Hizqiyo 29 bob

1 Misr haqida bashorat. 17 Shoh Navuxadnazar Misrni bosib oladi.

1 Surgun bo‘lgan paytimizning o‘ninchi yili o‘ninchi oyning o‘n ikkinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, Misr fir’avniga yuzlan. Unga va butun Misr xalqiga qarshi bashorat qilib ayt:
3 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Misr fir’avni, Men senga qarshiman. Sen Nil havzalarida cho‘zilib yotgan bamisoli buyuk ajdarhodirsan. Sen: “Nil daryosi mening shaxsiy mulkim, uni o‘zim uchun yaratganman”, deb aytasan.
4 Ammo Men jag‘laringga ilmoqlar solaman. Teringdagi tangachalaringga baliqlarni yopishtiraman. Seni teringga yopishgan baliqlar bilan birga quruqlikka tortib chiqaraman.
5 Men seni va havzalaringdagi hamma baliqlarni sahroga uloqtirib tashlayman. Sen ochiq maydonda yotasan. Seni olib, ko‘madigan odam bo‘lmaydi. Men seni dasht hayvonlariyu osmon qushlariga yem qilib beraman.
6 Shunda butun Misr xalqi Egangiz Men ekanligimni bilib oladi. Sen xalqim Isroil uchun qamish hassaday bo‘lding.
7 Ular seni ushlaganda, sen yorilib, qo‘llarini kesib yubording. Senga suyanganlarida sinib, bellarini chiqarib yubording.”
8 Shu bois EgamizRabbiy aytmoqda: “Men sening boshingga qilich keltiraman, odamu hayvonlaringni qilich tig‘idan o‘tkazaman.
9 Butun Misr yurtini tashlandiq xarobazorga aylantiraman. O‘shanda Egang Men ekanligimni bilib olasan. Sen: “Nil meniki, men o‘zim uni yaratdim”, deb aytganing uchun,
10 Men senga va sening barcha havzalaringga qarshi chiqaman. Butun Misr yurtini butunlay xarob qilaman. Migdoldan tortib, to Savanaygacha va janubdagi Habashiston hududigacha hamma yerlarini tashlandiq qilaman.
11 Odam u yerga oyog‘ini bosmaydi, hayvonlar ham u yerdan yurmaydi. Qirq yil mobaynida u yerda hech kim yashamaydi.
12 Men Misr yurtini dunyodagi eng xarob yurtga aylantiraman. U yerdagi shaharlar qirq yil mobaynida tashlandiq bo‘lib yotadi, vayronalari boshqa shaharlardan battar bo‘ladi. Men Misrliklarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman.”
13 Egamiz Rabbiy yana shunday demoqda:“Qirq yil o‘tgach, Men xalqlar orasiga tarqatib yuborgan Misrliklarni yig‘ib olaman.
14 Ularni yana farovonlikka erishtirib, o‘z ona yurti Patro‘sga olib kelaman. Ularning shohligi ojiz bir shohlik bo‘ladi.
15 Ha, ular dunyoning eng ojiz shohligi bo‘lib, hech qachon boshqa xalqlardan ustun bo‘lishmaydi. Men ularni shu qadar ahamiyatsiz qilamanki, ular o‘z hukmini boshqa xalqlarga o‘tkaza olmaydi.
16 Xalqim Isroil endi hech qachon o‘z umidini Misrga bog‘lamaydi. Ular Misrdan yordam so‘rab, gunoh qilganlarini doimo eslarida tutadilar. O‘shanda Egasi Rabbiy Men ekanligimni bilib oladilar.”
17 Surgun bo‘lgan paytimizning yigirma yettinchi yili birinchi oyning birinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
18 “Ey inson, Bobil shohi Navuxadnazar Tirga qarshi shiddatli urush olib bordi. Bobil lashkarlarining sochlari to‘kilib, yelkalari shilinib yallig‘landi. Ammo qilgan mehnatlariga yarasha ular Tirdan hech qanday o‘lja ololmadilar.”
19 Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Men Misr yurtini Bobil shohi Navuxadnazarga beraman. U Misrni talon–taroj qilib, u yerdagi boyliklarni o‘zi bilan olib ketadi. Misr boyliklari Bobil lashkarlari uchun mehnat haqi bo‘ladi.
20 Ha, Men Misr yurtini Bobil shohiga mehnat haqi qilib berdim, chunki u va uning lashqarlari Mening xizmatimni kildilar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
21 “O‘sha kuni Men Isroil xalqining qudratini tiklayman. Bu so‘zlarimni xalqimga yetkazishing uchun Men senga kuch beraman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni ular bilib oladilar.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак