Hizqiyo 31 bob

1 Misrning sadr daraxti misolidagi qismati.

1 Surgunda bo‘lgan paytimizning o‘n birinchi yili uchinchi oyning birinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, Misr fir’avni va uning to‘dasiga shunday deb ayt: Buyukligingda senga teng keladigan kim bor?!
3 Ossuriyaga bir qara! U ham bamisoli Lubnondagi sadr daraxti edi, Ko‘rkam shoxlari o‘rmonga soya solar edi, Baland qomatining uchi bulutlarga o‘ralashardi.
4 Suvlar uni sug‘orar edi, Yer osti buloqlari uni o‘stirar edi. Anhor suvlari ildizlarining atrofida oqar edi, Irmoqlari hamma dasht daraxtlarini to‘ydirardi.
5 Bu ulkan sadr baland o‘sib, Atrofdagi hamma daraxtlardan daroz bo‘ldi. Mo‘l sug‘orilgani uchun novdalari o‘sdi, Shoxlari uzun va sersoya bo‘ldi.
6 Barcha osmon qushlari shoxlarida in qurar, Ostida barcha yovvoyi hayvonlar bolalashar, Soyasida hamma buyuk xalqlar yashardi.
7 Bu ko‘rkam, salobatli daraxt edi, Uning shoxlari keng yoyilgan edi. Axir, ildizlari serob suvdan bahra olardi.
8 Xudoning bog‘idagi birorta sadr unga teng kelmas edi, Birorta archa butoqlari bilan bellasha olmas edi. Birorta chinor bunday shoxlarga ega emasdi, Xudoning bog‘idagi birorta daraxt shu qadar go‘zal emasdi.
9 Men uni go‘zal qilib yaratdim, Shox–butalarini serfayz qildim. Edendagi hamma daraxtlar unga havas qilardi, Ha, Xudo bog‘idagi hammaning unga havasi kelardi.”
10 Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Bu sadr daraxti baland o‘sib, uchi bulutlarga yetdi. U balandligidan mag‘rurlanib ketdi.
11 Men uni ajnabiy hukmdorning qo‘liga topshirdim. U o‘sha daraxtni fosiqligiga yarasha jazoladi. Men O‘zim esa bu daraxtdan voz kechdim.
12 Ajnabiylarning eng yovuz xalqi uni yiqitib, tashlab ketdi. Chopilgan shoxlari qirlaru vodiylarda, singan butoqlari yurtning hamma jarliklarida sochilib yotdi. Soyasida orom olgan jahonning hamma xalqlari tarqalib ketdi.
13 Barcha osmon qushlari ag‘darilib yotgan daraxt tanasiga kelib qo‘ndi, barcha yovvoyi hayvonlar shoxlari orasiga kirib yotdi.
14 Toki suv bo‘yiga o‘tqazilgan, birorta daraxt endi bu qadar baland bo‘lib o‘smasin. Ularning uchi bulutlarga tegmasin. Suvga to‘ygan birorta daraxt shunchalik baland bo‘lmasin. Ularning hammasi foniy bandalar kabi bu dunyodan o‘tib ketishadi, qabrdagi marhumlarga hamroh bo‘lishadi.”
15 EgamizRabbiy shunday demoqda: “O‘sha ulkan daraxt o‘liklar diyoriga tushganda, unga aza tutishlari uchun Men yer osti suvlarini berkitgan edim. Daryolariga to‘siq qo‘ygan edim, serob suvlarini to‘xtatgan edim. Uni deb Lubnon tog‘lariga zulmat libosini kiydirgan edim. Uni deb hamma o‘rmon daraxtlari xazon bo‘lgan edi.
16 Men o‘sha daraxtni chuqurdagi marhumlarga hamroh qilib, o‘liklar diyoriga tushirganimda, qulashining shovqinidan xalqlar qo‘rquvga tushib, titragan edi. O‘shanda Eden bog‘ining yer qa’riga tushgan hamma daraxtlari, Lubnonning eng sara, eng a’lo, yaxshi sug‘orilgan hamma daraxtlari uning qulashidan taskin topgan edi.
17 Uning panasida yashagan ittifoqchilarining hammasi daraxt bilan birga o‘liklar diyoriga tushishgan. Ular qilich tig‘idan halok bo‘lganlarga qo‘shilishgan.
18 Ey Misr, sening shon–shuhratingu salobatingni Edendagi qaysi daraxtga qiyoslasam bo‘lar ekan– a? Sen ham Edendagi boshqa daraxtlar singari yer qa’riga tushasan. Qilichdan halok bo‘lgan sunnatsizlar bilan birga go‘rda yotasan.” “Bu daraxt fir’avn va Misr to‘dasining timsolidir”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак