13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSO
Bo'yash uchun rasm. chizish 13 (skachat) | PDF kitob va RUS
Yoqub va uning o'g'illari Misrga ko'chib o'tishganida, Yusuf va shoh ularga g’amho’rlik qildilar. Xudo Yoqubning ismini Isroilga o'zgartirdi, shuning uchun uning barcha bolalari Isroil xalqi deb nomlandi.
Ko'p yillar o'tgach, Misrda yana bir podshoh hukmronlik qildi, u Yusuf haqida bilmasdi. Yangi podshoh Isroil xalqini ko'rdi va qo'rqib ketdi. U shunday dedi: “Bu odamlar kuchli va juda ko'p. Ularni mashaqqatli mehnat bilan zaiflashtirish kerak”.
Yovuz va shafqatsiz podshoh Isroil bolalarini juda og'ir ishlarni bajarishga majbur qildi, lekin Xudo Isroil xalqi tomonida edi va ularning kuchayishiga yordam berdi.
Keyin podshoh buyurdi: “Isroil honadonida tug'ilgan barcha o'g'il bolalarni daryoga oqizib yuboring”.
Barcha ota-onalar o’z farzandlarini yaxshi ko'rishardi. Shunday qilib, bir oila farzandini qutqarishga harakat qildi. Ona kichkina savat to'qib, suv kirmasligi uchun uni qora saqich bilan suvab va o'g'lini shu savatga solib qo'ydi. Keyin uni daryo bo'yidagi qamishlar orasiga yashirdi. Kichkintoyning katta opasi unga yaqin joyda turib, uni kuzatdi.
Biroz vaqt o'tgach, malika xizmatkorlari bilan daryoga cho’milish uchun kelib, kichkina savatni topib oldi va unda yig'layotgan chaqaloq bor edi. Malika bolani juda yaxshi ko'rib qoldi va uni qutqarishga qaror qildi.
Va tez orada chaqaloqning opasi ularning oldiga kelib: “Men chaqaloqqa g'amxo'rlik qiladigan ayolni topa olaman,”- deb taklif qildi.
Malika xursand bo'ldi va rozi bo'ldi. Chaqaloqning opasi onasini olib keldi. Malika chaqaloqqa Muso deb ism qo'ydi va so'radi: “Iltimos, bu chaqaloqqa g'amxo'rlik qiling va men sizga pul to'layman”. Xudo ularning chaqalog'ini qutqarganidan butun oila juda baxtli edi!
Muso voyaga etganida, u malika bilan saroyda yashay boshladi. U odam xohlagan hamma narsaga ega edi: chiroyli kiyim va mazali taom. Ammo Muso o'z xalqini, Isroil bolalarini hech qachon unuta olmadi. Muso ularning ishlari qanchalik qiyinligini ko'rdi va ularga yordam berishga qaror qildi. Xudo Musoni Isroil xalqiga yo’lboshchi qilib tayinladi.
SAVOL JAVOB:
1. Onasi chaqaloq Musoni qayerga yashirdi?
(Daryo bo'yidagi qamishlar orasiga)
2. Kim yaqin atrofda turib, bolani kuzatdi?
(Chaqaloqning opasi kuzatib turdi)
3. Kim juda og'ir ishlarni bajarishi kerak edi?
(Isroil xalqi juda og'ir ishlarni bajarishlari kerak edi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“…Egam Madadkorimdir, shu bois qorqmayman” (Ibroniylarga 13: 6).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар