9. YOQUB VA ESOV
Ibtido 24-33
Bo'yash uchun rasm. chizish 9 (skachat) | PDF kitob va RUS
Ishoq voyaga yetgach, Ibrohim xizmatkorini o’g’li uchun munosib xotin topib kelishga yubordi. Xizmatkor ibodat qildi va Xudo unga Ishoqning rafiqasi bo'lgan Rivqoni topishga yordam berdi. Ishoq Rivqoni yaxshi ko'rib qoldi.
Xudo Ishoq va Rivqoga egizak o'g'il farzandlar berdi. Esov katta, Yoqub esa kichik o’g’il edi.
Esov yovvoyi hayvonlarni ovlashni yaxshi ko'rardi, Yoqub esa chodirlar yonida ishlarga yordam berishni yaxshi ko'rardi.
Ishoqning ko'plab hayvonlari bo’lib, ular yaylovlarda o'tlab, quduqlaridan suv ichishardi. Boshqa odamlar Ishoqning quduqlaridan hayvonlarini sug'orish uchun foydalanmoqchi bo'lganlarida, u boshqa joyga ko'chib o'tdi va yangi quduqlarni qazib oldi. Ishoq hech kim bilan janjallashmasdi. U otasi Ibrohim singari tinchlikparvar bo'lishni xohlardi. Xudo Ishoq va uning bolalariga Ibrohimni barakalaganimday sizlarni ham barakalayman deb va'da berdi.
Ko'p yillar o'tgach Ishoq ancha qarib qoldi va o'lishdan oldin Esovni duo qolib baraka bermoqchi bo’ldi. U Esovdan unga mazali pishirilgan hayvon go'shtini olib kelishini so'radi. Shunda Ishoq Esovni duo qilmoqchi edi.
Rivqo esa Ishoqni Yoqubni duo qilishni xohladi, Esov ovda bo'lgan payt, u Yoqubni otasiga olib borishi uchun ozgina hayvon go'shtidan ovqat tayyorladi. Ishoqning allaqachon ko'zlari zaiflashib qolgan edi, shuning uchun Yoqub unga go'sht olib kelganini sezmadi. Esov uyga kelishidan oldin Ishoq Yoqubni duo qildi.
Bu voqea Esovni shunchalik xafa qildi va g'azablantirdiki, u: “Otam o'lsa, men Yoqubni o'ldiraman”, dedi.
Shundan so'ng, Yoqub o'ziga yaxshi xotin topishi uchun jo’natib yuborishdi. Bir kuni kechasi Yoqub uxlab yotganida, u baland bir zinapoyani tushida ko’rdi. U yerdan osmonga qadar ko'tarilgandi. Farishtalar bu zinapoyadan yuqoriga va pastga tushib chiqishardi. Eng yuqori qismida esa Xudo o’tirar edi, U Yoqubga: “Men sen bilanman va sening naslinga baraka beraman. Men senga bu yerlarni mulk qilib beraman,”- dedi.
Yoqub uyg'onib, Xudoga sajda qildi va unga itoat etishga va'da berdi. Keyin Yoqub amakisi Lobonning uyiga qarab yurishni davom ettirdi. U yerda Yoqub uylandi, oila qurdi.
Yoqub o’z oilasi, otasi va akasi Esovga oldiga kelguniga qadar juda ko'p yillar o'tdi, lekin akasi endi undan g'azablanmasdi. Xudo va'dasini bajardi. Xudo Yoqub bilan birga bo'lib, unga baraka berdi.
SAVOL JAVOB:
1. Ishoqning rafiqasini ismi nima edi?
(Ishoqning rafiqasini ismi Rivqo edi)
2. Ishoqning egizak o’g’illarini ismlari nima edi?
(Ishoqning egizak o’g’illarini ismlari Esov va Yoqub edi)
3. Kim zinapoya va farishtalar haqida tush ko’rdi?
(Zinapoya va farishtalar haqida Yoqub tush ko’rdi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Bir-biringizga nisbatan ko’ngilchan va mehr-shafqatli bo’linglar” (Efesliklar 4:32).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар