50. O'N MOXOV
Luqo 17:11-19; 18:9-14
Bo'yash uchun rasm. chizish 50 (skachat) | PDF kitob va RUS
Bir kuni Iso qishloqlardan biriga ketayotgan edi, uni o'nta moxov ko'rdi. Bu odamlarda moxov deb ataladigan dahshatli kasallik bor edi. Hech bir shifokor ularni davolay olmadi. Ular boshqa odamlardan uzoqroq turishlari kerak edi, hech kimga bu dahshatli kasallikni yuqtirmaslik uchun.
Bu o'n kishi Iso ularga yordam berishi mumkinligiga ishonishardi. Ular Isoning orqasidan ergashib, keyin baland ovoz bilan: “Iso, Ustoz, bizga rahm qil”. Keyin ular Isoning javobini sabr bilan kutishdi.
Iso ularning ovozini eshitdi va ularni uzoqda turganini ko'rdi. Iso: “Boringlar, o’zlaringni ruhoniylarga ko'rsatinglar,”- dedi.
Qonun shunday deydi. Agar kimdir azob chekayotgan va moxov kasalligiga chalinib, keyin sog'ayib ketgan bo’lsa ruhoniyning oldiga borishi kerak edi. Ruhoniy esa, odamning moxov kasalligi yo'qligini ko'rib, unga qaytib, oilasi bilan yana yashashga ruxsat berardi.
Moxovlar Isoga itoat qilishdi. Ular darhol ruhoniyning oldiga borishdi va yo'lda ular sog’ayib qolishgandi. Ularning tanalari toza edi.
Shifolanganlardan biri juda baxtli edi! U qaytib kelib, Isoning oyoqlariga yiqilib, Xudoni ulug'ladi va unga rahmat aytdi.
Iso esa: “O'n kishi shifo topmaganmi? Qolgan to'qqiztasi qayerda? Nega ular Xudoni ulug'lash uchun qaytib kelishmadi?”- deb so’radi.
Keyin Iso oyoqlariga yiqilgan odamga shunday dedi: “O'rningdan tur va o'z yo'lingdan bor. Imoning seni qutqardi”.
Odamlar Xudoni ulug'lashganda Iso xursand bo'lardi va hamma uning yordami uchun Xudoga minnatdor bo'lishini xohlardi.
Bir kuni Iso ibodat qilish uchun ma'badga kelgan ikki kishi haqida hikoya qildi. Ulardan biri mag'rur edi. U shunday ibodat qildi: “Ey, Xudo, gunoh qilgan odamlarga o'xshamasligim uchun rahmat. Men yaxshi ishlar qilaman. Men kambag'allarga yordam beraman”.
Yana biri uzoqda turardi va yuragida qayg’u bor edi. U shunday ibodat qildi: “Ey, Xudo menga rahm qil va gunohlarimni kechir”.
Iso shunday dedi: “Xudo kamtar odamning ibodatini eshitdi. Xudo uni kechirdi, chunki odamlar uni ulug'laganlarida Xudo hursand bo'ladi. Ammo Xudo mag'rurlarga javob bermaydi. Xudoga muhtoj bo'lmagan odamlardam mamnun U bo’lmaydi”.
SAVOL JAVOB:
1. Moxov kasalligiga chalingan qancha odam Iso tomonidan shifo topdi?
(Iso moxov kasalligiga chalingan o'n kishini davoladi).
2. Isoga minnatdorchilik bildirish uchun qancha odam qaytib keldi?
(Bir kishi qaytib kelib, Isoga minnatdorchilik bildirdi)
3. Xudo kimning ibodatlarini eshitadi: mag'rur yoki kamtar odamlarmi?
(Xudo kamtar odamlarning ibodatlarini eshitadi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Rabbimiz oldida o’zingizni past tutinglar, shunda U sizlarni yuksaltiradi” (Yoqub 4:10).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар