37. IKKI CHAQALOQ
Luqo 1:5-2:20
Bo'yash uchun rasm. chizish 37 (skachat) | PDF kitob va RUS
Zakariyo ismli bir odam ruhoniy edi. U va uning rafiqasi Elisabetning farzandi yo’q edi. Ammo ular Xudoga sodiq edilar. Bir kuni ma'badda Zakariyoga bir Farishta zohir bo'lib dedi: “Zakariyo, Xudo senga o'g'il beradi. Sen uning ismini Yuhyo deb qo’yasan. U Xudo oldida katta xizmat qiladi”. Zakariyo farishtaga ishonmadi, chunki u va uning rafiqasi allaqachon keksayib qolgandilar. Keyin Farishta dedi: “Mening so'zlarimga ishonmaganing uchun o'g'ling tug'ilgunga qadar gapira olmaysan”.
Endi Zakariyo bir og'iz so'z aytolmadi. Xudo va'dasini bajardi, Zakariyo hamda Elisabetning o'g'li tug’ildi. Do'stlar chaqaloqning ismi haqida so'rashganda, Zakariyo shunday deb yozdi: “Uning ismi Yahyo”. Shundan so’ng Zakariyo yana gapira boshladi va Xudoni ulug'ladi. Odamlar hayron qolishdi. Ular: “Bu bolada Egamizning qudrati namoyon”, deyishdi. Taxminan shu vaqtda Xudo O’z farishtasini Maryam ismli bokira qiz oldiga yubordi. Farishta unga xabar berib dedi: “Xudo Isoning onasi bo'lish uchun seni tanladi. Iso Xudoning o'g'lidir”. Maryam juda baxtli edi! U Xudoga ma'qul bo’lishni xohlardi.
Maryam Nosira shahrida yashardi. O'sha paytda shoh butun mamlakat bo’ylab hammani ro'yxatga olishni buyurdi. Shuning uchun Yusuf va Meryam boshqa ko'plab odamlar bilan Baytlahmga borishlari kerak edi. Yusuf va Maryam Baytlahmga kelganlarida, chaqaloq Isoning tug'ilish vaqti keldi. Lekin mehmonxonalarda ular uchun joy topilmadi. Shunday qilib, Iso tug'ilganda, Maryam aziz farzandini qo'ylar oziqlanadigan oxuriga qo'ydi.
Xuddi shu mamlakatda cho'ponlar dalalarda qo'ylarni boqishayotgan edi. Qorong'u osmon porlab ketti va to'satdan Farishta paydo bo'ldi: “Qo'rqmang. Menda quvonchli xabar bor. Najotkor Baytlahmda tug'ildi”.
Tez orada ko'plab farishtalar paydo bo'ldi. Ularning barchasi Xudoni ulug'ladilar. Farishtalar osmonga qaytgandan keyin, cho'ponlar Baytlahmga borib, oxurda chaqaloq Isoni topdilar. Cho'ponlar ko'p odamlarga Najotkor Iso dunyoga kelganligi haqidagi ajoyib xabarni aytishdi.
SAVOL JAVOB:
1. Zakariyoga o'g'il ko'rishi haqida kim aytdi?
(Farishta Zakariyoga o'g'li bo'lishini aytdi)
2. Chaqaloq Iso qayerda tug'ildi?
(Chaqaloq Iso Baytlahmda tug'ilgan)
3. Oxurda yotgan chaqaloq Isoni ko'rish uchun kim keldi?
(Cho'ponlar chaqaloq Isoni ko'rish uchun kelishdi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Xudo... bizni sevib, O’z o'g'lini yubordi” (1-Yuhanno 4:10).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар