26. ILYOS-XUDONING ODAMI
3 Shohlar 14-18
Bo'yash uchun rasm. chizish 26 (skachat) | PDF kitob va RUS
Xudo shoh Yeribom va uning oilasini jazolaganiga qaramay, Yeribomdan keyin hukmronlik qilgan shohlar ham butlarga sajda qilishda davom etishdi.
Axab ismli bir podshoh juda yovuz va qabih edi. Xudo payg'ambar Ilyosga Shoh Axab bilan gaplashishni buyurdi. Ilyos Axab shunday dedi: “Xudoga sajda qilmaganing uchun, men bu haqda aytmagunimcha, Xudo yomg'ir yog’dirmaydi”.
Keyin Xudo Ilyosga Axab uni topa olmasligi uchun jilg’a yaqinida yashirinishni buyurdi. Har kuni ertalab va har oqshom Xudo Ilyosga ovqat olib keladigan qarg'alarni yubordi. Ilyos yomg'ir yog'magani uchun jilg’a quriguncha undan suv ichdi.
Xudo Ilyosga qayerga borishini aytdi. Ilyos o'sha qishloqqa borib, beva ayoldan ovqat so'radi. Uning ozgina ovqati bor edi, faqat o'zi va o'g'li uchun, lekin u Ilyos bilan bo'lishdi. Xudo shunday qildiki, Xudo yerga yomg'ir yog'dirmaguncha, u yetarli ovqatga ega bo’ldi.
Beva ayolning o'g'li og’ir kasal bo'lib vafot etganida, Ilyos ibodat qildi va Xudo o'g'lini yana tiriltirdi. Keyin beva ayol: “Endi siz Xudoning odami ekanligingizni bilaman,”- dedi.
Uch yarim yil yerga yomg'ir yog'maganidan so'ng, Xudo Ilyosga shoh Axab bilan yana gaplashishini aytdi. Ilyos Axabga: “Barcha odamlaringa Karmil tog'iga borishni buyur,”- dedi.
Shoh Axab itoat qildi. Karmil tog'ida Ilyos shunday dedi: “Endi haqiqiy Xudo kimligini ko'ramiz. Siz hayvonni Baal butiga qurbon qilasiz, men esa hayvonni Egamizga qurbon qilaman. Qurbongohga olov yuboradigan kishi haqiqiy Xudodir".
Baal payg'ambarlari yosh buzoqni qurbongohiga qo'yishdi va kun bo'yi baland ovoz bilan baqirishdi va o'zlarini yaralashdi. Ammo ularning buti na eshitdi, na ko'rdi va na olov yubordi.
Kechqurun Ilyos: “Mening oldimga Kel,”- dedi. O'n ikki toshdan u Xudoga qurbongoh qurdi. Keyin unga o'tin va yosh buzoqni qo'yib: “Unga suv quying,”- dedi. Shunday qilib, odamlar uning ustiga o'n ikki chelak suv quyishdi. Keyin Ilyos ibodat qildi. Xudo osmondan yuborgan olov buzoqni, o'tinni, toshlarni, kulni va suvni yoqib yubordi.
Hamma odamlar: “Egamiz - Xudodir!” - deb muk tushib ta’zim qildilar.
Keyin Ilyos buyurdi: “Baalning barcha payg'ambarlarini o'ldiring”. Xudo odamlarning butlarga sig'inishini xohlamadi.
SAVOL JAVOB:
1. Shoh Axab kimga sig'inardi: Xudoga yoki butga?
(Shoh Axab butga sig'inardi)
2. Ilyosga jilg’a yaqinida bo'lganida kim ovqat olib kelgan?
(Qarg'alar Ilyosga ovqat olib kelishgan)
3. Olovni kim yubordi: but yoki Xudo?
(Xudo osmondan olov yubordi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Egamiz - Xudodir!” (3 Shohlar 18:39).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар