Hizqiyo 20 bob

1 Isyonkor Isroil. 33 Xudoning jazosi va kechirimi. 45 Janubdagi yong‘in.

1 Surgun bo‘lgan paytimizning yettinchi yili beshinchi oyning o‘ninchi kunida, ayrim Isroil oqsoqollari Egamizga maslahat solmoqchi bo‘lib, oldimga keldilar. Ular ro‘paramga o‘tirdilar.
2 Shunda Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
3 “Ey inson, Isroil oqsoqollariga ayt, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Sizlar hali Menga maslahat solmoqchi bo‘lib keldingizlarmi?! Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarga hech qanday maslahat bermayman!” deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
4 Ey inson, kelgan bu odamlarni sen hukm qilishga tayyormisan? Qani, ularga ota–bobolarining qilgan jirkanch odatlari haqida gapirib ber–chi.
5 Ularga ayt, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men Isroil xalqini tanlab, Misrda ularga O‘zimni tanitgan edim. O‘shanda Men ularga, Egangiz Xudo bo‘laman, deb ont ichgandim.
6 Ularni Misrdan olib chiqishga, ular uchun tanlab qo‘ygan eng ulug‘vor yurtga, sut va asal oqib yotgan yurtga olib borishga ont ichgan edim.
7 O‘shanda ularga aytgan edim: har biringiz, ko‘zingizni quvontirgan makruh butlaringizni yo‘qotinglar. Misr butlariga sig‘inib o‘zingizni bulg‘amanglar. Egangiz Xudo Menman.
8 Ammo ular Menga qarshi isyon ko‘tardilar. Gapimga quloq solmadilar. Birontasi ham makruh butini tashlamadi, Misr xudolaridan ular voz kechishmadi. Shunda Men qahru g‘azabimni Misrdayoq ularning ustiga yog‘dirmoqchi bo‘ldim.
9 Ammo shaxtimdan qaytdim. Isroil atrofida yashagan xalqlar oldida badnom bo‘lishni istamadim. Chunki Men Isroil xalqini Misrdan olib chiqib, o‘sha xalqlar oldida O‘zimni tanitgan edim.
10 Shuning uchun Men Isroil xalqini Misrdan olib chiqdim, sahroga boshlab bordim.
11 U yerda ularga farmonlarimni berdim, qonun–qoidalarimni bildirdim. Zotan qonun–qoidalarimga rioya qilgan har qanday kishi yashaydi.
12 Men ularga Shabbat kunlarni O‘zim va ular orasidagi alomat qilib berdim. Toki ularni muqaddas qiladigan Egangiz Men ekanligimni bilishsin.
13 Ammo ular sahroda ham Menga qarshi isyon ko‘tardilar. Farmonlarimni bajarmadilar, qonun–qoidalarimni rad etdilar. O‘shalarga rioya qilgan kishi yashagan bo‘lardi. Ular Shabbat kunlarimni ham bulg‘adilar. Shunda Men sahroda ularning ustiga g‘azabimni yog‘dirib, yo‘q qilib yubormoqchi bo‘ldim.
14 Ammo Isroilni Misrdan olib chiqqanimni ko‘rgan xalqlar oldida badnom bo‘lmasligim uchun, shaxtimdan qaytdim.
15 Shunday bo‘lsa–da, ularni dunyodagi eng ulug‘vor yurtga, sut va asal oqib yotgan yurtga olib bormayman, deb sahroda ont ichdim.
16 Ular qonun–qoidalarimni rad etgan edilar, farmonlarimni bajarmagan edilar, Shabbat kunlarimni bulg‘agandilar. Qo‘yingki, qalblarini butlarga bag‘ishlagan edilar.
17 Shunga qaramay, Men ularga achindim, sahroda qirilib ketishlariga yo‘l qo‘ymadim.
18 Men ularning farzandlariga, ota–bobolaringiz yo‘lidan yurmanglar, ularning odatlariga taqlid qilmanglar, butlari bilan o‘zingizni bulg‘amanglar, deb uqtirdim.
19 Men Egangiz Xudoman. Mening farmonlarimga rioya qilinglar, qonun–qoidalarimni bitta qoldirmay bajaringlar.
20 Shabbat kunlarimni muqaddas deb bilinglar, chunki bular oramizdagi alomatdir. Shunda Egangiz Xudo Men ekanligimni bilib olasizlar.”
21 “Ammo farzandlari ham Menga qarshi isyon ko‘tardilar. Qonunlarimga rioya qilgan kishi yashagan bo‘lardi. Ammo ular farmonlarimni bajarmadilar, qonun–qoidalarimga rioya qilmadilar. Shabbat kunlarimni bulg‘adilar. Shunda Men sahroda ularning ustiga g‘azabimni yog‘dirmoqchi bo‘ldim.
22 Ammo Isroilni Misrdan olib chiqqanimni ko‘rgan xalqlar oldida badnom bo‘lmasligim uchun, O‘zimni tiydim.
23 Shunday bo‘lsa–da, Men sahroda ont ichdim: sizlarni boshqa yurtlarga quvib yuboraman, xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, deb aytdim.
24 Ha, ular qonun– qoidalarimni buzdilar, farmonlarimni rad etdilar, Shabbat kunlarimni bulg‘adilar, ko‘ngillari ota– bobolarining butlarini tusadi.
25 Shuning uchun Men ularga yomon qonunlarni, hayot uchun yaramaydigan qoidalarni berdim.
26 Ularni o‘zlari keltirgan nazrlari bilan bulg‘adim. Dahshatga solish uchun, to‘ng‘ich bolalarini qurbonlik qilishlariga yo‘l qo‘ydim. Toki Egasi Men ekanligimni bilib olishsin.”
27 “Shuning uchun, ey inson, Isroil xalqiga shunday deb ayt: Egamiz Rabbiy aytmoqda, sizlarning ota–bobolaringiz Menga xiyonat qilib, shak keltirar edilar.
28 Men, beraman, deb ont ichgan yurtga ularni olib kirganimdan so‘ng, ular ko‘ziga ko‘ringan har bir baland tepalik ustida, har bir yashil daraxt ostida o‘z xudolariga qurbonliklar keltirar edilar. Meni qattiq g‘azablantirar edilar! O‘sha xudolariga xushbo‘y tutatqilar tutatib, sharobni nazr qilardilar.
29 Men ulardan: “Sizlar o‘sha xudolarga sajda qilish uchun qayerga borasizlar?” deb so‘radim. Ular menga: “Sajdagohlarga boramiz”, deb javob berdilar. Shu sababdan o‘sha joylar bugungi kungacha Bamax, deb atalmoqda.
30 Shunday ekan, Isroil xalqiga borib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: sizlar ham ota–bobolaringiz singari o‘zlaringizni bulg‘amoqchimisizlar?! Menga befavolik qilib, makruh butlarga sig‘inmoqchimisizlar?!
31 Sizlar butlarga nazrlar keltiryapsizlar. Bolalaringizni olovda kuydirib, qurbonlik qilyapsizlar. Bunday jirkanch qilmishlar bilan bugunga qadar bulg‘anib kelyapsizlar. Shunday ekan, qanday qilib Mendan maslahat so‘rashga jur’at etdingiz?! Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarga hech qanday maslahat bermayman.”
32 Sizlar ichingizda: “Boshqa xalqlarga o‘xshasak edi, yog‘och va toshga sig‘inadigan ellarday bo‘lsak edi”, deb niyat qilasizlar. Ammo bu niyatingiz amalga oshmaydi.
33 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, cheksiz qudratim, ajoyibotlarim va alangali g‘azabim bilan sizlarga hukmronlik qilaman.
34 Sizlar begona xalqlar orasiga tarqalib ketdingiz, Men sizlarni o‘sha yurtlardan olib chiqaman. Qudratim, ajoyibotlarim va alangali g‘azabim bilan sizlarni yig‘ib olaman.
35 Sizlarni xalqlardan uzoqqa, sahroga olib boraman. U yerda hammangizni yuzma–yuz hukm qilaman.
36 Men ota– bobolaringizni Misr sahrosida qanday hukm qilgan bo‘lsam, sizlarni ham xuddi shunday hukm qilaman, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
37 Sizlarni cho‘ponning tayog‘i bilan saralayman, ahdimga bo‘ysunishga majbur qilaman.
38 Menga qarshi gunoh qilgan isyonkor odamlarni orangizdan yo‘q qilaman. Sizlar musofir bo‘lib yurgan yurtdan o‘sha isyonkorlarni chiqarib yuboraman. Ammo Isroil yurtiga ular kirmaydilar. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
39 Ey Isroil xalqi, Egangiz Rabbiy shunday demoqda: “Menga quloq solishni xohlamasangiz, yo‘qolinglar! Har biringiz butlaringizga sig‘inib yuraveringlar! Ammo nazrlaru butlaringiz bilan Meni badnom qila ko‘rmanglar.
40 Zero, ey Isroil, butun xonadoning, faqat Mening muqaddas tog‘imda, Isroilning baland tog‘ida, yurtda Menga sajda qiladi, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — O‘sha yerda Men sizlarni qabul qilaman. Hadyalaru a’lo in’omlaringizni, muqaddas tortiqlar keltirishingizni buyuraman.
41 Sizlar boshqa yurtlarga tarqalib ketgan bo‘lsangiz–da, Men sizlarni yig‘ib olaman, xalqlar orasidan olib chiqaman. Xushbo‘y tutatqining muattar hididan mamnun bo‘lganday sizlardan mamnun bo‘laman. Barcha xalqlarning ko‘zi oldida O‘z muqaddasligimni orangizda namoyon qilaman.
42 Ota–bobolaringizga ont ichib, va’da qilgan Isroil yurtiga sizlarni olib kirganimda, Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
43 Shunda sizni bulg‘agan qabih ishlaringizni, tutgan yo‘llaringizni eslab, o‘z–o‘zingizdan hazar qilasizlar.
44 Sizning egri yo‘llaringiz, qabih ishlaringizga ko‘ra, Men ish tutmayman. O‘z nomim haqi, sizlarga yaxshilik qilaman. Shunda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
45 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
46 “Ey inson, janubga yuzlanib, Nagavdagi o‘rmonga qarshi bashorat qilgin.
47 Janubdagi bu o‘rmonga ayt: Egamizning so‘zini eshit! Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men sening har bir daraxtingni, ko‘karganini ham, quriganini ham yondirib yo‘q qilaman. Avj olgan alangani hech kim o‘chira olmaydi. Bu alanga janubdan shimolgacha bo‘lgan yer yuzini kuydirib tashlaydi.
48 Bu olovni Men yondirganimni butun dunyo ko‘radi. Hech kim uni o‘chira olmaydi.”
49 Shunda men yolvorib, dedim: — Yo Egam Rabbiy, bu odamlar menga, “Hadeb matallar bilan gapiraverasanmi?” deb aytishmoqda.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак