Hizqiyo 11 bob

1 Isroilning fosiq yo‘lboshchilari mahkum qilinadi. 14 Xudoning va’dasi. 22 Xudoning ulug‘vorligi Quddusni tark etadi.

1 Ruh meni ko‘tarib, Egamiz uyining sharqiy darvozasiga olib bordi. Darvoza yonida men yigirma besh nafar kishini ko‘rdim. Ularning orasida xalq rahnamolaridan Ozzur o‘g‘li Yazaniyo va Binayo o‘g‘li Pilatiyo bor edi.
2 Egamiz menga shunday dedi: — Ey inson, mana bu odamlarning niyati yomon. Ular shahardagilarga bo‘lmag‘ur maslahatlar berib yurishibdi.
3 O‘sha buzuq odamlar shunday deydilar: “Hozir imoratlar solishning hojati yo‘q. Bu shahar qozon kabidir, biz esa qozonda saqlangan go‘shtdaymiz.”
4 Shunday ekan, ey inson, ularga qarshi bashorat qil!
5 So‘ng Egamizning Ruhi butun vujudimni qamrab oldi. U Isroil xalqiga quyidagilarni aytishimni buyurdi: “Egamiz shunday demoqda: — Ey Isroil xalqi, sizlar o‘sha gapni aytdingiz. Men esa hamma o‘ylaringizni bilaman.
6 Sizlar shahardagi ko‘p odamlarni o‘ldirdingiz, ko‘chalarni jasadlarga to‘ldirdingiz.
7 Shuning uchun Men, Egangiz Rabbiy, aytamanki: bu shahar haqiqatan ham qozon kabidir. Ammo go‘sht sizlar emas, siz o‘ldirgan odamlarning jasadlaridir. Men sizlarni shahardan chiqarib yuboraman.
8 Sizlar qilichdan qo‘rqqan edingizlar, ammo ustingizga qilich yuboraman. Men, Egangiz Rabbiy, shunday dedim.
9 Men sizlarni shahardan haydab chiqarib, ajnabiylarning qo‘liga topshiraman. Shu yo‘sin sizlarni jazolayman.
10 Sizlar qilichdan nobud bo‘lasizlar. Men sizlarni Isroil chegaralarida jazolayman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
11 Bu shahar sizlar uchun qozonday bo‘lmaydi, sizlar ham qozon ichidagi go‘shtday bo‘lmaysizlar. Men sizlarni Isroil chegaralarida jazolayman.
12 O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. Zero, sizlar shu paytgacha qonun– qoidalarimni buzib, yon–atrofingizda yashovchi xalqlarning odatlariga taqlid qilib keldingizlar.”
13 Men, Hizqiyol, bashorat qilayotganimda, birdaniga Binayo o‘g‘li Pilatiyo jon berdi. Men yerga yuz tuban yiqilib: “Yo Egam Rabbiy! Sen Isroilda qolgan hamma odamlarni nobud qilmoqchimisan?” deya ovozim boricha hayqirib yubordim.
14 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
15 — Ey inson, Quddusda qolgan odamlar sen va sening surgun bo‘lgan qarindoshlaring haqida shunday aytishmoqda: “Ular uzoqda, Egamizga sajda qila olmaydilar. Shuning uchun bu yurt bizga mulk qilib berildi.”
16 Ammo sen surgunda bo‘lgan xalqimga shunday xabarni yetkaz: “Egangiz Rabbiy aytmoqda, Men sizlarni olisdagi xalqlar orasiga jo‘natdim. Boshqa yurtlarga tarqatib yubordim. Biroq begona yurtdagi musofirlik davringizda, O‘zim sizlarga sajdagoh bo‘laman.”
17 — Yana ayt: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda, Men sizlarni xalqlar orasidan yig‘ib olaman. Ha, sizlar begona yurtlarga tarqalib ketdingiz, ammo Men sizlarni olib chiqaman. Isroil yurtini sizlarga qaytarib beraman.
18 Xalqim o‘z yurtiga qaytib kelganda, u yerdagi makruh xudolarni, jirkanch butlarni ildizi bilan yo‘q qiladi.
19 Men ularga yaxlit bir yurak beraman, qalblarini yangi ruhga to‘ldiraman. Bag‘ridagi tosh yurakni olib tashlab, o‘rniga yumshoq yurak solaman.
20 Shunda ular farmonlarimni bajaradilar, qonun-qoidalarimga rioya qiladigan bo‘ladilar. Ular Mening xalqim, Men esa ularning Xudosi bo‘laman.
21 Ammo makruh xudolaru jirkanch butlarga sajda qilishni xush ko‘rgan odamlarni qilmishlariga yarasha jazolayman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
22 Karublar qanotlarini yozib, yonidagi g‘ildiraklari bilan birga osmonga ko‘tarildilar. Isroil Xudosining ulug‘vorligi karublar ustida edi.
23 Egamizning ulug‘vorligi shaharni tark etib, shaharning sharq tomonidagi toqqa borib to‘xtadi.
24 Vahiyda Ruh meni ko‘tarib, Bobilga surgun qilinganlarning oldiga qaytarib olib bordi. Vahiy tamom bo‘ldi.
25 Men surgundagi birodarlarimga Egamiz ayon qilgan hamma narsani aytib berdim.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18