Hizqiyo 22 bob

1 Quddusning jinoyatlari. 17 Egamizning o‘chog‘i. 23 Isroil yo‘lboshchilarining gunohlari.

1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, qotillar shahrini hukm qilgin. Uning jirkanch odatlarini yuziga solgin.
3 Shunday deb ayt: Egamiz Rabbiy aytmoqda: ey Quddus, sen o‘z ko‘chalaringda qon to‘kib, boshingga balo orttirding. Butlar yasab, o‘zingni bulg‘ading.
4 To‘kkan o‘sha qon uchun sen aybdor bo‘lding, yasagan butlar bilan bulg‘anding. Halokat kuningni yaqinlashtirding. O‘z hayotingga yakun yasading! Shu bois xalqlar seni mazax qilishlariga, yurtlar ustingdan kulishlariga Men yo‘l qo‘yaman.
5 Ey yomon ot chiqargan, g‘alayonga to‘la shahar, uzog‘u yaqindagilar seni mazax qiladilar.”
6 “Shahardagi Isroil yo‘lboshchilari o‘z mansabidan foydalanib, qon to‘kadilar.
7 U yerdagi odamlar ota–onasini xor qiladilar, musofirlarni aldaydilar, yetim va bevalarga zulm o‘tkazadilar.
8 Muqaddas narsalarimni xor qilib, Shabbat kunlarimni bulg‘aydilar.
9 Ba’zilari odamlarni o‘ldirish uchun tuhmat qiladilar. Butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qiladilar, o‘zlarining shahvoniy hirslarini qondirish bilan ovora bo‘ladilar.
10 Boshqalari o‘gay onalari bilan yotadilar, hayz ko‘rgan ayollarni zo‘rlaydilar.
11 Qo‘shnining xotini bilan jirkanch ishlar qiladilar, kelinlarini uyatsizlarcha bulg‘aydilar, tug‘ishgan singillarining nomusiga tegadilar.
12 Shahardagi ba’zi odamlar pul uchun odam o‘ldiradilar. Bergan qarzidan foiz undiradilar, o‘zganing bor–yo‘g‘ini tortib olib, daromad ko‘radilar. Meni esa unutib yubordilar!” deb aytmoqda EgamizRabbiy.
13 Noxaq foyda ko‘rganingiz uchun, qon to‘kkaningiz uchun Men g‘azab ichra kaftimni kaftimga uraman.
14 Adabingizni bergan kunim mardligingizni ko‘raman, o‘shanda Men bilan olishishga qurbingiz yetarmikan? Men, Egangiz aytganlarimni amalga oshiraman.
15 Men sizlarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman, iflos qilmishlaringizga chek qo‘yaman.
16 Begona xalqlar sizlarni xor qilganda, Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
17 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
18 “Ey inson, Isroil xalqi Men uchun toshqolday qadrsiz bo‘lib qoldi. Kumush eritilgandan keyin o‘choqda qotib qolgan mis, qalay, temir va qo‘rg‘oshin qorishmasi kabidir bu xalq.
19 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Sizlar toshqolday bo‘lib qolganingiz uchun, Men sizlarni Quddusga yig‘aman.
20 Kumush, mis, qalay, temir va qo‘rg‘oshin o‘choqqa qanday yig‘ilsa, eritish uchun tagiga olov qanday yoqilsa, Men xuddi shunday qahru g‘azab bilan sizlarni yig‘aman, hammangizni shaharda eritib yo‘q qilaman.
21 Ha, Men sizlarni Quddusga yig‘ib olaman, g‘azabim olovini sizga sochaman. Sizlar erib yo‘q bo‘lib ketasizlar.
22 Kumush o‘choqda eriganday, sizlar qahrim o‘tida erib yo‘q bo‘lasizlar. Shunda ustingizga g‘azab o‘tini sochgan Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
23 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
24 “Ey inson, Isroil xalqiga shunday deb ayt: Sizlar qahr kunida poklanmagan, ustiga yomg‘ir yog‘magan bir yurtdirsiz.
25 Yurtingizdagi shahzodalar o‘kirayotgan, o‘ljasini tilka–pora qilayotgan sherga o‘xshaydi. Ular odamxo‘rlik qiladilar, mulku boylikni qo‘lga kiritadilar, qotilliklar qilib, bevalarning sonini ko‘paytiradilar.
26 Ruhoniylar qonunimni buzib, muqaddas narsalarimni bulg‘adilar. Muqaddas bilan oddiy narsaning farqiga bormadilar. Odamlarga nima haromu nima halol ekanini o‘rgatmadilar, Shabbat kunlariga rioya qilmadilar, xullas xalqim orasida Men beobro‘ bo‘ldim.
27 Isroil yo‘lboshchilari o‘ljasini tilka–pora qilayotgan bo‘riga o‘xshaydilar. Ular boylik orttirish uchun qon to‘kadilar, odamlarning jonini oladilar.
28 Payg‘ambarlar esa devorni oqlagan mardikorlar kabi, ularning bu gunohlarini oqlaydilar. Yolg‘on vahiylar ko‘rib, soxta bashoratlar aytadilar. Men ularga gapirmasam ham,“Egamiz Rabbiy shunday demoqda” deb gapiradilar.
29 Bu yurtdagi odamlar qallobligu o‘g‘irlik qiladilar, kambag‘alu nochorni ezadilar, musofirning bor–yo‘g‘ini tortib oladilar, haqini talab qilishga yo‘l qo‘ymaydilar.
30 Devorni qayta quradigan, devorning o‘pirilib tushgan joyida turib, yurtni himoya qiladigan birorta odam bormikan, deya ularning orasidan izladim. Ammo yurtni qahrimdan saqlab qolmoqchi bo‘lgan bunday odamni topa olmadim.
31 Shuning uchun Men ularga qahrimni sochaman, hammasini g‘azabim olovida yo‘q qilaman. Qilgan qilmishlariga yarasha jazosini beraman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18