22. CHO'PON DOVUD
1 Shohlar 16-26
Bo'yash uchun rasm. chizish 22 (skachat) | PDF kitob va RUS
Xudo Isroil xalqiga Unga itoatkor shoh bo'lishini xohlardi. U Shomuilga: “Baytlahmga bor. Essayning o'g'illaridan birini keyingi shoh bo'lish uchun moyla,”- dedi. Essay Bo’az va Rutning nabirasi edi.
Shomuil Baytlahmga yo'l oldi. U Essayning sakkiz o'g'lini ko'rdi. Dovud ularning eng kichigi edi. U otasining qo'ylarini boqardi. Xudo Dovud shoh bo'ladigan vaqt keladi deb aytdi. Shomuil uni shoh qilib moy surtdi. Ammo Dovud shoh bo'lishiga yana ancha vaqt bor edi.
Shoul Xudoga itoat qilmagani uchun u ko'pincha g'amgin va xavotirda yurardi. Xizmatkorlar unga: “Arfa chaladigan odamni toping, shunda o'zingizni yaxshi his qilasiz,”- deyishdi. Kimdir shunday maslahat berdi: “Essayning o'g'li Dovud arfani yaxshi chaladi. U yaxshi odam va Xudo u bilan”.
Shoul Dovudni topib kelishga odam yubordi va Dovud unga arfa chalib berishni boshladi. Shoul uni eshitib o'zini yaxshi his qilardi. Keyin Dovud uyiga qaytdi.
Filistlar butlarga sig'inadigan dushmanlar edi. Ular Isroil bilan jang qilish uchun kelishdi. Ular orasida Go'liyot ismli bahaybat bir jangchi ham bor edi. Har kuni u baqirardi: “Kimdir men bilan jang qilishga chiqsin. Agar u meni o'ldirsa, biz sizning qulingiz bo'lamiz. Ammo agar men uni o'ldirsam, siz bizga xizmat qilasiz”.
Shoulning qo'shini qo'rqib ketdi.
Dovudning uchta akasi Shoulning qo’shinida edi. Bir kuni Dovud akalariga ovqat olib kelib, Go'liyotning qichqirayotganini eshitib qoldi. U Shoulga: “Men Go'liyot bilan jang qilaman. Qo'ylarni boqayotganimda, Xudo menga sher va ayiqni o'ldirishda yordam bergan. Xudo menga Go'liyotni ham o'ldirishda yordam beradi”. Shoul Dovudga Go'liyotga qarshi jang qilishga ruxsat berdi.
Shunday qilib, Dovud beshta toshni oldi va Go'liyotga yaqinlashib: “Bizning Xudoyimiz O’z xalqini qutqarishini hamma bilsin,”- dedi. Dovud palaxmoniga tosh qo'yib otdi, Xudoning yordami bilan uni o'ldirdi. Filistlar orqaga chekindilar.
Dovudning g'alabasi Isroil xalqini xursand qildi va Shoul g'azablandi, chunki hamma Dovudni yaxshi ko'rardi. Dovudning mashhurligiga hasad qilib, Shoulni uni bir necha bor o'ldirishga harakat qildi.
Shoulning o'g'li Yo'natan Dovudni yaxshi ko'rardi. Yo'natan va Dovud yaxshi do'st edilar. Dovud har doim Shoulga nisbatan adolatli va mehribon bo'lishga harakat qildi va Xudo Dovud bilan birga bo'ldi.
SAVOL JAVOB:
1. Shomuil Essayning qaysi o'g'lini moyladi: katta yoki kichik?
(Shomuil Essayning kenja o'g'li Dovudni moyladi)
2. Xudoga itoat qilmaganidan kim g'amgin va xavotirda edi?
(Shoh Shoul g'amgin va xavotirli edi)
3. Go'liyot Dovudni o'ldirdimi?
(Yo'q, Xudo Dovudga Go'liyotni o'ldirishda yordam berdi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Egam mening Cho'ponimdir” (Zabur 22:1).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар