54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
Matto 26-27; Luqo 22-23; Yuhanno 18-19
Bo'yash uchun rasm. chizish 54 (skachat) | PDF kitob va RUS
Iso va uning shogirdlari uyni tark etishganida, allaqachon qorong'i va kech bo’lib qolgan edi. Ular bir boqqa borishdi.
Iso shogirdlariga hamma uni shu kechada qoldirishini aytdi. Ular unga qattiq e'tiroz bildirishdi. Iso ularning eng yaqin do'sti edi va ular uni juda yaxshi ko'rishardi.
Bog'da Iso: “Men ibodat qilayotganimda shu yerda qoling,”- dedi.
Uch marta Iso ibodat qildi: “Ey, Otam, Sening xohishing bajo bo’lsin”. Iso qattiq qayg'u ichida edi. Farishta uni qo'llab-quvvatlash uchun tushdi.
Uch marta Iso shogirdlari oldiga qaytib kelib va har safar uxlab yotgan shogirdlarni ko’rardi. Iso ularni uyg'otdi va hushyor turishni hamda ibodat qilishni so'radi, chunki dushmanlar tez orada kelishi kerak edi.
Va endi ko'plab odamlar va qilich ko'targan jangchilar paydo bo'ldi. Yahudo ular orasida edi. U kelib, Isoni o'pdi. Boshqa odamlar tezda Isoni qo'lga olishdi. Iso qarshilik ko'rsatmadi.
Butrus Isoni qutqarish uchun o’zini otdi. U qilichini silkitib, Isoni olish uchun kelganlardan birining qulog'ini kesib tashladi. Ammo Iso qulog'iga tegdi va uni davoladi.
Dushmanlar Isoni o'zlari bilan olib ketishdi va shogirdlar Iso bashorat qilganidek qo'rqib qochib ketishdi.
Isoni oliy ruhoniyning oldiga olib kelishdi. Ba'zi odamlar Iso haqida yolg'on gapirishdi. Ular unga tupurishdi va uni urishdi. Keyin ular Isoni Pilat huzuriga olib kelishdi va Isoning o'limini talab qilishdi.
Pilat Isodan so'radi: “Sen Yahudiylarning shohimisan?”. Iso javob berdi: “Men haqiqatga bo'ysunadigan barcha odamlarning shohi bo'lish uchun keldim”.
Pilat Iso bilan gaplashib: “Men bu odamning aybini ko'rmayapman. Uni Qo'yib Yuboring,”-dedi.
Ammo dushmanlar olomon bilan birga baqirishdi: “Uni xochga mixlang! Uni Xochga Mixlang!”. Pilat taslim bo'ldi. Keyin askarlar Isoning boshiga tikanlardan toj yasab kiydirishti, uni masxara qilishdi. Pilat Isoni tepalikka olib borib, xochga mixlashni buyurdi.
Ular Isoni ikki qaroqchi orasidagi xochga mixladilar. Qaroqchilardan biri Isoga ishondi va gunohlaridan tavba qildi. Iso unga: “Bugun men bilan jannatda bo'lasan,”- dedi.
Iso xochda bo'lganida, to'satdan tush vaqti qorong'i tushdi. Iso vafot etganida, zilzila sodir bo'ldi. Voqeaga guvoh bo'lgan bir askar xitob qildi: “Haqiqatdan ham bu odam Xudoning o'g'li!”- dedi.
SAVOL JAVOB:
1. Iso bog'da ibodat qilayotganda nima dedi?
(“Ey, Otam, Sening xohishing bajo bo’lsin”)
2. Olomon nima deb baqirdi?
(“Uni Xochga Mixlang! Uni Xochga Mixlang!”)
3. Iso qanday o’lim topdi?
(Iso xochga mixlangan)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Sening xohishing bajo bo’lsin” (Matto 26:42).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар