Hikoyalar. Muqaddas Kitob 87 bob

ISONI XOCHGA MIXLASH

Luqo bayon etgan Xushxabar, 23-bob, 33-49-oyatlar

87 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Rim askarlari Isoni va boshqa yana ikkita jinoyatchini (ular ham xochga mixlab o‘ldirishga hukm qilingan edilar) qamchilar bilan urib haydab kelar edilar. Bir talay olomon ularning orqasidan, rimliklar odatda jinoyatlarni xochga mixlaydigan joyga ergashib kelardi. Bu joy Go‘lgota, ya’ni Boshsuyagi, deb atalardi. Jazoga qo‘shimcha tarzda rimliklar quyidagi chorani qo‘llardi:
jinoyatchilarga qirq darra urilgach, ularni o‘z xochlarini yelkalarida ko‘tarib borishga majbur qilardilar. Xuddi shunday, Iso ham og‘ir yog‘och xochni O‘z yelkasida ko‘tarib borishiga to‘g‘ri keldi.
Yarim yo‘lga yetganda Iso holdan toydi. Zobitlardan biri Kirineyalik Shimo‘n ismli odamga Isoning xochini ko‘tarib borishni buyurdi. Olomon orasida ayollar ham bor edi. Ayollar ko‘ksiga urib, Iso uchun faryod qilardilar.

Manzilga yetib kelgach, askarlar o‘zlarining shafqatsiz vazifalarini bajarishga kirishdilar va Isoni yerda yotgan xochga mixladilar. So‘ng chuqur qazib, xochni chuqurga o‘rnatdilar. Qolgan ikkala mahbus bilan ham xuddi shunday qildilar. Birisini Isoning o‘ng tomonida, ikkinchisini esa Isoning chap tomonida xochga mixladilar. Xochga mixlanadigan joyga Isoning yaqin do‘stlaridan bir nechta erkak va ayollar ham kuzatib borgan edilar. Ayollar achchiq-achchiq yig‘lashar, sal nariroqda esa boshqa odamlar Isoni masxara qilishardi:
– Agar Xudoning O‘g‘li bo‘lsang, qani xochdan tushib o‘zingni qutqar-chi. Shunda Senga ishonamiz!
Xochga mixlangan qaroqchilardan biri ham Isoni haqorat qilardi, boshqasi esa aksincha, uni to‘xtatishga urinar edi:
– Bas qil! Biz qilmishimizga yarasha adolatli jazo oldik. U esa hech qanday yomonlik qilgani yo‘q.
So‘ng o‘sha qaroqchi Isoga yuzlanib dedi:
– Ey Iso, Shohligingga kirganingda meni ham esla! Iso javob berdi:
– Senga va’da beraman, shu bugunoq sen Men bilan birga jannatda bo‘lasan.
Shu payt birdan hamma yoq qop-qorong‘i zimistonga aylandi. Yer silkina boshladi.
Isoning tanasi duchor bo‘lgan og‘riqlarni tasavvur qilib bo‘lmasdi, biroq U boshidan o‘tkazayotgan qalb azobi (ruhiy azob) bundan-da og‘ir edi. Chunki butun dunyoning gunohi Uning gardanida edi. Bir necha soatlik, til bilan ifoda qilib bo‘lmaydigan azoblardan keyin, Iso yolg‘izlik iztirobida faryod urdi:
– Xudoyim! Xudoyim! Nega Meni tark etding?
Iso Samoviy Otaning insonlar qilgan barcha gunohlar uchun mo‘ljallangan qahru-g‘azabini O‘zida his etdi. Bu g‘azabga hech bir gunohkor inson bardosh berolmas edi. Ham Xudo va hamda Inson bo‘lgan Masihgina bunga bardosh bera oldi.
Zulmat ortga chekindi va Isoning so‘ngi so‘zlari eshitildi:
– Amalga oshdi! Ota! Ruhimni Sening qo‘llaringga topshiryapman. U shunday dedi–da, jon berdi.

O‘sha kuni kechasi Arimateyalik Yusuf Pilat huzuriga borib, Isoning jasadini xochdan yechib olishga va yahudiylarning odati bo‘yicha dafn etishga ruxsat so‘radi. Yusuf badavlat va zodagon odam bo‘lib, Isoga imon keltirgan edi, biroq odamlardan qo‘rqqani bois buni yashirardi. Pilat ruxsat bergach, Yusuf Nikodim yordamida Isoni xochdan tushirdi. Nikodim Rabbimizning oldiga bir kun kechasi kelgan va yashirincha Uning izdoshiga aylangan edi. U yahudiylarning dafn marosimida ishlatiladigan barcha narsalarni: kafanlash uchun zig‘ir mato, jasadga surtish uchun xushbo‘y moylar va atirlar olib kelgan edi. Isoning jasadini kafan bilan o‘rab, moy surtishdi. So‘ng uni qoyada o‘yilgan yangi qabrga olib borishdi. Bu qabr Iso xochga mixlangan joy yaqinida edi. Qabr og‘ziga katta bir toshni yumalatib keltirib qo‘yishdi-da, uylariga qaytishdi.

Ertasi kuni bosh ruhoniylar va farziylar Isoning: “Uch kundan keyin qayta tirilaman”, degan so‘zlarini eslashib, Pilatning huzuriga borishdi va undan qabrni qo‘riqlash uchun askarlar berishini so‘rashdi. Ular Isoning shogirdlari jasadni o‘g‘irlab odamlarga: “U qayta tirildi”, deb aytishidan qo‘rqar edi. Pilat qabrni qo‘riqlash uchun askarlar ajratib berdi. Bundan tashqari qabrga hech kim kirolmasligi uchun, uning og‘zini muhrlatib ham qo‘ydi. Boshliqlar Isoning jonsiz tanasini o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘riqlashardi, chunki U sabab ko‘ngilsizliklar kelib chiqishidan qo‘rqishardi.

SAVOLLAR
1) Isoni xochga mixlash uchun qayerga olib orishdi? Kim Uning xochini ko‘tarib borishda yordam berdi?
2) Nega Isoning o‘limi biz uchun muhim?
3) Arimateyalik Yusuf Isoni yaxshi ko‘rishini qanday isbotladi? U nima qildi?
4) Sinedrion a’zolari Rabbimizning o‘limidan keyin nima uchun bu qadar bezovta bo‘lishdi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:






AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18