Sahroda 21 bob

1 Kan’on xalqi ustidan erishilgan g‘alaba. 4 Bronzadan yasalgan ilon. 10 Xo‘r tog‘idan — Mo‘ab vodiysiga. 21 Shoh Sixo‘n va shoh O‘g ustidan qozonilgan g‘alaba.

1 Nagav cho‘lida istiqomat qilayotgan Arod shohi: “Isroil xalqi Otorim yo‘lidan kelyapti ekan”, degan xabarni eshitib jangga otlandi. Kan’on naslidan bo‘lgan bu shoh Isroil xalqi bilan jang qilib, ulardan bir nechtasini asir oldi.
2 Bu voqeadan so‘ng Isroil xalqi Egamizga qasam ichib, shunday dedi: — Ey, Egamiz! Agar Sen shu xalqni bizning qo‘limizga bersang, ularning hamma shaharlarini butunlay vayron qilamiz.
3 Egamiz Isroil xalqining iltijosini eshitib, Kan’on xalqini ularning qo‘liga berdi. Ular Kan’onliklarning o‘zlarini qirib tashlab, shaharlarini butunlay vayron qilishdi. Shuning uchun bu joyga Xo‘rmax, deb nom berildi.
4 Isroil xalqi Xo‘r tog‘ini tark etib, Edom yerlarini chetlab o‘tish uchun Qizil dengizga boradigan yo‘ldan ketdi. Lekin xalq yo‘lda ketayotib, yana sabrsizlik qildi.
5 Ular ming‘irlab Xudodan va Musodan noliy boshladilar: — Nimaga bizni Misrdan olib chiqdingizlar? Sahroda o‘lib ketishimiz uchunmi?! Bu yerda na non bor, na suv. Mana bu bo‘lmag‘ur manna me’damizga tegib ketdi–ku!
6 Shu voqeadan keyin Egamiz xalq orasiga zaharli ilonlarni jo‘natdi, ilonlar Isroil xalqining ko‘pchiligini chaqib o‘ldirdi.
7 Oxiri xalq Musoning oldiga kelib: — Biz Egamizga ham, senga ham qarshi gapirib gunoh qildik, — dedi, — Egamizga iltijo qil, U bizning oramizdan ilonlarni daf qilsin. Muso xalq uchun Egamizga iltijo qildi.
8 Shunda Egamiz Musoga dedi: — Ilon yasab, uni xodaga mahkamlab qo‘y. Ilon chaqqan odam o‘shanga qarab tirik qoladi.
9 Muso bronzadan ilonni yasab, uni xodaga mahkamlab qo‘ydi. Ilon chaqqan odam bronzadan yasalgan ilonga qaraganda, o‘lmasdan tirik qolardi.
10 Isroil xalqi safarini davom ettirib, Obo‘tda qarorgoh qurdi.
11 So‘ng ular Obo‘tdan ham ketib Ivay–Aborimga qo‘nishdi. Ivay–Aborim Mo‘ab yurtining sharqidagi sahroda joylashgan edi.
12 U yerdan ham ketib, Zarad soyligida to‘xtashdi.
13 So‘ng yana yo‘lga chiqib, Arnon soyligining shimoliy qirg‘og‘iga — Amor yurtining chegarasiga tutash bo‘lgan sahroga joylashishdi. Arnon soylig Amor va Mo‘ab yurtlarining o‘rtasida chegara edi.
14 Shu sababdan “Egamizning jangnomasi” kitobida Sufa yerlaridagi Vohib shahri va soyliklar eslanadi. Shuningdek, Arnon soyligi
15 va Mo‘ab chegarasidagi Or shahrigacha cho‘zilgan daryoning irmoqlari eslanadi.
16 Isroil xalqi u yerdan chiqib, Ber degan joydagi quduqqa yo‘l oldi. O‘sha quduq yonida Egamiz Musoga: “Xalqni yig‘, Men ularga suv beraman”, dedi.
17 O‘shanda Isroil xalqi shu qo‘shiqni kuyladi: “To‘lib–tosh, ey, quduq, Quduq haqida kuylang!
18 Yo‘lboshchilar qazigandi bu quduqni, Asilzodalar kovlagandi bu quduqni Saltanat hassalari ila, Saltanat tamg‘alari ila.” So‘ng ular sahrodan Mattono shahriga yo‘l oldilar.
19 Mattonodan esa Nahaliyolga, Nahaliyoldan Bomo‘tga,
20 Bomo‘tdan Mo‘ab yerlaridagi vodiyga borishdi. Fisgax tog‘ tizmasi yonidagi bu vodiydan sahroning manzarasi ochilardi.
21 Keyin Isroil xalqi Amor xalqining shohi Sixo‘nga shu gapni aytish uchun choparlar jo‘natdi:
22 “Bizga yurtingiz orqali o‘tib ketishga ijozat bersangiz. Biz ekinzorlaringizga, uzumzorlaringizga kirmaymiz, quduqlaringiz suvidan ichmaymiz. Sizning yurtingizdan o‘tib ketguncha, faqat Shoh yo‘lidan yuramiz.”
23 Lekin Sixo‘n Isroil xalqiga o‘z yurtidan o‘tib ketishga ijozat bermadi. U jamiki lashkarini yig‘ib, sahrodagi Yaxaz shahri yonida Isroil xalqiga hujum qildi.
24 Jangda Isroil xalqi Sixo‘nni mag‘lub etdi va Arnon soyligidan tortib Yavoq daryosigacha bo‘lgan hamma yerlarini egallab oldi. Lekin Ommon xalqining chegarasidan u yog‘iga o‘tmadi, chunki Ommon yurtining chegarasi mustahkam edi.
25 Isroil xalqi Amor xalqining hamma shaharlarini, xususan, Xashbon shahri va uning atrofidagi qishloqlarni bosib olib, o‘sha shaharlarda o‘rnashib oldi.
26 Xashbon shahri shoh Sixo‘nning poytaxti edi. Sixo‘n Mo‘abning oldingi shohi bilan jang qilib, uning Arnon soyligigacha bo‘lgan hamma yerlarini bosib olgan edi.
27 Shuning uchun dostonchilar aytishardi: “Xashbonga kelinglar, qayta quringlar uni, Mustahkam etinglar Sixo‘n shahrini.
28 Olov chiqib ketdi–ku Xashbon shahridan, Alanga chiqdi shoh Sixo‘nning shahridan. Yong‘in yakson qildi Mo‘abdagi Or shahrini, Yo‘q qildi Arnon qirlari shohlarini.
29 Holingga voy, ey, Mo‘ab xalqi! Tamom bo‘ldingiz, Xamo‘sh ixlosmandlari! Xamo‘sh qochqin qildi o‘g‘illaringizni, Amor xalqining shohi Sixo‘nga asir qildi Sizning qiz–juvonlaringizni.
30 Qirib tashladik biz ularni, Xashbondan Dibonga qadar yo‘q qildik hammasini. No‘faxdan Midavoga qadar vayron qildik ularni.”
31 Shunday qilib, Isroil xalqi Amor xalqining yurtida o‘rnashib oldi.
32 Muso Yazir shahriga ayg‘oqchilar jo‘natdi. Isroil xalqi Yazir va uning atrofidagi qishloqlarni bosib olib, u yerda istiqomat qilayotgan Amor xalqini haydab chiqardi.
33 So‘ng ular Bashanga yo‘l olishdi. Bashan shohi O‘g esa Isroil xalqiga qarshilik ko‘rsatish uchun jamiki lashkarini Edrey shahriga tortib bordi.
34 Shunda Egamiz Musoga dedi: — Qo‘rqma undan, Men O‘gni butun yurti va xalqi bilan birga sening qo‘lingga beraman. Sen O‘gning boshiga Xashbonda hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixo‘nning kunini solasan.
35 Isroil xalqi O‘gni, uning o‘g‘illarini, butun xalqini bitta qoldirmay qirib tashladi. So‘ng ular O‘gning yurtini qo‘lga kiritishdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак