Hikoyalar. Muqaddas Kitob 46 bob

BELSHAZAR ZIYOFAT BERADI

Doniyor kitobi, 5-bob

46 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Navuxadnazarning o‘limidan so‘ng Belshazar Bobilga shoh bo‘ldi.
U bazm va o‘yin-kulguni shu qadar yoqtirar ediki, hatto dushman qo‘shinlari Bobilni qamal qilib turgan vaqtda ham saroyda katta ziyofat uyushtirdi. Sharob daryoday oqib yotgan ziyofatga mingta begini ham taklif qildi. Shirakayf bo‘lib qolgan shoh bobosi Navuxadnazar Quddusdagi Ma’baddan olib kelgan oltin va kumush qadahlarni keltirishni buyurdi. Shoh beklari o‘sha qadahlardan sharob ichishib, o‘zlarining xudolarini olqishlar, chunki bu xudolar ularni dushmandan xalos etishga qodir deb, o‘ylar edilar.

To‘satdan hamma jim bo‘lib qoldi. Shoh va uning mehmonlari saroy devorlaridan biriga yozayotgan odam qo‘lining panjasini ko‘rib dahshatdan bo‘zarib ketishdi. Devordagi so‘zlar sirli bo‘lib, hech kim ularni o‘qiy olmas va ma’nosini ham tushuntirib bera olmasdi. Shohning tizzalari qaltirab, qurquvdan rangi oqarib ketdi. U devorda yozilgan so‘zlarning ma’nosini tushunmagan bo‘lsada, bundan yaxshilik kelib chiqmasligini sezar edi.

Shoh baqirib, munajjim va afsungarlarni keltirishni buyurdi. Belshazar bu so‘zlarni o‘qib, ma’nosini tushuntirib bergan odamga katta boyliklar berishni va’da qildi. Biroq hech kim bu ishning uddasidan chiqmadi. Shunda Belshazarning onasi shohlikda Xudoning Ruhiga to‘lgan Doniyor ismli odam borligi, o‘z vaqtida Navuxadnazar bu odamni mamlakatdagi barcha munajjimlarning boshlig‘i qilib tayinlaganini aytdi.

Doniyorni shoh huzuriga keltirishganda, shoh undan so‘radi:
- Seni Xudoning ruhi bilan to‘lgan, idrokli, zehni o‘tkir va dono odam deb eshitdim. Bobildagi munajjimlardan mana bu so‘zlarni o‘qib, ma’nosini tushuntirib berishni so‘ragandim. Biroq ular buni eplay olmadilar. Agar sen hozir bu yozuvni o‘qib, uning ma’nosini menga tushuntirib bersang, seni taqdirlayman.
Biroq Doniyor shunday javob berdi:
- Sovg‘alaringiz o‘zingizda qolaversin yoki ularni boshqa birovga bera qoling! Men bu yozuvni shundoq ham o‘qib, uning ma’nosini

MENE, MENE, TEKEL va PARSIN.

tushuntirib beraman.
Doniyor davom ettirdi:
- Egamiz Xudo barcha shohlar va xalqlar ustidan hukmronlik qiladi. Ammo siz, beklaringiz va xotinlaringiz haddingizdan oshib, Samoviy Xudoga qarshi bosh ko‘tardingiz, Xudo Ma’badining qadahlarini huzuringizga keltirib, beklaringiz, xotinlaringiz bilan mayxo‘rlik qildingiz. Hech narsa ko‘rmaydigan, eshitmaydigan, hech narsa bilmaydigan oltin, kumush, bronza, temir, yog‘och va toshdan yasalgan xudolarni madh ayladingiz. Ammo sizga hayot beruvchi va oxiratingizni belgilovchi Xudoni ulug‘lamadingiz. Shuning uchun Xudo qo‘l panjasini yuborib:
MENE, MENE, TEKEL va PARSIN – deb yozdirdi. Buning ma’nosi quyidagicha:
“Xudo hukmronlik vaqtingizni hisoblab chiqib, shohligingizga yakun yasadi. Siz tarozida tortilib, hukmronlik qilishga nomunosib bo‘lib chiqdingiz. Shohligingiz bo‘linib, Midiyaliklar va Forslarga berildi”.
Xuddi o‘sha kuni kechasi Bobil shohi Belshazar o‘ldirildi. Taxtga esa Forslik Kurush o‘tirdi. Qudratli Bobil shohligiga shu tariqa yakun yasaldi.

SAVOLLAR
1) Bobil qamalga olingan vaqtda shoh Belshazar nima qilayotgan edi?
2) Ziyofatda mehmonlar qanday idishdan sharob ichishdi?
3) Belshazar va uning mulozimlari qanday hodisaga guvoh bo‘lishdi? Belshazarga buning ma’nosini kim tushuntirib berdi?
4) Belshazarning eng katta muammosi nimadan iborat edi? Uning qismati qanday kechdi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:






AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18