Hikoyalar. Muqaddas Kitob 36 bob

G‘ORDA

1 Shohlar kitobi, 24-bob

36 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Shoh huzuridan qochib ketgan Dovud har yoqda o‘ziga xavfsiz boshpana qidiradigan bo‘ldi. Qayerga bormasin uni darrov tanib qolishar va bu haqdagi xabar shohgacha yetib borar edi. Vaqt o‘tishi bilan ko‘plab jangchilar kelib Dovudning qo‘shiniga qo‘shila boshladi.
Bir kuni Dovud va uning jagchilari tog‘dagi bir g‘or oldida o‘tirishgan edi, o‘zlari tomon kelayotgan katta qo‘shinni ko‘rib qolishdi.
- Bu Shoulku, - dedi Dovud. – U meni o‘ldirish uchun izlab yuribdi.

Tezda berkining!
Jangchilar darrov g‘orga kirib berkinishdi. G‘or og‘zida qorovullik qilayotgan jangchi ham ularning ortidan g‘orga kirib, Dovudga dedi:
- Shohning o‘zi biz tomonga kelyapti. Dovud, Xudoning O‘zi senga imkoniyat beryapti. Shohni o‘ldirishing mumkin! Yolg‘iz o‘zi qarshilik ko‘rsata olmaydi. Shunda uch ming jangchi sipoh senga tobe bo‘lishadi.
- Jim bo‘l! – uning gapini bo‘ldi Dovud.

Barchalari jim bo‘lishdi. G‘orning qorong‘i joyida berkinib olgan jangchilar sabr bilan g‘orning og‘ziga tikilib turishardi. Shunda shohona kiyimlar kiygan Shoul ko‘rinish berdi.
- Shu yerda qolinglar! – shivirladi Dovud va ehtiyotkorlik bilan oldinga intildi.
Shoul g‘orga kirgandan so‘ng, katta xarsang tosh orqasiga o‘tib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Dovud emaklab xarsang toshga yetganida Shoulning faqat ridosi (shohona to‘ni) etagigina ko‘rinib turardi. Dovud qilichini chiqarib shohning ridosi etagidan bir parcha kesib oldi-da, ortiga qaytdi.
- Nimaga Shoulni o‘ldirmading? – shivirlab so‘rashdi jangchilar.
- Xudo uni shoh qilib moylagan. Xudoning tanlaganiga qarshi qo‘l ko‘tarmayman, - deb javob berdi Dovud.
- Lekin Xudo allaqachon uni rad etib, seni uning o‘rniga tanlab oldiku!
- Ha, shunday, - dedi Dovud, - shuning uchun Xudoning O‘zi belgilangan vaqtda taxtga chiqishimni ta’minlaydi. Xudo bajaradigan ishga men qo‘l urmasligim kerak.

Hamma g‘orning og‘ziga qarab turardi. Nihoyat shoh g‘ordan chiqib ketdi.
- Shu yerda qolinglar! – buyruq berdi Dovud va shohning orqasidan g‘ordan chiqdi.
Qorong‘u g‘ordan ko‘zni oladigan yorug‘likka chiqqanida, Shoul allaqachon pastga, jangchilari oldiga turgan edi.
- Shoh hazralari! – qichqirdi Dovud va yuzi yerga tukkuday ta’zim qilib, Shoulni hali ham shoh sifatida hurmat qilishini ko‘rsatdi. – Nima uchun meni sizga yomonlik qiladi deb o‘ylayapsiz? O‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib turibsizki, hozir Egam g‘orda sizni qo‘limga bergan edi, lekin men sizga qarshi qo‘l ko‘tarishni istamadim.

Shunday deya Dovud shohning etagidan kesib olgan mato parchasini boshi uzra ko‘tardi. Shoul hadiksirab ridosi etagiga ko‘z yugurtirdi. Haqiqatdan ham, kiyimi etagidan bir parcha kesib olingan ekan. Bundan ta’sirlangan Shoul yig‘lab yubordi.
- Sen haqsan, men noto‘g‘ri qildim! – hayqirdi u titroq ovoz bilan. – Bu ishing bilan menga yaxshilik qilgan ekansan, men bo‘lsam yomonlik bilan javob qaytaribman. Endi men anglab yetdim, sen albatta shoh bo‘lasan. Menga sizdan keyin avlodingizni qirib yubormayman deb ont ich!
- Ont ichaman! – javob berdi Dovud baland ovoz bilan.
Dovudning rahmdilligidan yuragi yumshagan shoh barcha qo‘shinini yig‘ib, saroyiga qaytib ketdi. Dovud esa shohning orqasidan uzoq qarab qoldi.

SAVOLLAR
1) Dovud qayerda yashirindi?
2) Dovud Shoulga nisbatan qanday yo‘l tutdi?
3) Nima uchun u Shoulni o‘ldirmadi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:






AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18