32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
Yeremiyo kitobidan
Bo'yash uchun rasm. chizish 32 (skachat) | PDF kitob va RUS
Xudo o'z xalqining unga bo'ysunishini xohlardi. U odamlarni ogohlantirish uchun ko'plab payg'ambarlarni yubordi.
Yeremiyo sodiq payg'ambar edi. U odamlarning butlarga sig'inganidan juda ko’p yig’lardi. Xudo Yeremiyo tug'ilishidan oldin payg'ambar bo'lish uchun uni tanlagan edi. Odamlar haqiqatni eshitishni xohlamaganlarida, Xudo unga yordam berardi. Xudo Yeremiyoni himoya qilar, har doim u bilan birga bo’lib va uni qo'riqlardi.
Xudo barcha butlarni ko'rdi. U Yeremiyo orqali Isroilni gunohlari uchun jazolashini aytdi. Xudo shunday qildiki, dushman kelib, isroilliklarni Kan'ondan uzoqda asirlikka olib ketdi. Yetmish yil davomida Xudoning xalqi dushman zaminida yashashi kerak edi. Bu haqida Xudo O’z kitobiga yozishni hohladi. Yeremiyo Xudoning so'zlarini do'sti Boruxga yetkazdi va Borux bu so'zlarning barchasini o’rama qog’ozga yozib qo'ydi.
Keyin Borux ma'badga borib, barcha odamlarga Rabbiyning so'zlarini o'qib berdi. Shohning saroy ayonlari bu haqda eshitib, Boruxning bu so'zlarni o'qishini xohlashdi. Keyin ular Boruxga maslahat berishdi: “Yeremiyo bilan birga siz hech kim sizni topa olmasligi uchun biron bir joyda yashirinishingiz kerak”.
Bir kishi Xudodan qo'rqmagan shoh Yohayiqimga so'zlarni o'qib beradi. Shoh pichoqni olib, o'qilgan sahifalarni kesib, olovda yoqib yuboradi.
Tez orada butun o’ram yonib ketibdi. Ba'zi odamlar uning yonishini xohlamadilar, lekin podshoh bunga e’tibor bermadi. U yomonlik qilganidan afsuslanmadi. U Yeremiyo va Boruxni jazolamoqchi edi, lekin Xudo ularni yashirdi.
Xudo Yeremiyoga shunday dedi: “Bu so'zlarni yana yoz va boshqa so'zlarni ham qo'sh. Dahshatli voqealar sodir bo'ladi”.
Tez orada Zidqiyo shoh bo'ldi, u ham Xudoning ogohlantirishlariga quloq solishni istamadi. Shohning ba'zi saroy ayonlari Yeremiyo dushmanlarga yordam berishga harakat qilayotganini aytishdi. Keyin u ushlanib, loyga to'la chuqur sardobaga tashlandi va Yeremiyo loyga botdi.
Bir mehribon odam Yeremiyoga yordam berdi. U: “Arqonlar sizga zarar yetkazmasligi uchun eski lattalarni qo'ltiq ostiga qo'ying,”- dedi. Keyin u boshqa odamlar bilan birga Yeremiyoni sardobadan olib chiqdi.
Xudo va'da qilganidek, Yeremiyo bilan birga edi. Xudoning barcha so'zlari amalga oshdi. Xudo o'z xalqining Unga sajda xohlardi.
SAVOL JAVOB:
1. Xudoning so'zlarini kim yozgan?
(Borux so'zlarni o’rama qog’zozga yozib qo'ydi)
2. O'ramga yozilgan so'zlarni kim yoqib yubordi?
(Shoh Yohayiqim o'ramni yoqib yubordi)
3. Xudoning so'zlari amalga oshdimi?
(Ha, Xudoning so'zlari amalga oshdi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
"Xudoning har bir so'zi sofdir" (Hikmatlar 30:5).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар