33. TO'RT SODIQ INSON
4 Shohlar 24-25; Doniyor kitobidan
Bo'yash uchun rasm. chizish 33 (skachat) | PDF kitob va RUS
Dushmanlar Isroilga Xudo aytganidek kelishdi. Ular Xudoning xalqidan ko'plab odamlarni asirga olib, ularni uzoqqa, begona yurtga olib ketishdi. Dushmanlar Quddus devorlarini vayron qilib, uylarni yoqib yuborishdi. Shoh saroyi va Ma'bad yonib ketdi. Shunday qilib, Xudo o'z xalqini jazoladi.
Begona xalq shohi shunday dedi: “Mening saroyimda yordam berish uchun Quddusdan eng yaxshi yigitlarni tanlang. Ularga mening tilimni o'rgating va ularga men iste'mol qiladigan ovqatni bering”.
Keyin ular Doniyor, Xananiyo, Mishail, Ozariyo va boshqa yoshlarni tanladilar. Doniyor va uning uchta do'sti Xudoga itoat qilishni istardilar. Xudoning Qonunida aytilishicha, ular shohning ba'zi taomlarni iste'mol qilmasliklari kerak edi, shuning uchun ular xo'jayinidan ularga boshqa ovqat berishlarini so'rashdi. U odam shohga bo'ysunmaslikdan qo'rqardi, lekin ularni o'n kun davomida sinab ko'rishga rozi bo'ldi. O'n kundan keyin bu to'rt do'st boshqa erkaklarga qaraganda sog'lomroq ko'rinardi. Shunday qilib, ular shoh taomlarini iste'mol qilishlari shart emas edi.
Uch yil o'tgach, shoh barcha yigitlarni sinab ko'rishni xohladi. U bu to'rt do'stni barcha donishmandlaridan o'n baravar yaxshiroq deb qaror qildi.
Bir kuni kechasi shoh tush ko'rdi, lekin u bu tush nima ekanligini unutdi. U uni eslashga urindi, lekin hech kim unga yordam bera olmadi. Keyin u juda g'azablanib: “Barcha donishmandlar o'lishi kerak,”- deb buyurdi. Doniyor va uning do'stlari bu haqda eshitib, ibodat qilishdi va Xudo Doniyorga tush va uning ma'nosini aytib berdi. Keyin Doniyor shohga tushni aytib berdi va barcha donishmandlar tirik qolishdi.
Keyin shoh katta, baland butni yasadi va buyurdi: “Barcha odamlarga musiqani eshitilganda butga sig'inishlarini ayting”. Ammo Xananiyo, Mishail, Ozariyo ibodat qilmadilar. Ular Xudoga itoat qilishni xohlashardi. Shoh g'azablanib, ularni olovli chuqurlikka tashlashni buyurdi. Chuqurlikdagi olov shu qadar issiq ediki, ularni o'choqqa tashlagan odamlarni kuydirib yubordi. Ammo Xudo uchta sodiq do'stning yonishiga yo'l qo'ymadi. Uchalasi ham olovdan sog’ - salomat chiqib ketishdi. Shundan so'ng, shoh ularning Xudosi haqiqatan ham buyuk ekanligiga ishonch hosil qildi.
Begona yurtda bo’la turib ham Unga itoat qilganlari uchun, Xudo ularni marhamatladi.
SAVOL JAVOB:
1. To'rt do'st qanday edi: dono yoki zaif?
(Ular boshqa odamlardan ko'ra dono bo'lishdi)
2. Shoh nimani unutdi?
(Shoh tushini unutdi)
3. Sodiq do'stlar olovda yonib ketdimi?
(Yo'q, Xudo ularning yonib ketishiga yo'l qo'ymadi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Biz esa Egamiz Xudoga ishonamiz” (Zabur 19:8).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар