Hikoyalar. Muqaddas Kitob 34 bob

IMON G‘ALABA QILADI

1 Shohlar kitobi, 17-bob

34 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Shomuil Dovudning boshiga moy quygandan keyin ham Dovud otasining qo‘ylarini boqishda davom etdi. Qo‘ylarini yaylovga olib borganida, o‘zi bilan birga lirasini ham olardi. Jonivorlar o‘tlab yurishganida, u lirasini chalib, o‘zi uchun yangi qo‘shiqlar yaratar edi. Yaylovda qo‘y boqish oson ish emas edi. Bir marta hatto qo‘ylarini ayiqdan himoya qilishiga ham to‘g‘ri kelgan edi.

- Men qo‘ylarimni qanday asrab-avaylasam, Xudo ham meni shunday asrab-avaylaydi, - mulohaza qildi qo‘zichog‘ini yirtqich og‘zidan zo‘rg‘a tortib olgan Dovud. – Xudo meni qo‘riqlaydi, menga g‘amxo‘rlik qiladi, hamda meni turli xavflardan himoya qiladi.
Dovud lirasini qo‘liga olib, torlarini bir oz sozlab oldi va shunday deb kuylay boshladi:
- Egam mening Cho‘ponimdir, men muhtojlik ko‘rmayman. U menga yam-yashil yaylovlarda orom beradi, sokin irmoqlar bo‘yida U meni yetaklaydi. U menga qayta kuch baxsh etadi. O‘zining nomi haqqi-xurmati meni solihlik so‘qmoqlaridan yetaklaydi. Hatto zulmat vodiysida yursam ham, xavf-xatardan qo‘rqmayman, axir Sen men bilan birgasan. Sening cho‘pon tayog‘ing, xiviching meni himoya qiladi.

Egamizning Ruhi Shoulni tark etgani uchun, uni yovuz ruh qiynar edi. Bir kuni u yana yovuz ruhdan jazavaga tushib, saroyidagi barchani qo‘rquv va sarosimaga soldi. Bu holat tez-tez sodir bo‘lib, g‘azabini jilovlay olmas, bosilganidan so‘ng esa qilgan ishidan pushaymon bo‘lib qiynalar edi. Shu sabab, xizmatkorlaridan biri Shoulga Dovudning lirani yaxshi chalishi haqida ma’lum qildi. Shoh esa darhol Dovudni saroyga keltirishlarini buyurdi. Shoul hozir o‘zining oldida kim o‘tirganini bilganda edimi, ya’ni bu yigit Shomuil shoh qilib moylagan odamligini bilganda edimi! Biroq u Dovud haqda hech qanday shubhaga bormadi va uni butun qalbi bilan yaxshi ko‘rib qoldi. Uning lirada chalgan kuylari bo‘lsa Shoulning qalbini yumshatdi.

Shoul urushga ketganida, Dovud ota uyiga qaytib borar edi. Urushda yosh lira chaluvchi kimga ham kerak bo‘lardi? Shunday qilib, bu safar urush boshlanganda ham Dovud yana otasining qo‘ylarini boqishga qaytdi, akalari bo‘lsa Shoul bilan birga urushga ketishdi.
Bir kuni otasi uni chaqirib, dedi:
- Tez bo‘l, qo‘shinlarimiz turgan joyga borib, akalaringga yegulik olib borib ber.
Dovud bir necha soat yo‘l yurib, qo‘shin turgan joyga yetib bordi. U akalariga keltirgan yeguligini berib, sipohlarning gaplariga quloq sola boshladi. Birdan hamma jim bo‘lib qoldi va dushman qo‘shini tomonga tikilib qolishdi. Filistlardan biri Isroil qo‘shiniga tomon yaqinlashib keldi. Oh, bu jangchini bir ko‘ring! Ismi Go‘liyot bo‘lib, bo‘yi deyarli uch metr, o‘zi juda baquvvat edi. Ustiga og‘ir sovut kiyib, qo‘lida katta nayza ushlab turardi.
- Mening taklifim o‘sha-o‘sha! – qichqirdi u. – Orangizdan bittangiz kelib men bilan kurashing. Agar u yutib chiqsa, filist qo‘shini mag‘lub bo‘lgan deb hisoblaymiz. Agar men uni yutsam, unda sizlar mag‘lub hisoblanasizlar. Nima, qo‘rqib ketdingizmi, quyon- yuraklar!

- Bu filist sizlarni jangga chorladimi? – so‘radi Dovud akalaridan.
- Ha, bir necha marotaba. Lekin hammasi behuda. Kim ham bunaqa bahaybat jangchi bilan kurashardi?
- Lekin Xudo biz bilanku! – hayron bo‘ldi Dovud. Jangchilar uning gaplariga kulishdi.
- Buning Xudoga nima aloqasi bor. Hamma gap kuchda, epchil bo‘lish va yaxshi qurol-yarog‘da. Shoh Shovul hatto filist Go‘liyotni yenggan kishiga qizini berib o‘ziga kuyov qilishga va’da bergan. Lekin hech kimning yuragi dov bermayapti.
Shovulga Dovudning qo‘shin qarorgohiga kelganini aytishdi. Shovul uni huzuriga chaqirtirdi.
- Filist bilan kuch sinashishimga ijozat bering, - iltimos qildi Dovud.
- Buni hayolingdan chiqarib tashla! – javob berdi shoh. Sen hali juda yoshsan, Go‘liyot bo‘lsa kuchli va tajribali jangchi.
- Otamning qo‘ylarini boqib yurganimda, qo‘ylarga hujum qilgan ayiq va sherlar bilan kurashib ularni yengar edim. Meni sher, ayiqning panjasidan xalos qilgan Xudo o‘sha filistning qo‘lidan ham xalos qiladi,
- deb ishontirdi yigitcha.
- Imoning mustahkam, bundan juda xursandman, - dedi Shoul. – Sendan boshqa hech kim uning da’vatini qabul qilmadi... Mana, mening sovutimni kiyib ol, qurol-yarog‘larim va dubulg‘am (bronza qalpog‘im) ni ham ol. Xudo yor bo‘lsin!

Dovud Shoulning jang kiyimlarini kiyib, yurishga harakat qilib ko‘rdi, lekin ular unga og‘irlik qildi. Shuning uchun ularni yechib tashlab, palaxmonini olib, cho‘pon xaltasiga beshta silliq tosh soldida, filist tomon yurdi.
- Men bilan kurashgani seni yuborishdimi? – qattiq kulib yubordi Go‘liyot qo‘lida palaxmon tutgan yigitchaning o‘zi tomon kelayotganini ko‘rib.
- Sen mening qarshimga qilichu-nayza bilan bilan chiqding. Men esa Isroil lashkarining Xudosi, Sarvari Olamning nomi bilan qurollanib ustingga bostirib boryapman, - hayqirdi Dovud.
Keyin u palaxmoniga tosh solib, uni boshi uzra qattiq aylantirib, filistga qarab otdi. Tosh Go‘liyotning qoq peshonasiga tegdi. Filist yerga yuz tuban quladi. Dovud yugurib borib, filistning qilichini qinidan sug‘urib oldi va o‘ldirdi. Isroilliklar Dovudning g‘alabasidan ruhlanib, filistlarni o‘z yurtlaridan quvib chiqardilar.

SAVOLLAR
1) Shoul Dovudga qanday qurol-yarog‘lar berdi?
2) Go‘liyot Dovudni qanday mashara qildi?
3) Dovud qanday qilib Go‘liyotni yengdi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:






AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18