27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
Bo'yash uchun rasm. chizish 27 (skachat) | PDF kitob va RUS
Baal payg'ambarlari o'ldirilgandan so'ng, Xudo kuchli yomg'ir yog'dirdi. Bu hammaning Xudoga minnatdorchiligini uyg'otishi kerak edi.
Ammo Shoh Axabning yovuz va qabih rafiqasi Izabel minnatdor emas edi. Soxta payg'ambarlarning o'limi haqida eshitib, u juda g'azablandi va “Ilyos o'lishi kerak,”- deb qaror qildi.
Ilyos qochib, cho'lda yashirinishga majbur bo'ldi. Unga shunchalik og’ir ediki, Xudodan o'lim so'radi.
Ammo Xudo Ilyos hali ham U uchun ishlashini qilishini xohladi. Xudo: “Isroilda Baalga hech qachon sajda qilmagan odamlar ko'p,”- dedi. Bundan Ilyos o'zini yaxshi his qila boshladi. Xudo unga Elishay ismli yigitni tanlashni buyurdi, u unga yordamchi va keyingi payg'ambar bo'lishini aytdi.
Payg'ambar Xudoning amrlarini shohga va odamlarga yetkazadigan odam edi. Ko'p marta payg'ambarlar shoh Axab kabi noto'g'ri ish qilgan odamlarni ogohlantirishgan.
Bir kuni Shoh Axab o'z saroyi yonida uzumzorni ko'rib qoldi, unga juda yoqdi. U uni sotib olmoqchi edi va shuning uchun uzumzor egasi Navo’tni uzumzorni sotishga ko'ndira boshladi.
Navo’t esa rad etdi: “Men sizga bu uzumzorni sotolmayman, chunki u yillar davomida oilamizning mulki bo’lib kelgan”.
Shoh Axab juda g’azablandi va shu qadar xafa bo'ldiki, uyga kelganida u hatto ovqat ham yemadi.
Izabel so'radi: “Nima bo'ldi, Axab?”. U unga o'zi yoqtirgan uzumzorni sotib ololmaganini aytdi.
Keyin Izabel juda yomon ish qildi. U Navo’t yashagan shahar hukmdorlariga xat yozib, odamlardan Navo’tga tuhmat qilishlarini va keyin uni toshbo'ron qilishlarini so'radi. Hukmdorlar hamma narsani Izabel so'raganidek qildilar. Axab Navo’tning o'lganini eshitib, uzumzorni egallash uchun ketdi.
Ammo Xudo sodir bo'lgan hamma narsani bilar edi va Ilyosni shoh Axabni kutib olish uchun yubordi. Shoh Axab Ilyos bilan uchrashishdan xursand emas edi. U payg'ambarni dushmani deb hisoblardi. Ilyos: “Sen yomonlik qilganing uchun Xudo sen va Izabel o'lishingiz kerakligini aytadi,”- dedi.
Keyinchalik, Shoh Axab jangda o'ldirildi va Izabel derazadan uloqtirildi. Xudoning aytganlari amalga oshdi.
SAVOL JAVOB:
1. Izabel qanday ayol edi?
(Izabel juda yovuz ayol edi)
2. Nega Ilyos qochib yashirinishi kerak bo’ldi?
(Izabel o'lishi kerakligini aytdi)
3. Kim toshbo'ron qilindi: Ilyos yoki Navo’t?
(Navo’t toshbo'ron qilindi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Egamiz solihlarni kuzatib turadi, ularning iltijosini eshitadi. Badkirdorlardan esa yuz o’giradi”
(1-Butrus 3:12).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар