23. DOVUD SHOH TAXTIDA
Bo'yash uchun rasm. chizish 23 (skachat) | PDF kitob va RUS
Isroilning birinchi shohi Shoul jangda halok bo'ldi. Yo'natan va Shoulning boshqa o'g'illari ham jang paytida nobud bo’lishdi.
Endi Dovud yangi shoh bo’ldi. U odamlarni umidsizlikka tushmaslikka va Xudoga itoat qilishga o’rgatdi. Dovud odamlar uchun Xudoni ulug'laydigan ko'plab qo'shiqlar yozgan. Dovud Xudoga sajda qilish uchun Ma'bad qurmoqchi bo’ldi. Ammo Xudo: “O'g'ling mening uyimni quradi,”- deb aytdi. Shundan keyin Dovud o'g'lining Egamizga uy qurishi uchun hamma narsani tayyorlashni boshladi. Dovud Xudoga itoatkor bo'lishni xohlardi.
Shoh Dovud sevimli do'sti Yo'natanning oilasiga g'amxo'rlik qildi. Dovud Yo'natanning Mefibosit ismli cho'loq o'g'li borligini haqida bilib qoldi. Keyin Dovud uning olib kelishga odam yubordi va dedi: “Men seni uyimda yashashingni va har kuni shu yerda ovqatlanishingni xohlayman. Men senga oilanga tegishli yerni beraman”. Mefibosit shohga mehribonligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Ba'zida Shoh Dovud muammolarga duch kelardi. Bir kuni hatto uning o'g'li Absalom ham shoh bo'lishga harakat qildi. Odamlar shohni ko'rish uchun kelgan darvoza oldida turib, Absalom odamlar bilan do'stona suhbatlashdi. Ko'p o'tmay, ko'p odamlar uning otasi o'rniga yaxshi shoh bo'lishi haqida gapira boshladilar. Dovud Quddusdagi saroydan o’z xavfsizligi uchun qochishga majbur bo'ldi. Dovudning do'stlari mehribon edilar va unga yordam berishdi, Absalom o'rmonda o'ldirilgandan so’ng, Dovud yana taxtiga qaytdi. Xudo Dovud bilan birga edi, chunki u Xudoga ishonardi.
Dovud yaxshi shoh edi, lekin bir kun u vasvasaga berilib, gunoh ish qildi. Keyin Xudo uni jazoladi. Bir kuni Dovud o'z lashkarboshisiga odamlarni sanashni buyurdi, lekin bu Xudoga ma'qul kelmadi va u ko'p odamlarni o’ldirish uchun O’z farishtasini yubordi. Shoh Dovud qilmishidan qattiq pushaymon bo'ldi. Payg'ambar Dovudga odamlar bug'doyni yanchgan joyga borib Xudoga qurbongoh qurishni buyurdi. Dovud xirmonni sotib oldi va Egamiz payg'ambar orqali buyurganidek qildi. Shundan so'ng Dovud kechirildi va jazo to'xtatildi.
Shoh Dovud butun umri davomida Xudoni sevib yashadi.
SAVOL JAVOB:
1. Xudo uchun ma'badni Shoh Dovud qurganmi?
(Yo'q, Xudo Dovudning o'g'li Ma'bad qurishi kerakligini aytdi)
2. Yo'natanning cho'loq o'g'li kim edi?
(Mefibosit cho'loq o'g'il edi)
3. Dovud noto'g'ri ish qilganida nima qildi: u g'azablandimi yoki pushaymon bo'ldimi?
(Dovud noto'g'ri ish qilganidan pushaymon edi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Gunohga qo’l urganim uchun pushaymonman” (Zabur 37:19).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар