Hikoyalar. Muqaddas Kitob 49 bob

VATANGA QAYTISH

Yeremiyo kitobi 31-bob, 31-34 oyatlar.

49 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Doniyorni bolaligidayoq Bobilga olib ketishgan edi. Biroq keksayib qolganida ham o‘z vatanini hamda Xudoning O‘z xalqini asirlikdan qaytarib kelishi haqidagi va’dasini chiqarmagan edi. Koshki, Ma’bad qayta tiklanib, barcha yahudiylar Egamizga sajda qilish uchun yana bir joyga jam bo‘lsa edi! Shularni o‘ylab, Doniyor uyida yolg‘iz qolib ro‘za tutdi hamda Xudoga iltijo qildi:
– Yo Rabbiy, Sen buyuk va muqaddas Xudosan! Seni sevganlarga iltifoting cheksizdir. Biz, Sening xalqing, ko‘p nohaqlik qildik. Shuning uchun ham Sen Quddusning vayron bo‘lishiga, bizning esa begona yurtga surgun bo‘lishimizga yo‘l qo‘yding. Biroq Sening rahmdil ekanligingni bilib, yolvoraman: xalqingning gunohidan o‘tgin, uni vataniga qaytar!

Egamiz Doniyorning iltijolariga quloq soldi. Doniyorga Isroilga qaytish nasib qilmadi, chunki faqat uning vafotidan keyingina Isroil xalqiga o‘z vataniga qaytib borishga ijozat berildi. Bobil shohi ibroniylarga vatanlariga qaytishga ijozat beribgina qolmasdan, balki ularga Quddusdagi Ma’baddan olib kelingan barcha kumush va oltin idishlarni ham qaytarib berdi. Isroillikarning bundan boshi osmonga yetdi! Nihoyat ular ozod bo‘lgan edi!
Shunday bo‘lsa-da, vataniga qaytishga hammaning ham jur’at etmasdi. Axir ular bu mamlakatda allaqachon uylar, bog‘lar barpo etgan, qo‘shnilar va do‘stlar orttirgan edilar. Isroilda esa xarobalardan boshqa narsa topib bo‘lmasdi. Hammasini boshqatdan qurish uchun esa katta mashaqqat, mehnat talab etilardi.

Biroq qiyinchiliklardan qo‘rqmaydiganlar ham juda ko‘p edi. Ular Quddusga ko‘chib borib, Egamizning uyini qayta tiklashga qaror qildilar. Vatanlariga qaytib borayotgan isroilliklarning uzundan-uzoq karvoni belgilangan manzilga yetguniga qadar bir necha hafta o‘tdi. Bu yerda ular o‘zlari taxmin qilgan manzarani ko‘rishdi: uylari vayron qilinib, yashab bo‘lmaydigan darajaga keltirilgan, saqlanib qolganlarida esa boshqa odamlar yashar edi. Dala va uzumzorlarni yovvoyi o‘tlar bosgan, ayrimlariga esa begona odamlar ega chiqib, ularga ishlov bergan edi.

Oldinda ularni qanchadan-qancha katta kurashlar va mashaqqatlar kutar edi!
Ular uchun eng muhimi yerga ishlov berish, chopish, ekish va hosil yig‘ish, yangi uylar va omborxonalar kurish emas edi. Aksincha, muhimi Egamizni Ma’badda turib ulug‘lash edi, buni esa asirlikda qilining iloji yo‘q edi!
Biroq, endi Ma’bad ham yo‘q edi. Qachonlardir go‘zallikda tengi yo‘q bo‘lgan Quddus endi haroba bo‘lib yotardi.
- Ehtimol Ma’badni qayta tiklash uchun ko‘p vaqt ketar balki, lekin qurbongohni hoziroq qurishimiz mumkin, – dedi ruhoniy. – U avval qayerda turgan bo‘lsa, o‘sha joyga o‘rnatilishi lozim.

Odamlar qurbongoh uchun belgilangan joyni tozalashga kirishishdi. Tez orada ular Xudoga qurbonliklar keltirishib, ularni vatanlariiga qaytib kelishlariga yordam bergani uchun minaddorlik bildirishdi. Oradan ko‘p yillar o‘tib, yangi Ma’badni Xudoga bag‘ishlashdi. Quddus yana bir bor baland devorlar bilan o‘ralgan go‘zal shaharga aylandi.
Isroil xalqi Bobildan qaytib kelgach, Egamiz ularga O‘zining amrlarini eslatib turishlari uchun payg‘ambarlar yuborib turdi. Egamiz xalqni qayta-qayta jazolashiga va qayta-qayta kechirishiga to‘g‘ri keldi. Biroq uzoq o‘tmishdayoq, Uning O‘zi payg‘ambar orqali, kunlar kelib hammasi o‘zgarishi, avvalgidan mutlaqo boshqa bo‘lishini aytgan edi.

“Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, Men Isroil va Yahudo xalqlari bilan yangi ahd tuzaman. Bu yangi ahd Men ularning ota–bobolari bilan tuzgan ahdga o‘xshamaydigan bo‘ladi. Men ota– bobolarini qo‘lidan yetaklab, Misrdan olib chiqqanimda, ular bilan ahd tuzgan edim. Men ularga sodiq xo‘jayin edim, ammo ular o‘sha ahdimni buzishdi.” ... “Men kelajakda Isroil xalqi bilan tuzadigan ahd shunday bo‘ladi: Men qonunimni odamlarning ongiga solib qo‘yaman, qonunimni ularning yuraklariga yozaman. Men ularning Xudosi, ular esa Mening xalqim bo‘ladilar... Men ularning ayblarini kechiraman, gunohlarini hech qachon esga olmayman”

(Yeremiyo kitobi 31-bob, 31-34 oyatlar).
Egamiz O‘z va’dasini qachon amalga oshirishni nazarda tutgan edi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:





AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18