Sahroda 7 bob

1 Yo‘lboshchilarning nazrlari.

1 Muso Muqaddas chodirni o‘rnatib bo‘lgan kuni chodirga moy surtib muqaddas qildi. So‘ng chodirning barcha ashyolariga, qurbongohga va uning barcha buyumlariga moy surtib chiqib, muqaddas qildi.
2 Shundan keyin xalqni ro‘yxatga olish uchun mas’ul bo‘lgan yo‘lboshchilar — Isroil qabilalarining urug‘boshilari o‘z nazrlarini keltirishdi.
3 Ularning Egamizga keltirgan nazrlari oltita soyabonli arava va o‘n ikkita ho‘kizdan iborat edi. Har bir yo‘lboshchi bittadan ho‘kiz va har ikkita yo‘lboshchi bittadan arava olib kelgan edi. Yo‘lboshchilar bu nazrlarini Egamizga Muqaddas chodir oldida taqdim qilishdi.
4 Shunda Egamiz Musoga aytdi:
5 “Ular olib kelgan narsalarni qabul qilib ol. Bu narsalardan Uchrashuv chodirida xizmat qilishda foydalaninglar. Levilar nima ish qilishlariga qarab, bu narsalarni ularga taqsimlab ber.”
6 Shunday qilib, Muso aravalarni va ho‘kizlarni levilarga taqsimlab berdi.
7 Gershon urug‘ining qiladigan xizmatiga yarasha ikkita arava va to‘rtta ho‘kizni berdi.
8 Marori urug‘ining qiladigan xizmatiga yarasha esa to‘rtta arava va sakkizta ho‘kizni berdi. Marori va Gershon urug‘lari ruhoniy Horunning o‘g‘li Itamar nazorati ostida chodirda xizmat qilishardi.
9 Qohot urug‘iga esa Muso hech narsa bermadi, chunki ular chodirning muqaddas ashyolari uchun mas’ul edilar va bu ashyolarni yelkada ko‘tarib borishlari lozim edi.
10 Muso qurbongohga moy surtib muqaddas qilgandan keyin Isroil yo‘lboshchilari qurbongohning bag‘ishlanishiga ham o‘z nazrlarini olib kelishdi. Ular nazrlarini qurbongoh oldiga qo‘yishdi.
11 Egamiz Musoga shunday degan edi: “Yo‘lboshchilar qurbongohni bag‘ishlash marosimiga olib kelgan bu nazrlarni har kuni bittadan taqdim qilishsin.”
12 Birinchi kuni Yahudo qabilasidan Ominadovning o‘g‘li Naxsho‘n nazrlarini taqdim qildi.
13 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
14 Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
15 U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
16 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
17 ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Ominadov o‘g‘li Naxsho‘nning nazrlari ana shulardan iborat edi.
18 Ikkinchi kuni Issaxor qabilasining yo‘lboshchisi Zuvor o‘g‘li Natanil nazrlarini taqdim qildi.
19 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
20 Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
21 U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
22 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
23 ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Zuvor o‘g‘li Natanilning nazrlari ana shulardan iborat edi.
24 Uchinchi kuni Zabulun qabilasining yo‘lboshchisi Xalon o‘g‘li Eliyob nazrlarini taqdim qildi.
25 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
26 Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
27 U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
28 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
29 ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Xalon o‘g‘li Eliyobning nazrlari ana shulardan iborat edi.
30 To‘rtinchi kuni Ruben qabilasining yo‘lboshchisi Shaduvor o‘g‘li Elizur nazrlarini taqdim qildi.
31 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
32 Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
33 U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
34 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
35 ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Shaduvor o‘g‘li Elizurning nazrlari ana shulardan iborat edi.
36 Beshinchi kuni Shimo‘n qabilasining yo‘lboshchisi Zurishaday o‘g‘li Shalumiyol nazrlarini taqdim qildi.
37 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
38 Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
39 U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
40 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
41 ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Zurishaday o‘g‘li Shalumiyolning nazrlari ana shulardan iborat edi.
42 Oltinchi kuni Gad qabilasining yo‘lboshchisi Duvel o‘g‘li Eliasaf nazrlarini taqdim qildi.
43 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
44 Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
45 U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
46 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
47 ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Duvel o‘g‘li Eliasafning nazrlari ana shulardan iborat edi.
48 Yettinchi kuni Efrayim qabilasining yo‘lboshchisi Omihud o‘g‘li Elishama nazrlarini taqdim qildi.
49 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
50 Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
51 U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
52 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
53 ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Omihud o‘g‘li Elishamaning nazrlari ana shulardan iborat edi.
54 Sakkizinchi kuni Manashe qabilasining yo‘lboshchisi Padozur o‘g‘li Gamaliel nazrlarini taqdim qildi.
55 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
56 Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
57 U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
58 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
59 ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Padozur o‘g‘li Gamalielning nazrlari ana shulardan iborat edi.
60 To‘qqizinchi kuni Benyamin qabilasining yo‘lboshchisi Gido‘nax o‘g‘li Avidon nazrlarini taqdim qildi.
61 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
62 Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
63 U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
64 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
65 ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Gido‘nax o‘g‘li Avidonning nazrlari ana shulardan iborat edi.
66 O‘ninchi kuni Dan qabilasining yo‘lboshchisi Omishadayning o‘g‘li Oxazar nazrlarini taqdim qildi.
67 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
68 Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
69 U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
70 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
71 ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Omishaday o‘g‘li Oxazarning nazrlari ana shulardan iborat edi.
72 O‘n birinchi kuni Osher qabilasining yo‘lboshchisi Oxron o‘g‘li Paxiyol nazrlarini taqdim qildi.
73 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
74 Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
75 U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
76 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
77 ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Oxron o‘g‘li Paxiyolning nazrlari ana shulardan iborat edi.
78 O‘n ikkinchi kuni Naftali qabilasining yo‘lboshchisi Enan o‘g‘li Oxir nazrlarini taqdim qildi.
79 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
80 Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
81 U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
82 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
83 ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Enan o‘g‘li Oxirning nazrlari ana shulardan iborat edi.
84 Shunday qilib, Muso qurbongohga moy surtib muqaddas qilgandan keyin Isroil yo‘lboshchilari qurbongohning bag‘ishlanishiga olib kelgan nazrlarning jami quyidagicha edi: o‘n ikkita kumush lagan, o‘n ikkita kumush tog‘oracha, o‘n ikkita oltin piyola.
85 Har bir kumush laganning og‘irligi 330 misqol, har bir kumush tog‘oracha 180 misqol edi. Hammasi bo‘lib taqdim qilingan kumush buyumlarning og‘irligi ikki pudga yaqin edi.
86 Tutatqi to‘ldirilgan har bir oltin piyolaning og‘irligi 25 misqol edi. Bu o‘n ikki oltin buyumning umumiy og‘irligi 300 misqol chiqdi.
87 O‘n ikkita buqa, o‘n ikkita qo‘chqor, o‘n ikkita bir yoshli qo‘chqor qo‘zi kuydiriladigan qurbonlik qilindi, qurbonlikka qo‘shib qilinadigan don nazri ham keltirildi. O‘n ikkita taka gunoh qurbonligi qilindi.
88 Yigirma to‘rtta ho‘kiz, oltmishta qo‘chqor, oltmishta taka, oltmishta bir yoshli qo‘chqor qo‘zi tinchlik qurbonligi qilindi. Muso qurbongohga moy surtib muqaddas qilgandan keyin, qurbongohning bag‘ishlanishiga ana shu nazrlar taqdim qilingan edi.
89 Muso Egamiz bilan gaplashish uchun Uchrashuv chodiriga kirganda, Egamizning ovozini eshitdi. Ovoz ahd sandig‘ining qopqog‘i ustidagi ikkita karub orasidan kelayotgan edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18