1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2 Butrus 1:20, 21
Bolalar bo'yash uchun rasm. chizish 1 (skachat) | PDF kitob va RUS
Kitobni berganidan xursandmiz. Biz uni Xudoning So’zi deb ataymiz, chunki biz u orqali Xudo bizdan nima xohlashini bilib olamiz.
Xudo - bizning Yaratguvchimizdir, biz buni bilishimizni xohlaydi. U qanday qilib to’g’ri ishlar qilishimiz va Unga qanday sajda qilishimiz kerakligini bilishimizni xohlaydi. Xudo bizni osmon va o'limdan keyn nima kutayotganini bilishimizni xohlaydi. O’limdan so'ng U bilan osmonda yashashimiz mumkinligini bilishimizni xohlaydi. Muqaddas Kitobda aytilganlarning hammasiqat.
Xudo ko’p narsalarni bilishimizni istaydi, lekin inson hamma narsani eslab qololmaydi. Shuning uchun muqaddas insonlarga Uning amrlarini yozishni buyurdi. Bu odamlar Xudoning amrlarini tingladi va faqat U aytganlarini yozishti.
Ular yozgan so'zlar Muqaddas Kitobni tashkil qiladi. Endi biz uni har kuni o'qishimiz va o'rganishimiz mumkin. Xudo Uning Kalomiga itoat qilishimizni istaydi.
Ko’p yillar oldin, kitoblar bizning hozirgi kitobimizga o'xshamas edi.
Ularni odamlar o'qishlari uchun, o’ramlar shaklida qo'lda yozilgan. O’ramlar uzun-uzun pergament yoki qog’oz varag'idan bo’lib, tayoq atrofida o’ralgan edi.
Ba'zida Xudoning xalqi Kalomga zid ishlarni qilishgan. Ular Muqaddas Kalom haqida eshitishni ham xohlamadilar.
Keyin Xudo hamma odamlar Kalomni eshitishi va itoat etishi uchun, ularni jazoladi.
Bugun ota-onamiz bizga Muqaddas Kitob hikoyalarini o’qib berishidan xursandmiz. Biz uyda va jamoatda Xudoning so'zlarini jimgina eshitishni xohlaymiz. Biz Xudo haqida ko'proq bilishni va Unga itoat qilishni xohlaymiz.
Muqaddas Kitob haqida kuylashimiz ham mumkin. Mana siz uchun kichik bir qo’shiq.
SAVOL JAVOB:
1. Muqaddas Kitobni bizga kim bergan?
(Muqaddas Kitobni bizga Xudo bergan.)
2. Muqaddas Kitob bizga nima haqida gapiradi?
(Xudoning ishlari haqida.)
3. Hursandchilik bilan Xudoning Kalomini tinglashimiz kerakmi?
(Ha, biz hursandchilik bilan Xudoning Kalomini tinglashimiz kerak)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Sening kaloming haqiqatdir.” (Yuhanno 17:17)
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. ISHOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар