Sahroda 27 bob

1 Zalofxodning qizlari. 12 Yoshua Musoning vorisi qilib tanlanadi.

1 Bir kuni Zalofxodning qizlari Uchrashuv chodiri kiraverishiga kelishdi. Zalofxod Xaferning o‘g‘li, Giladning nevarasi, Moxirning evarasi, Yusuf o‘g‘li Manashening chevarasi edi. Xullas, Zalofxod Manashe urug‘idan edi. Zalofxod qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xo‘glax, Milxo va Tirza edi.
2 Ular Muso, ruhoniy Elazar, yo‘lboshchilar va butun jamoaning oldida turib shunday deyishdi:
3 — Otamiz sahroda vafot etdi. U Egamizga qarshi yig‘ilgan Ko‘raxning to‘dasiga sherik bo‘lmagan, o‘z gunohi tufayli olamdan o‘tdi. Otamizning o‘g‘li yo‘q.
4 O‘g‘li bo‘lmagani uchun otamizning nomi urug‘i orasidan o‘chib ketishi kerakmi? Bizga ham amakilarimiz qatori yerni mulk qilib beringlar.
5 Muso ularning talabini Egamizga aytdi.
6 Egamiz shunday javob qaytardi:
7 — Zalofxodning qizlari haq gapni aytishyapti. Ularga albatta amakilari qatori yerni mulk qilib beringlar. Otasining ulushi qizlariga berilsin.
8 Isroil xalqiga ham shunday deb uqtir. Agar biror kishi vafot etsa–yu, o‘g‘li bo‘lmasa, uning mulki qiziga qolsin.
9 Agar qizi ham bo‘lmasa, u odamning mulki aka–ukalariga qolsin.
10 Bordi–yu, marhumning aka–ukalari ham bo‘lmasa, uning mulki amakilariga qolsin.
11 Agar marhumning amakilari ham bo‘lmasa, uning mulki urug‘idagi eng yaqin qarindoshiga qolsin. O‘sha qarindoshi merosxo‘r bo‘lsin. Sen orqali, Men, Egangiz, bergan amr Isroil xalqi uchun qonun bo‘lib qaror topsin.
12 Egamiz yana Musoga dedi: — Aborim tizmasidagi anavi toqqa chiqib, Men Isroil xalqiga beradigan yurtga qara.
13 O‘sha yurtni ko‘rganingdan keyin akang Horun singari olamdan o‘tasan.
14 Chunki jamoa Zin cho‘lida Mendan noliganda, sizlar ikkovingiz Mening amrimga qarshi isyon qilgan edingizlar. Mariva suvlari yonida jamoaning ko‘zi oldida Mening muqaddasligimni namoyon qilmadingizlar. (O‘sha Mariva suvlari Zin cho‘lidagi Kadesh yaqinidadir.)
15 Muso Egamizga dedi:
16 — Ey, Egam, odamzod ruhlarining Xudosi, jamoa ustidan bir odamni tayinla.
17 U xalqni janglarga boshlab borsin, toki Sening jamoang cho‘ponsiz qo‘yday bo‘lib qolmasin. Shunda Egamiz Musoga:
18 — Nun o‘g‘li Yoshuani yoningga ol, — dedi. — Unda Mening Ruhim bor. Yoshuaga qo‘lingni qo‘y.
19 Keyin uni ruhoniy Elazarning va butun jamoaning oldida turg‘izib, xalq yo‘lboshchisi etib tayinla.
20 Butun Isroil jamoasi unga itoat qilishi uchun, Yoshuaga o‘z salohiyatingdan ber.
21 Yoshua hamma ishni Elazar bilan bamaslahat qilsin. Elazar Urim orqali Yoshua uchun Mening irodamni bilib bersin. Yoshua va butun Isroil jamoasi hamma vaziyatda shunga qarab ish tutsin.
22 Egamiz amr etganday, Muso Yoshuani ruhoniy Elazar va butun jamoaning oldida tik turg‘izib qo‘ydi.
23 So‘ng Egamizning Musoga bergan amriga muvofiq, qo‘lini Yoshuaga qo‘yib, Isroil xalqining yo‘lboshchisi qilib tayinladi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак