Hikoyalar. Muqaddas Kitob 55 bob

ISONING SUVGA CHO‘MDIRILISHI

Luqo bayon etgan Xushxabar, 3-bob, 1-18, 21-22-oyatlar

55 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Zakariyo va Elizabetning o‘g‘li Yahyoning tug‘ilishi ham farishta Jabroil tomonidan bashorat qilingan edi. Egamiz Yahyo uchun mutlaqo o‘zgacha xizmat tayyorlab qo‘ygan. Bu vaqtga kelib, Yahyo ulg‘ayib, Yahudiya sahrosida yashab yurardi.
Bu yerda, uni ruhiy mulohaza qilishdan hech narsa chalg‘ita olmaydigan sahroda, Yahyo mutlaq xotirjamlik topib, butun diqqatini Xudoga qaratishni istardi.

Egamiz unga:
– Iordan daryosiga bor va u yerda va’z qil! – dedi.
Shuningdek Xudo unga nima haqida va’z qilishi kerakligini ham aytdi. Yahyo Xudo ko‘rsatgan yerga itoatkorlik bilan yo‘l oldi. U Iordan daryosi atrofidagi yerlarni kezib, odamlarga:
– Tavba qilinglar! Eski hayotingizdan voz kechinglar! Osmon Shohligi yer yuziga ham keladi! U hademay keladi, tayyor turinglar. Hozirgiday gunohkor holingizcha qolib ketmang! – derdi.
Avvaliga odamlarga uning da’vati g‘alati tuyuldi. Ba’zilar Yahyoning ustidan kular, boshqalarning esa bu so‘zlar g‘ashini keltirar edi. Biroq bu odam Xudoning kalomini va’z qilayotganini his qilganlar ham bor edi.
– Suvga cho‘minglar! – derdi Yahyo. – Men sizlarni Iordan suviga cho‘mdiryapman. Bu bir ramzdir: Suvga cho‘mganingizda nafaqat tanangizni tozalab yuvasiz, balki eski hayotingizdan voz kechganingizni ham namoyon qilasiz. Suvga cho‘mish siz uchun yangi hayot bosh- lashni anglatishi lozim.

Yahyoning va’zini eshitib, juda ko‘p odamlar suvga cho‘mdilar.

Ular do‘stlari va yaqinlariga shu ondan boshlab hayotlarini yangitdan boshlashni istashlarini aytishardi. Ularning so‘zlari tinglovchilarda qiziqish uyg‘otar, o‘zlarining ham Yahyo bilan shaxsan tanishish istaklari ortib borar edi.
Ayrimlar esa Yahyoga savol berib:
– Menga qara! Sen qanday vakolat bilan odamlarni suvga cho‘mdirib, ulardan eski hayotlaridan voz kechishni talab qilyapsan? Yoki sen payg‘ambarlar har doim xabarlab kelgan Xudoning O‘g‘limisan?! – derdi.
– Yo‘q, men Xudoning O‘g‘li emasman, – javob berardi Yahyo, – lekin men to‘g‘rimda ham bashorat qilingan. Ko‘p yillar avval Ishayo: “Egamizga yo‘l hozirlash uchun cho‘lda bir ovoz yangraydi”, degan. Bu aynan men haqimda. Men sizlarni suvga cho‘mdiryapman xolos, lekin mendan ham qudratliroq bo‘lgan bir Zot ortimdan kelmoqda. U sizlarni Muqaddas Ruhga cho‘mdiradi.

Yahyo bu so‘zlarni gapirayotib, bir yo‘lovchining o‘ziga yaqinlashib kelayotganini ko‘rdi. Yahyo va’z qilishni to‘xtatib, daryo sohilida to‘plangan olomonning orasidan Uni kuzatib turardi. Atrofidagilar buni payqab, Yahyo qarab turgan tomonga nigohlarini burdilar. Shunda ular olomonga yaqinlashib kelayotgan yo‘lovchini ko‘rdilar. Odamlar Unga yo‘l berish uchun ikki tomonga surildi. Shu onda Yahyo baland ovozda:
– Ana dunyoning gunohini O‘ziga oluvchi, Xudoning Qurbonlik Qo‘zisi! – dedi.
– U nima deyapti? – deb so‘rardi bir-biridan odamlar taajjublanib.
– Xudoning Qo‘zisi? Bu nima degani o‘zi?
– O‘zi qanaqa odam ekan?

Yahyoning baland tovushi yana sohilda turgan barchaning diqqat- e’tiborini tortdi:
– Mening ketimdan kelayotgan Zot Xudoning Shohligida mendan ulug‘dir. Shu darajada ulug‘ki, men Uning choriq iplarini yechishga ham arzimayman. Bu bilan payg‘ambarning bashorati bajo bo‘lmoqda.

Iso Yahyoga yaqinroq borib:
– Men aytgan Zot mana shu bo‘ladi! – deb, uning oldiga sekin yaqinlashib kelayotgan Isoga ishora qildi.
Iso Yahyoning oldiga kelib:
– Meni suvga cho‘mdirishing uchun oldingga keldim, – dedi.
– Men seni cho‘mdirishim uchun? – ajablandi Yahyo. – Aslida Sen meni suvga cho‘mdirishing kerak!

Iso dedi:
– Kel, endi rozi bo‘l. Xudoning xohishi shudir.
Ikkovi Iordan suviga tushdilar. Yahyo qo‘lini Isoning boshiga qo‘ydi va uni suvga tushirdi. Shu payt g‘ayrioddiy hodisa yuz berdi: Iso suvdan chiqqan zahoti, Uning ustiga Xudoning Ruhi kaptar shaklida tushib qo‘ndi. Birdan osmondan: “Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan nihoyatda mamnunman!”, degan ovoz keldi.

Yahyo o‘ziga berilgan topshiriqni ado etdi. U odamlarga Najotkor kelishi haqidagi xabarni yetkazdi. Mana U shu yerda: bu – Nosiralik Iso, Xudoning O‘g‘lidir. Lekin bu barcha yahuddiylar Rabbimizga ishonib, imon keltirdi degani emas edi. Aksincha, Uni faqat ozchilik odamlargina Ustoz deb, tan olishdi.

SAVOLLAR
1) Yahyo uzoq yillar qayerda yashadi?
2) Odamlarni suvga cho‘mdirshni unga kim buyurgan edi? Gunohlarni kim “yuva” oladi?
3) Iso suvga cho‘mdirilgan vaqtda, Ota Xudo osmondan turib nima dedi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:






AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18