15. XUDO XALQINING SAYOHATI
Bo'yash uchun rasm. chizish 15 (skachat) | PDF kitob va RUS
Qizil dengizdan o'tib, Muso va Xudoning xalqi sahroga kelishdi. Ular va'da qilingan yurt tomon yurishni davom ettirdilar.
Xudo isroilliklarga doimo yordam berardi. Egamiz kunduzi ustun shaklidagi bulut ichida, kechasi ustun shaklidagi alanga ichida ularning oldida yurib, yo’llarini yoritib yo’l ko’rsatib bordi. Agar bu bulut harakatlanayotgan bo'lsa, Isroil xalqi chodirlarini ko'tarib yo’lda davom etar edilar.
Isroil xalqining suvi taxir bo’lib qoldi, Xudo esa ularga toza suv berdi. Ularda ichish uchun umuman suv qolmaganida, Xudo ular uchu qoyalar orasidan suv chiqardi.
Odamlar ochlikni boshdan kechirganlarida, Xudo non pishirishlari uchun har kuni tongda ular uchun osmondan manna yog’dirdi. Go'sht sifatida esa, ularga bedanalarni yubordi.
Dushmanlar isroilliklarga qarshi jang qilish uchun kelganlarida, Xudo ularga g'alaba qozonishga yordam berdi.
Xudo o'z xalqini yaxshi ko'rardi, lekin odamlar itoat qilmaganda, ularni jazolashi kerak edi.
Bir kuni Xudo odamlar qanday yashashlari va unga qanday sajda qilishlari kerakligini tushuntirdi. Xudo Musoga muqaddas chodir deb nomlangan qurbongohni qanday qurishni aytdi. U Musoga o'nta amr yozilgan ikkita tosh lavhani berdi.
Ammo Muso tog'da bo'lganida, odamlar kutishdan charchashdi. Ular Horunga: “Bizni xudolar yasab ber,”- deyishdi. Horun ularga oltin buqa yasab berdi. Keyin Xudo g'azablanib, odamlarni qattiq jazoladi. Ularning ko'plari vafot etdi.
Muso Kan'onga o'n ikki ayg’oqchini yubordi. Ular qaytib kelganlarida, faqat ikkitasi: “Xudo bizga yordam beradi,”- deyishdi. Qolgan o'n kishi: “U yer yaxshi, lekin u yerda kuchli va bahaybat odamlar yashaydi. Biz ulardan qo'rqamiz,”- dedilar. Odamlar bu o'n kishiga ishonishdi. Ular Xudoga ishonishmadi. Shuning uchun Xudo hamma odamlar sahroda juda uzoq vaqt qolishlari kerakligini aytdi.
Ba'zi odamlar Musoga ishonishmadi va: “Xudo seni bizning yo’lboshchimiz bo'lishingni xohlamaydi,”- deyishdi. Keyin Xudo yer yuzida katta yoriq hosil qildi odamlar va ularning oilalari u yerga tushib o'lishdi.
Ba'zida odamlar nolib shikoyat qilardilar. Ular: “Biz bu mannani yeyishdan charchadik,” deganlarida, Xudo odamlarni chaqish uchun ilonlarni yubordi. Ularning ko'plari vafot etdi.
Isroil xalqi qirq yil davomida sahroda yo’l yurishdi va Xudo ularga doimo tinimsiz g'amxo'rlik qilardi. Ular Xudoga ishonishlarini xohladi.
SAVOL JAVOB:
1. Xudoning xalqi qayerda yurdi?
(Ular sahroda yurdilar)
2. Xudoning xalqi har doim Xudoga itoat qildimi?
(Yo'q, ular har doim ham Xudoga itoat qilmadilar)
3. Xudo o'z xalqiga qanday yordam berdi?
(Turli javoblar to'g'ri bo'lishi mumkin)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Egamizga umid bog’lab yaxshilik qilgin” (Zabur 36:3).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар