmoqda: “Misr ittifoqchilarining ustiga qirg‘in keladi. Ularning jasadlari shimoldagi Migdoldan to janubdagi Savanaygacha yotadi. Misrning mag‘rur qudrati halok bo‘ladi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
7 Misr dunyoning eng xarob yurtiga aylanadi, u yerdagi shaharlar vayron bo‘ladi.
8 Men Misrga o‘t qo‘yib, uning madadkorlarini tor–mor qilaman. Shunda Egasi Men ekanligimni Misrliklar bilib oladilar.”
9 O‘sha kuni xotirjam yashayotgan Habashistonliklarni qo‘rqitish uchun Men kemalarda elchilarimni jo‘nataman. Misr ustiga kulfat tushgan kuni Habashistonliklar azobda qoladilar. Mana, o‘sha kun hademay keladi.
10 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men Bobil shohi Navuxadnazar orqali Misrning to‘dasini yakson qilaman.
11 Navuxadnazar qo‘shin tortib keladi. Ular o‘taketgan yovuz xalqdir. Ular butun yurtni xarob qiladilar. Misrliklarni qilichdan o‘tkazib, yurtni jasadlarga to‘ldiradilar.
12 Men Nil havzalarini quritaman, yurtni razil odamlarning qo‘liga beraman. Kelgindilarning qo‘li bilan Misrni va u yerdagi hamma narsani tashlandiq sahroga aylantiraman. Bularni Men, Egangiz aytdim.”
13 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men barcha butlarni yo‘q qilaman, Nuf ma’budalariga chek qo‘yaman. Misr yurtida bironta hukmdor qolmaydi, Misrliklarni qo‘rquv qamrab oladi.
14 Men Patro‘sni tashlandiq qilaman. Zo‘van shahriga o‘t qo‘yaman, Misr poytaxti No‘ni jazolayman.
15 Misrning mustahkam Sin qal’asini g‘azabimga giriftor qilaman, poytaxt shahar No‘ning to‘dasini qirib tashlayman.
16 Butun Misr yurtiga olov qo‘yaman! Sin aholisi cheksiz azobda qoladi, No‘ shahrining devori yiqitiladi, qo‘rquv Nuf shahrini karaxt qiladi.
17 On va Pi–Bashat yigitlari jangda halok bo‘lishadi, shaharlar aholisi asirlikka tushadi.
18 Men Misrning hukmronligini yo‘q qilganimda, uning pesh qilgan qudratini sindirganimda, Taxpanxas shahri qorong‘ilikka botadi, uni qora bulutlar qoplab oladi. Shahar atrofidagi qishloqlar asirlikka tushadi.
19 Shu yo‘sin Men Misrni jazolayman. O‘shanda ular Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.”
20 Surgun bo‘lgan paytimizning o‘n birinchi yili birinchi oyning yettinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
21 “Ey inson, Men Misr fir’avnining qo‘lini sindirdim. Hech kim uning qo‘lini bog‘lamadi, taxtakachlab qo‘ymadi. Endi uning qo‘li shifo topmaydi, qilich ushlashga qodir bo‘lmaydi.”
22 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men fir’avnga qarshiman. Men uning ikkala qo‘lini, sog‘ qo‘lini ham, singan qo‘lini ham sindiraman. Qo‘lidagi qilichni yerga tushirib yuboraman.
23 Misrliklarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman.
24 Bobil shohining kuchiga esa kuch qo‘shib, qo‘llariga qilichimni tutqazaman. Ha, Men fir’avnning qo‘llarini sindiraman, u dushmani oldida og‘ir yaralangan odam kabi ingraydi.
25 Uning qo‘llari arqonday osilib qoladi, Bobil shohining qo‘llarini esa Men kuchli qilaman. Uning qo‘llariga qilichimni tutqazib, Misrga qarshi yuboraman. Shunda Egasi Men ekanligimni Misrliklar bilib oladilar.
26 Ha, Men Misrliklarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman. O‘shanda Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак