30. YUNUSNING CHAQIRUVI
Yunus kitobidan
Bo'yash uchun rasm. chizish 30 (skachat) | PDF kitob va RUS
Elishay vafot etganidan ko'p o'tmay, Yunus Xudoning payg'ambariga aylandi. Yunus Xudo unga aytganlarini e'lon qildi.
Ammo Xudo Yunusga Naynavoda va’z qilishni buyurganida, Yunus itoat qilishni xohlamadi, chunki Naynavo butparastlar yashaydigan dushman zaminidagi katta yovuz shahar edi. Ba'zan bu dushmanlar Isroil bilan jang qilishardi. Yunus ularga va'z qilishni xohlamadi.
Yunus Xudodan qochishga urindi, lekin buni hech kim qila olmaydi, chunki Xudo bizni qayerga borsak ham, nima qilmasak ham ko'rib turadi.
Yunus Yaffaga borib, kemaga o'tirdi. U kema tubiga tushib, uxlab qoldi. Kema allaqachon qirg'oqdan uzoqda bo'lganida, Xudo dengizga kuchli bo'ron yubordi. Dengizchilar juda qo'rqib ketishdi. Ular xavfsizroq bo'lishlari uchun narsalarni kemadan uloqtira boshladilar va xudolariga iltijo qildilar. Ammo ularning xudolari ularga yordam bera olmadilar. Kema boshlig'i Yunusni uyg'otdi va: “Xudoyinga iltijo qil,”- dedi.
Yunus Xudo oldida aybdorligini bilar edi va: “Dengiz va yerni yaratgan Xudoga sajda qilaman,”- dedi. Keyin esa u Xudodan qochganini tan oldi. Dengizchilar bundan yanada qo'rquvga tushishdi. “Bo'ronni tinchlantirish uchun nima qilishimiz kerak?”- deb so'rashdi ular.
Yunus ularga uni suvga tashlashlarini, shunda dengiz yana tinchlanishini aytdi. Ammo odamlar Yunusning cho'kib ketishini xohlamadilar va qirg'oqqa qarab eshkak eshishga urinishdi lekin buni qila olmadilar. Keyin Yunus uni suvga tashlashlarini aytdi. Shundan so'ng, bo'ron to'xtadi va ular osmondagi Xudoga sajda qilishdi.
Yunus cho'kib ketmadi, chunki Xudo uni yutib yuborish uchun katta baliqni yubordi. Uch kun davomida Yunus baliq ichida edi. Keyin u tavba qildi. U ibodat qildi, Xudoga Unga itoat etishini va'da qildi. Xudo baliqqa Yunusni qirg'oqqa qo'yib yuborishni buyurdi.
Keyin Yunus Xudo xohlagan narsani qila boshladi. U Naynavoga borib, Xudoning kalomini va'z qildi. Shoh va hamma odamlar uni tinglashdi. Ular yomonlik qilishni to'xtatdilar va ularni kechirish uchun Xudoga iltijo qildilar. O'sha paytda Xudo ularni jazolamadi. Yunus Xudo barcha odamlarni sevishini va hamma uning amrlarini bajarishini istashini bilib oldi.
SAVOL JAVOB:
1. Naynavo qanday shahar edi?
(Naynavo juda shafqatsiz shahar edi)
2. Dengizchilar xudolari ularga yordam bera oladimi?
(Yo'q, ularning xudolari ularga yordam bera olmadilar)
3. Nega Yunus suvga cho'kib ketmadi?
(Xudo uni yutib yuborish uchun katta baliqni yubordi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Meni ko'radigan Xudosan” (Ibtido 16:13).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар