25. IKKI SHOH
3 Shohlar 11-14
Bo'yash uchun rasm. chizish 25 (skachat) | PDF kitob va RUS
Shoh Sulaymon yomonlik qilganida, Xudo norozi edi. Xudo payg'ambarga: “Men Sulaymonning o'g'lidan boshqa shohni tanlayman. Uning o'g'li Isroilning faqat kichik bir qismini boshqaradi. Boshqa shoh Isroilning o'nta qabilasini boshqaradi,”- dedi.
Sulaymon vafot etgandan so'ng, uning o'g'li Raxabom shoh bo'ldi. Odamlar Raxabomga: “Otangiz bizning hayotimizni qiyinlashtirdi. Iltimos, endi hayotimizni yengillashtiring”.
Shoh Raxabom javob berdi: “Uyga boring va uch kundan keyin yana keling”. Keyin Raxabom turli odamlar bilan maslahatlashishga qaror qildi.
Keksa odamlar: “Xalqni tinglang va mehribon bo'ling. Shunda odamlar sizga yordam berishni xohlashadi”. Yoshlar esa: “Odamlarning hayotini yanada qiyinlashtiring,”- deyishdi.
Uch kundan keyin odamlar yana kelishdi. Shoh Raxabom yoshlarning maslahatiga amal qilib, xalqqa: “Men sizning hayotingizni otam davridagidan ham qiyinlashtiraman,”- dedi.
Odamlar xafa bo'lishdi. Isroilning o'n qabilasi: “Biz Raxabomning shohimiz bo'lishiga yo'l qo'ymaymiz. Biz uyga qaytamiz,”- deyishti.
Xudo Yerobomni o'nta norozi qabilaga yangi shoh etib sayladi. Faqat ikki qabila qoldi va Quddusda yashagan shoh Raxabomga xizmat qildi.
Endi shoh Yerobomning odamlarida Xudoga sajda uchun ma'bad yo'q edi. Shoh Yerobom o'z odamlarini Quddusda Shoh Sulaymon qurgan ma'badga qo'yib yuborishdan qo'rqardi. Keyin Shoh Yerobom juda yomon ish qildi. Odamlar o'z yerlarida sajda qilishlari uchun, u ikkita oltin buzoq yasadi.
Bu Xudoga ma'qul kelmadi va u shohni ogohlantirish uchun payg'ambarni yubordi. Bu vaqtda shoh Yerobom oltin buqalarning birini yonida turardi. Payg'ambar Egamizning so'zlarini unga yetkazdi: “Yangi shoh hokimiyatga kelganida, uning ismi Yo'shiyo bo'ladi, u Isroil xalqini butparastlikdan qutqaradi”.
Shoh Yerobom payg'ambarni ushlamoqchi bo'ldi, lekin uning qo'li qotib qoldi va uni qimirlatolmadi. Xudo shunday qildiki, butga atab yasalgan qurbongoh parchalanib ketdi. Shoh qo'rqib ketdi va payg'ambardan: “Iltimos, men uchun ibodat qiling,”- deb so'radi. Keyin payg'ambar ibodat qildi va Xudo shohning qo'liga shifo berdi, ammo shunga qaramay, Yerobom Xudoning ogohlantirishiga quloq solmadi. U va boshqa barcha odamlar butlarga sajda qilishda davom etishdi. Xudo norozi edi. Shuning uchun Xudo Shoh Yerobomni jazoladi.
SAVOL JAVOB:
1. Shoh Raxabom qanday odamlarga quloq soldi?
(Shoh Raxabom yoshlarga quloq soldi)
2. Butun xalq Shoh Raxabom bilan qoldimi?
(Yo'q, u bilan faqat ikkita qabila qoldi)
3. Shoh Yerobom nima yomon ish qildi?
(U sajda qilish uchun ikkita oltin buzoq yasadi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Yomonlikdan qayting, yaxshilik qiling” (Zabur 33:15).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар