Hizqiyo 40 bob

1 Ma’bad haqida vahiy. 5 Sharqiy darvoza binosi. 17 Tashqi hovli. 20 Shimoliy darvoza binosi. 24 Janubiy darvoza binosi. 28 Ichki hovli: janubiy darvoza binosi. 32 Ichki hovli: sharqiy darvoza binosi. 35 Ichki hovli: shimoliy darvoza binosi. 38 Shimoliy darvoza binosi yonidagi imoratlar. 47 Ichki hovli.

1 Surgun bo‘lgan paytimizning yigirma beshinchi yili birinchi oyning o‘ninchi kunida Quddus qulaganiga o‘n to‘rt yil bo‘lgan edi. O‘sha kuni Egamizning qudrati meni qamrab olib, ko‘tarib ketdi.
2 Vahiyda Xudo meni Isroil yurtiga olib borib, juda baland bir tog‘ning ustiga turg‘izib qo‘ydi. U yerdan men janub tomonda joylashgan shaharga o‘xshash bir nechta binoni ko‘rdim.
3 Xudo meni o‘sha yerga yaqinroq olib borganda, men darvoza yonida turgan bir odamni ko‘rib qoldim. O‘sha odamning butun vujudi yarqiroq misday tovlanib turar edi. Uning qo‘lida o‘lchov asboblaridan zig‘ir arqon va chizg‘ich bor edi.
4 U menga shunday dedi: “Ey inson, men senga ko‘rsatadigan hamma narsaga yaxshilab e’tibor ber, sen shu sababdan bu yerga keltirilgansan. Yaxshilab quloq sol, chunki sen ko‘rganlaringni Isroil xalqiga aytib berishing kerak.
5 Men Ma’bad hovlisini o‘rab turgan bir devorni ko‘rdim. Darvoza yonida turgan o‘sha odam chizg‘ichi bilan devorni o‘lchadi. Chizg‘ichining uzunligi 6 uzun tirsak bo‘lib, har bir uzun tirsak bir tirsagu to‘rt enli edi. Devorning qalinligi 6 tirsak, balandligi ham 6 tirsak chiqdi.
6 So‘ng u sharqiy darvoza binosining oldiga bordi. Zinalardan tepaga ko‘tarilib, ostonani o‘lchadi. Ostona ikki yon devorining qalinligi 6 tirsak chiqdi.
7 Ostonadan yo‘lak boshlanar edi. Yo‘lakning ikki tomonida soqchilar uchun maxsus qurilgan uchtadan xona bor edi. Xonalarning eni va uzunligi bir xil, 6 tirsakdan edi. Xonalarni ajratib turgan devorlarning qalinligi esa 5 tirsak edi. Yo‘lakning oxirida dahliz ostonasi bor edi. Dahliz ostonasining ikki yon devori 6 tirsak qalinlikda edi.
8 So‘ng o‘sha odam dahlizni o‘lchadi.
9 Dahlizning eni 8 tirsak edi. Dahliz eshigining ikki yon devorlari 2 tirsak qalinlikda edi. Bu dahliz darvoza binosining ichki tarafida, Ma’badning ro‘parasida joylashgan edi.
10 Yo‘lakning ikki yon tarafidagi o‘sha soqchilar xonalari bir xil kattalikda, orasidagi devorlar ham bir xil qalinlikda edi.
11 So‘ng o‘sha odam darvoza binosining ostonasini o‘lchadi. Ostonaning eni 10 tirsak chiqdi. Yo‘lakning eni esa 13 tirsak chiqdi.
12 Har bir xonaning oldida balandligi va eni 1 tirsak bo‘lgan pastak devor bor edi. (Xonalarning uzunligi va eni 6 tirsakdan edi.)
13 So‘ngra o‘sha odam darvoza binosining shiftini ko‘ndalangiga, bir xonaning orqa devoridan tortib, ro‘paradagi xonaning orqa devorigacha o‘lchadi. Shiftning eni 25 tirsak chiqdi.
14 Keyin u dahliz eshigining ikki yon devorini o‘lchadi. Devorning balandligi 60 tirsak chiqdi. Darvoza binosining atrofi hovli edi.
15 Darvoza binosining uzunligi, darvozadan tortib to ichkaridagi dahlizgacha, 50 tirsak edi.
16 Xonalarning uchala devorida panjarali tuynuklari bor edi. Dahlizda ham panjarali tuynuklar bor edi. Dahliz eshigi yon devorlariga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi.
17 O‘sha odam meni darvoza orqali Ma’badning tashqi hovlisiga olib kirdi. Hovlining devori bo‘ylab o‘ttizta hujra qurilgan edi. Hujralarning old tomonida tosh yotqizilgan bir yo‘l bor edi.
18 Bu yo‘l past yo‘l hisoblanar edi. Uning eni 50 tirsak edi.
19 So‘ng men ichki hovliga olib kiradigan darvoza binosini ko‘rdim. O‘sha odam ichki darvoza binosi bilan tashqi darvoza binosi orasidagi masofani o‘lchadi. Masofa 100 tirsak chiqdi.
20 So‘ng o‘sha odam tashqi hovlining shimoliy darvoza binosini o‘lchadi.
21 Bu darvoza binosining ikki yon tomonidagi uchtadan bo‘lgan soqchilar xonalari, dahliz va yon devorlarning o‘lchamlari sharqiy darvoza binosiniki bilan bir xil edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi.
22 Devorlardagi panjarali tuynuklar, dahliz va palma tasvirlarining o‘lchamlari sharqiy darvoza binosiniki bilan bir xil edi. Darvozaga yetti pog‘onali zina olib borar edi. Dahliz darvoza binosining ichki tomonida joylashgan edi.
23 Shimoliy darvoza binosining ro‘parasida ham sharqiy darvoza binosidagiday ichki hovliga olib kiradigan darvoza binosi bor edi. O‘sha odam ichki darvoza binosidan tashqi darvoza binosigacha bo‘lgan masofani o‘lchagan edi, masofa 100 uzun tirsak chiqdi.
24 So‘ng o‘sha odam meni janub tomonga olib bordi. Janub tomonda ham darvoza binosi bor edi. O‘sha odam darvoza binosining dahlizini va dahliz devorlarini o‘lchadi, ularning o‘lchamlari boshqalarniki bilan bir xil edi.
25 Bu darvoza binosidagi xonalarning va dahlizning boshqa darvozalarnikiga o‘xshagan panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni esa 25 tirsak edi.
26 Darvozaga yetti pog‘onali zina olib borar edi. Dahliz darvoza binosining ichki tomonida joylashgan edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi.
27 Janub tomonda Ma’badning ichki hovlisiga olib kiradigan darvoza binosi bor edi. O‘sha odam janubdagi ichki darvoza binosidan tashqi darvoza binosigacha bo‘lgan masofani o‘lchadi, masofa 100 tirsak chiqdi.
28 So‘ng o‘sha odam meni janubiy darvoza orqali Ma’badning ichki hovlisiga olib kirdi–da, darvoza binosini o‘lchadi. Darvoza binosining o‘lchamlari boshqa darvoza binolarniki bilan bir xil edi.
29 Darvoza binosining xonalari, dahlizi va dahliz eshigining ikki yon devori boshqa darvoza binolarnikiga o‘xshagan edi. Xonalarning va dahlizning panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi.
30 Ichki hovliga qaratilgan darvoza binolarining dahlizlari bir xil edi. Ularning uzunligi 25 tirsak, eni 5 tirsak edi.
31 Dahliz orqali Ma’badning tashqi hovlisiga chiqilar edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi. Darvozaga sakkiz pog‘onali zinapoya olib borar edi.
32 So‘ng o‘sha odam meni sharqiy darvoza orqali Ma’badning ichki hovlisiga olib kirdi–da, darvoza binosini o‘lchadi. Darvoza binosining o‘lchamlari boshqa darvoza binolariniki bilan bir xil edi.
33 Darvoza binosining xonalari, dahlizi va dahliz eshigining yon devorlari boshqa darvozalarnikiga o‘xshagan edi. Xonalarning va dahlizning panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi.
34 Dahliz orqali Ma’badning tashqi hovlisiga chiqilar edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi. Darvoza binosiga sakkiz pog‘onali zinapoya olib borar edi.
35 So‘ng o‘sha odam meni shimoliy darvoza oldiga olib borib, darvoza binosini o‘lchadi. Darvoza binosining o‘lchamlari boshqa darvoza binolarniki bilan bir xil edi.
36 Darvoza binosining xonalari, dahlizi va dahliz eshigining yon devorlari boshqa darvoza binolarnikiga o‘xshagan edi. Xonalar va dahlizning panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi.
37 Dahliz orqali Ma’badning tashqi hovlisiga chiqilar edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi. Darvozaga sakkiz pog‘onali zinapoya olib borar edi.
38 Shimol tomondagi ichki darvozaning dahlizi yonida bir xona bor edi. Bu xonaga dahliz orqali kirilar edi. Qurbonlik uchun bo‘g‘izlangan hayvonlar shu xonada yuvilar edi.
39 Dahlizning o‘zida esa to‘rtta xontaxta bor edi. Xontaxtaning ikkitasi dahlizning bir chekkasida, qolgan ikkitasi dahlizning boshqa chekkasida turar edi. Bu xontaxtalarning ustida kuydiriladigan qurbonlik, gunoh qurbonligi va ayb qurbonliklari uchun hayvonlar bo‘g‘izlanar edi.
40 Tashqi hovlida yana to‘rtta xontaxta bor edi. Xontaxtaning ikkitasi darvoza zinapoyasining bir tomonida, boshqa ikkitasi zinapoyaning boshqa tomonida turar edi.
41 Hammasi bo‘lib sakkizta xontaxta bor edi. To‘rtta xontaxta dahlizning ichida, yana to‘rttasi darvozaning tashqarisida turar edi. Bu xontaxtalarning ustida hayvonlar bo‘g‘izlanar edi.
42 Kuydiriladigan qurbonliklar uchun yana to‘rtta xontaxta bor edi. Bu xontaxtalar yo‘nilgan toshdan yasalgan bo‘lib, ularning uzunligi va eni bir yarim tirsak, bo‘yi bir tirsak edi. Bu xontaxtalar ustiga qurbonliklarni so‘yishda ishlatiladigan asboblar qo‘yilar edi.
43 Dahliz devorlariga uzunligi to‘rt enli bo‘lgan ilgaklar qoqilgan edi. Hayvonlarning go‘shti esa xontaxtalar ustiga qo‘yilar edi.
44 Ichki hovlida qo‘shiqchilar uchun ikkita xona qurilgan edi. Xonalarning bittasi shimoliy darvoza yonida, janub tomonga qaratib qurilgan edi. Ikkinchisi esa janubiy darvoza yonida, shimol tomonga qaratib qurilgan edi.
45 O‘lchayotgan odam menga shunday dedi: “Shimoliy darvoza yonidagi xona Ma’bad uchun mas’ul bo‘lgan ruhoniylarga mo‘ljallangan.
46 Janubiy darvoza yonidagi xona esa qurbongoh yonida xizmat qiladigan ruhoniylar, ya’ni Zodo‘x avlodlari uchun mo‘ljallangandir. Levi qabilasidan faqat Zodo‘x avlodlari Egamizning huzurida xizmat qilishadi.”
47 So‘ng o‘sha odam ichki hovlini o‘lchadi. Hovli to‘rtburchak shaklda, uzunligi va eni 100 tirsakdan edi. Qurbongoh Ma’badning old tarafida edi.
48 Keyin u odam meni Ma’bad ayvoniga olib kirib, ayvon darvozasining yon devorlarini o‘lchadi. Yon devorlarning qalinligi 5 tirsak chiqdi. Darvozaning eni 14 tirsak, darvoza yon devorlarining uzunligi 3 tirsak chiqdi.
49 Ayvonning uzunligi 20 tirsak, eni 12 tirsak edi. Ayvonga o‘n pog‘onali zinapoya olib borar edi. Ayvon darvozasining ikki yon tomonida bittadan ustun bor edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18