Sahroda 16 bob

1 Ko‘rax, Datan va Aburamning isyoni. 36 Otashkuraklar. 41 Horun xalqni qutqaradi.

1 Bir kuni Levi qabilasining Qohot urug‘idan bo‘lgan Izxor o‘g‘li Ko‘rax Musoga qarshi isyon ko‘tardi. U Ruben qabilasidan Eliyobning o‘g‘illari Datan va Aburamni hamda Palaf o‘g‘li Onni yoniga qo‘shib oldi.
2 Isroil xalqining 250 yo‘lboshchisi ham ularga qo‘shildi. Bu yo‘lboshchilar jamoa kengashining tayinlangan a’zolaridan bo‘lib, obro‘li kishilar edi.
3 Ular Muso bilan Horunga qarshi yig‘ilishib, ikkoviga shunday deyishdi: — Sizlar haddingizdan oshib ketdingiz! Axir, butun jamoa va uning har bir a’zosi Egamizga tegishli–ku! Egamiz hammamiz bilan birgadir. Nimaga endi sizlar o‘zingizni Egamizning jamoasidan ustun qo‘yyapsizlar?!
4 Muso bu gapni eshitib, muk tushdi.
5 So‘ng Ko‘rax va uning sheriklariga shunday dedi: — Ertaga ertalab Egamiz O‘ziga tegishli bo‘lgan odamini ko‘rsatadi. Kim Xudoning tanlangani bo‘lsa, Egam o‘shani O‘ziga yaqinlashtiradi.
6 Sen, Ko‘rax, hamtovoqlaring bilan birga otashkuraklaringizni olib,
7 ertaga Egamiz oldida o‘sha otashkuraklaringizda tutatqi tutatinglar. O‘shanda Egamiz kimni tanlab olganini, kim Unga tegishli ekanligini ko‘ramiz. Ey, levilar, sizlar haddingizdan oshib ketdingizlar!
8 Keyin Muso: — Ey, levilar, eshitib olinglar! — dedi Ko‘raxga.
9 — Isroil xalqining Xudosi sizlarni Isroil jamoasidan ajratib oldi. Muqaddas chodirdagi yumushlarni bajarishingiz uchun sizlarni O‘ziga yaqinlashtirdi. Jamoa vakili sifatida butun xalqqa xizmat qilishingiz uchun sizlarni tanlab oldi. Nahotki shunisi sizlarga kamlik qilsa?!
10 Egamiz sizlarni, hamma levi birodarlaringizni O‘ziga yaqinlashtirgan bo‘lsa, yana ruhoniylikni ham talab qilishingiz nimasi?
11 Horun kim bo‘ptiki, sizlar undan ming‘irlab nolisangiz? Sizlar asli Horunga emas, Egamizga qarshi yig‘ilgansiz!
12 Muso Eliyobning o‘g‘illari Datan va Aburamni chaqirib kelgani odam yubordi. Lekin ular:— Bormaymiz! — deb javob berishdi,
13 — Sen bizni sut va asal oqib yotgan yurtdan olib chiqib, sahroda halok qilmoqchi bo‘lding. Shunisi yetmaganday, endi bizga xon bo‘lmoqchimisan?!
14 Sen bizni sut va asal oqib yotgan yurtga olib kirmading, mulk qilib dalalaru uzumzorlarni bermading. Shu paytgacha bizni laqillatib kelyapsan. Yo‘q, oldingga bormaymiz!
15 Muso qattiq g‘azablanib, Egamizga aytdi: — Ularning nazrlarini qabul qilma. Men ularning birortasiga yomonlik qilmadim–ku, ularning birontasidan hatto eshagini ham olmadim– ku!
16 So‘ng Muso Ko‘raxga aytdi: — Ertaga o‘zing ham, hamma sheriklaring ham Egamiz oldida hozir bo‘linglar. Horun ham shu yerda bo‘ladi.
17 250 ta yo‘lboshchining hammasi otashkuraklariga tutatqi solib, Egamizning huzuriga olib kelishsin. Sen ham otashkuragingni olib kel, Horun ham o‘zinikini olib keladi.
18 Shunday qilib, ertasi kuni har bir odam o‘z otashkuragini oldi. Otashkurakka cho‘g‘ solib, cho‘g‘ ustiga tutatqi tashladi. Ular Muso va Horun bilan birga Uchrashuv chodiri kiraverishiga kelib turishdi.
19 Ko‘rax butun jamoani Uchrashuv chodiri kiraverishi oldiga — Muso va Horunning ro‘parasiga to‘plagach, Egamiz ulug‘vorligini butun jamoaga zohir qildi.
20 Keyin Egamiz Muso bilan Horunga:
21 — Bu jamoadan nari turinglar, — dedi. — Men ularni bir zumda yo‘q qilib yuboraman.
22 Ikkovi esa muk tushib: — Ey, Xudoyim! Ey, odamzod ruhlarining Xudosi! — deb iltijo qilishdi. — Gunoh qilgan bitta odamu Sen esa butun jamoadan g‘azablanyapsanmi?!
23 Egamiz Musoga dedi:
24 — Jamoaga ayt, ular Ko‘rax, Datan va Aburamning chodirlaridan uzoqroq turishsin.
25 Muso o‘rnida turib, Datan bilan Aburamning oldiga ketdi. Isroil oqsoqollari ham Musoga ergashishdi.
26 Muso jamoaga dedi: — Bu qabih odamlarning chodirlaridan uzoqroq turinglar. Ularning biror narsasiga ham tegmanglar. Aks holda ularning hamma gunohlari uchun sizlar nobud bo‘lasizlar.
27 Jamoa Ko‘rax, Datan va Aburamning chodirlaridan uzoqroqqa borib turishdi. Datan va Aburam esa xotinlari, bola–chaqalari bilan chodirlarining kiraverishiga chiqib turgan edilar.
28 — Bu ishlarning hammasini ado etishim uchun meni Egamiz yuborganini, bularni o‘zimcha qilmaganimni shundan bilasizlar, — dedi Muso.
29 — Agar Ko‘rax va uning sheriklari o‘z ajali bilan, hamma odamlar kabi o‘lishsa, meni Egamiz jo‘natmagan bo‘ladi.
30 Bordi–yu, Egamiz favqulodda biror yangi narsa qilsa — yer yorilib ularni bor narsasi bilan yutib yuborsa, ular o‘liklar diyoriga tiriklayin kirib ketishsa, bilinglarki, o‘sha odamlar Egamizni xo‘rlagan bo‘ladi.
31 Muso gapini endi tugatgan ham ediki, ularning oyog‘i ostidagi yer yorilib ketdi.
32 Yerning og‘zi katta ochilib, ularni oila a’zolari, Ko‘raxning hamma sheriklari, mol–mulki bilan birga yutib yubordi.
33 Shunday qilib, ular jamiki mol–mulki bilan birga tiriklayin o‘liklar diyoriga kirib ketishdi. Yer yopilib, ularni jamoa orasidan g‘oyib qildi.
34 Ularning faryodidan atrofda turgan Isroil xalqi: “Bizni ham yer yutib yubormasin”, deb tum– taraqay bo‘ldi.
35 Shu payt Egamiz alanga yuborib, tutatqi tutatgan 250 ta odamni kuydirib yubordi.
36 Egamiz yana Musoga dedi:
37 — Horunning o‘g‘li ruhoniy Elazarga ayt. U gunohlari uchun o‘ldirilganlarning otashkuraklarini yong‘in orasidan yig‘ishtirib olsin.
38 Otashkuraklardagi cho‘g‘larni bir chetga chiqarib tashlasin, chunki otashkuraklar muqaddasdir. Bu otashkuraklar Menga nazr qilish uchun foydalanilganda, muqaddas bo‘lgan. Bu otashkuraklarni yoyib, qurbongohni qoplash uchun tunuka qilinglar. Bular Isroil xalqini ogohlantiruvchi bir belgi bo‘ladi.
39 Ruhoniy Elazar kuyib o‘lganlarning tutatqi tutatgan bronza otashkuraklarini yig‘ishtirib oldi. Ular otashkuraklarni yoyib, qurbongohni qoplash uchun tunuka holiga keltirishdi.
40 Horunning naslidan bo‘lmagan birorta odam Egamizning oldida tutatqi tutatib, Ko‘rax va uning sheriklari kabi halok bo‘lmasligi uchun, bular Isroil xalqini ogohlantirib turar edi. Shunday qilib, Egamizning Muso orqali bergan ko‘rsatmalari amalga oshirildi.
41 Ertasiga jamiki Isroil jamoasi Muso bilan Horundan norozi bo‘lib: “Egamizning xalqini sizlar o‘ldirdingizlar”, deb ming‘irlay boshladi.
42 Jamoa ularga qarshi yig‘ilgan paytda Muso bilan Horun Uchrashuv chodiri tomon burilib qarashsa, chodirni bulut qoplab olgan, Egamiz ulug‘vorligini zohir qilgan ekan.
43 Ular Uchrashuv chodirining old tomoniga borib turishganda,
44 Egamiz Musoga dedi:
45 — Bu jamoadan nari tur, Men ularni hozirning o‘zidayoq yo‘q qilib yuboraman. Ammo Muso bilan Horun yerga muk tushdi.
46 Muso Horunga dedi: — Qani, bo‘l, otashkuragingni ol! Qurbongohdan otashkurakka cho‘g‘ solib, ustiga tutatqi tashla–da, tezroq jamoaning oldiga bor. Ularni gunohlaridan pokla. Egamiz g‘azabini sochdi, odamlar o‘latdan nobud bo‘lyapti.
47 Horun Muso buyurganday qilib, jamoaning orasiga yugurib bordi. Odamlar haqiqatan ham o‘latdan nobud bo‘lishayotgan edi. Horun tutatqi tutatib, Isroil xalqini gunohlaridan pokladi.
48 U tiriklar bilan marhumlarning o‘rtasiga turgan edi, o‘lat to‘xtadi.
49 Lekin o‘latdan 14.700 kishi nobud bo‘lgan edi. Ko‘raxning qilmishi tufayli o‘lganlar bu hisobga kirmasdi.
50 O‘lat to‘xtagandan keyin Horun Uchrashuv chodiriga kiraverishda turgan Musoning yoniga qaytib keldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак