51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
Bo'yash uchun rasm. chizish 51 (skachat) | PDF kitob va RUS
Iso barcha odamlarni sevadi: keksa va yosh, kasal va sog'lom, kambag'al va boy. Iso har doim hammaga mehribon.
Bir kuni bir nechta onalar yosh bolalarini Isoning oldiga olib kelishdi. Ular Isodan bolalarni duo qilishini so'rashdi. Ammo shogirdlar bolalarning Isoni bezovta qilishini xohlamadilar. Ular onalarga: “Farzandlaringizni olib ketinglar”- deyishdi.
Iso shogirdlarining qilayotgan ishlarini ko'rib, g'azablanib va dedi: “Bolalarni mening oldimga qo'yib yuboring. Ularni haydab yubormang. Osmon shohligi ularnikidir. Abadiy hayotga ega bo’lishni xohlagan har bir inson kichkina bola kabi kamtar bo'lishi kerak”.
Keyin Iso ba'zi bolalarni quchoqladi, boshqalarga qo'llarini qo'ydi va ularni duo qildi.
Onalar Iso bolalarini duo qilganidan xursand bo'lishdi. Bolalar esa Iso bilan gaplashishdan xursand bo'lishdi.
Ko'p o'tmay, Iso shogirdlari bilan Quddusga yo'l oldi. Yo'lda U: “Biz Quddusga kelganimizda, men qattiq sinovlarga duch kelaman,”- dedi. Iso nima bo'lishini bilar edi va qanday sharoitda bo'lishidan qat'i nazar, shogirdlari Xudoni sevishini va Unga ishonishlarini aytdi.
Quddusga ketayotib, Iso shogirdlari bilan Yerixo orqali yurib o'tdi. Ularning ortidan ulkan olomon ergashdi. Yo'l chetida ko'r odam o'tirardi. U nega bunchalik ko'p odamlar bu yo'ldan ketayotganini so'radi. Kimdir unga javob berdi: “Iso bu yerdan o'tmoqda”.
Ko'zi ojiz Iso haqida allaqachon eshitgandi. U baland ovozda: “Iso, menga rahm qil!”- dedi. Odamlar ko'r odamga jim bo'lishni aytishdi, lekin u yanada qattiqroq baqirdi.
Iso to'xtadi va ko'r odamni uning oldiga olib kelishni buyurdi. “Sen uchun nima qilishimni xohlaysan?”- deb so'radi U.
Ko'r odam xitob qildi: “Rabbim, men ko'rishni xohlayman!”
Iso dedi: “O'z yo'ling bilan bor. Imoning seni qutqardi”. Shu zahoti bu odam ko'rishni boshladi. U Xudoni ulug'lab, Isoga ergashdi. Atrofdagi barcha odamlar ham Xudoni ulug'lashdi. Iso odamlar Xudoga hamdu sanolar aytishini xohlardi.
SAVOL JAVOB:
1. Iso barcha bolalarni sevarmidi?
(Ha, Iso bolalarni sevdi va duo qildi)
2. Iso ko'rni sevarmidi?
(Ha, Iso shunday qildiki, ko'r odam ko'ra boshladi)
3. Hamma odamlar nima qilishdi?
(Hamma odamlar Xudoni ulug'lashdi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Egamizga hamdu sanolar bo’lsin!’’ (Zabur 150:1).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар