Hikoyalar. Muqaddas Kitob 38 bob

SULAYMON PAYG‘AMBARNING HIKOYASI

SULAYMON DONOLIKNI TANLAYDI

3 Shohlar kitobi, 2-3-boblar

38 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


O‘limi oldidan Dovud barcha Isroil yo‘lboshchilarini Quddusga to‘plab, ularga Xudoga atab bir uy qurib berish rejasi borligini bildirdi. Biroq Egamiz Dovud urushda ko‘p qatnashgani uchun bunga ijozat bermadi.
- Egamizga atab uyni o‘g‘lim Sulaymon qurib beradi, - dedi Dovud. – Egamiz menga ont ichib, “Agar Sulaymon Mening amrlarimga amal qilib yursa, uni tashlab qo‘ymayman va uning shohligini mustahkamlayman”, degan.
Dovud yo‘lboshchilarga Egamizning amrlarini saqlab, Unga butun yuraklari bilan xizmat qilinglar, deb nasihat qildi. Yo‘lboshchilar ham, Dovudning boshqa o‘g‘illari ham, Sulaymonga itoat etamiz deb, tantanali va’da berishdi.
Egamiz Sulaymonni marhamatladi va u qudratli shoh bo‘lib yetishdi. Uni nafaqat o‘z xalqi va fuqarolari, balki uzoq-yaqindagi xalqlar ham hurmat qilishardi.

Hukmronligining ilk davrida Sulaymon Egamizga kamtar va itoatkor yurak bilan qurbonliklar keltirdi. Tunda Egamiz unga tushida zohir bo‘lib, yosh shohga:
- Mendan nima istaysan? Tila tilagingni, - dedi.
- Sen har doim otam Dovudga suyanchiq bo‘lib kelgansan. Otamga bergan va’dangga muvofiq, meni shoh qilib ko‘tarding. Lekin men hali yosh va tajribasizman. Shuning uchun Sendan men qulingga dono va idrokli yurak ato etishingni so‘rayman, toki adolatli qarorlar chiqara olay va yaxshi bilan yomonning farqiga bora olay. Zero kim ham Sening dengiz qumiday son-sanoqsiz xalqingni boshqara olar ekan? – javob berdi Sulaymon.
Bunga javoban Egamiz dedi:
- Mendan boylik yoki uzoq umr so‘ramading, aksincha, donolik so‘rading. Shuning uchun Men sening istagingni bajo keltiraman. Buning ustiga Men senga yer yuzidagi boshqa bironta shohda bo‘lmagan boylik va shuhratni ham beraman. Agar otang Dovud kabi Mening amrlarim va qonunlarimga amal qilib yursang, sening umringni uzoq qilaman.
Sulaymon uyg‘onib ketdi va Egamizga, unga bergan va’dalari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Bir kuni shohning huzuriga ikkita ayol bir chaqaloq bolani olib kelib, ularning muammosini hal qilib berishini so‘radi. Ulardan biri hikoya qildi:
- Biz bu ayol bilan bitta uyda yashaymiz. Ikkalamizning ham deyarli bir xil vaqtda ko‘zimiz yoridi. Bir kuni tunda manavi ayolning bolasi o‘lib qolibdi. Buni anglab yetgach, u uxlab yotganimda bolamni bag‘rimdan olib, o‘zining o‘lik bolasini yonimga yotqizib qo‘yibdi.
Bunga javoban ikkinchi ayol dedi:
- Mening bolam tirik, o‘lik bola seniki.
Ayollar bir-biri bilan shohning huzurida bahslasha boshladilar. Bu o‘ta murakkab jumboq bo‘lib, hamma, shoh buni qanday hal qilar ekan, deb kutib turishardi.

Sulaymon xizmatkorlariga buyurib dedi:
- Menga qilich keltiringlar! Tirik bolani ikkiga bo‘linglar. Yarimini bittasiga, yarimini ikkinchisiga beringlar!
Bolasi tirik bo‘lgan ayol:
- Hazrati oliylari! Tirik qolgan bolani manavi ayolga beravering! Uni o‘ldirmasangiz bo‘ldi! – deb baqirib yubordi.
Boshqasi bo‘lsa:
- Ikkiga bo‘lavering! Menga ham bo‘lmasin, senga ham!
Shoh shu tariqa bolaning haqiqiy onasi kimligini bilib oldi. Unga bolasini qaytarib berishlarini buyurdi.
Butun Isroil Sulaymonning jumboqni qanday yechgani haqda xabar topdi va uni yanada hurmat qila boshlashdi. Unga Xudo hukm chiqarish uchun donolik berganiga ishonch hosil qilishdi.

SAVOLLAR
1) Xudo, Dovud Unga Ma’bad qurib berishini nima uchun istamadi?
2) Sulaymon Xudodan nima so‘radi?
3) Ayollar o‘rtasidagi nizoni qanday hal qildi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:






AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18