Sahroda 4 bob

1 Levi qabilasidan bo‘lgan Qohot urug‘ining burchlari. 21 Levi qabilasidan bo‘lgan Gershon urug‘ining burchlari. 29 Levi qabilasidan bo‘lgan Marori urug‘ining burchlari. 34 Levi qabilasi ro‘yxatga olinadi.

1 Muso bilan Horunga Egamiz yana dedi:
2 “Endi Levi qabilasidan bo‘lgan Qohot avlodini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiq.
3 Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lganlarni sana.
4 Qohot urug‘ining xizmati Uchrashuv chodirining eng muqaddas ashyolari bilan bog‘liq bo‘ladi.
5 Yo‘lga chiqqaningizda, Horun va uning o‘g‘illari chodirga kirib, ahd sandig‘ini to‘sib turadigan ichki pardani yechishsin. O‘sha parda bilan sandiqni yopishsin.
6 So‘ng uning ustidan yumshoq teridan qilingan yopinchiq tashlashsin. Uning ustidan esa sidirg‘a ko‘k choyshab tashlashsin. So‘ng xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin.
7 Keyin muqaddas nonlar qo‘yiladigan xontaxtaga ko‘k choyshab to‘shashsin. Xontaxtaga lagan, piyola, sharob nazr qilish uchun kosa va ko‘zalar qo‘yishsin. Xontaxta ustida muqaddas nonlar doimo tursin.
8 Bu narsalarning ustidan qirmizi choyshab tashlashsin. Keyin yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin.
9 So‘ng ko‘k choyshab bilan chiroqpoyani, uning moychiroqlarini, qisqichlarini, patnislarini va zaytun moyi solingan hamma idishlarini yopib qo‘yishsin.
10 So‘ng bularning ustidan yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, zambilga solishsin.
11 Oltin qurbongohga ko‘k choyshab tashlab, uning ustidan yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopishsin va xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin.
12 Keyin Muqaddas xonada ishlatiladigan buyumlarni olib, ko‘k choyshab ustiga qo‘yishsin. So‘ng ustini yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, zambilga solishsin.
13 Bronza qurbongohni kuldan tozalab, uni safsar rangdagi choyshab bilan yopishsin.
14 So‘ng qurbongohda ishlatilgan hamma buyumlarni — olovkurak, sanchqi, kurak, tog‘orachalarni qurbongoh ustiga qo‘yishsin. Yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan qurbongohni yopib, xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin.
15 Horun va uning o‘g‘illari Muqaddas chodirdagi jihozlarni va buyumlarni yopib bo‘lganlaridan keyin, yo‘lga chiqish vaqti bo‘lganda, Qohot urug‘i bu ashyolarni ko‘tarib borsin. Lekin ular bu muqaddas ashyolarga qo‘l tekkizishmasin, aks holda ular o‘ladilar. Demak, Qohot urug‘i Uchrashuv chodiridagi ashyolarni ko‘tarib boradi.
16 Ruhoniy Horun o‘g‘li Elazar chiroqpoya uchun zaytunmoyi, xushbo‘y hidli tutatqi, kundalik don nazri va muqaddas qiladigan moyga mas’ul bo‘ladi. Xullas, butun Muqaddas chodir va u yerdagi hamma narsalar, muqaddas jihozlar va buyumlar Elazar nazorati ostida bo‘ladi.”
17 Egamiz Muso bilan Horunga yana dedi:
18 “Levi qabilasi orasidan Qohot urug‘ining qirilib ketishiga yo‘l qo‘ymanglar.
19 Qohot urug‘idan bo‘lgan har bir odamga xizmat vaqtida nima qilishini va nimani ko‘tarib borishini Horun va uning o‘g‘illari aytishsin.
20 Muqaddas ashyolarga bir lahza bo‘lsa ham qaragani Qohot urug‘i chodirga kirmasligi kerak. Shunda Qohot urug‘idagi erkaklar eng muqaddas ashyolarga yaqin kelganlarida, o‘lmay tirik qolishadi.”
21 So‘ng Musoga Egamiz shunday dedi:
22 “Gershon avlodini ham urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiq.
23 Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lganlarini sana.
24 Gershon urug‘ining xizmati va ko‘taradigan yuklari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
25 Ular Muqaddas chodirning ichki qavatini, chodirning qoplamasi va yumshoq teridan qilingan tashqi qoplamani, chodirga kiraverishdagi pardani,
26 chodir bilan qurbongoh atrofini to‘sib turadigan pardalarni, hovliga kiraverishdagi pardani va unga tegishli arqonlar va hamma buyumlarni ko‘tarib borishlari lozim. Bu ashyolar bilan aloqador ishlarning hammasini Gershon urug‘i bajarsin.
27 Horun va uning o‘g‘illari Gershon urug‘ining xizmatini, tashiydigan yuklarini va bajaradigan vazifalarini to‘liq nazorat qilib turishsin. Gershon urug‘i ularning aytganlarini qilib, aytgan yuklarni ko‘tarishsin.
28 Gershon urug‘ining Uchrashuv chodirida qiladigan xizmati mana shulardan iboratdir. Ular ruhoniy Horun o‘g‘li Itamarning nazorati ostida xizmat qilishadi.
29 Endi Marori avlodini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiq.
30 Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lganlarini sana.
31 Ularning Uchrashuv chodiridagi vazifasi quyidagi ashyolarni ko‘tarib yurishdan iborat bo‘ladi: chodirning romlarini, tambalarini, ustunlar va ustun tagliklarini,
32 hovlining atrofidagi ustunlar va ustun tagliklarini, qoziq va arqonlarini, ularga tegishli hamma buyumlarni. Qaysi odam qaysi narsani ko‘tarib borishini aniq belgilanglar.
33 Marori urug‘ining Uchrashuv chodirida qiladigan ishlari mana shulardan iboratdir. Ular ruhoniy Horun o‘g‘li Itamarning nazorati ostida xizmat qilishadi.”
34 Muso, Horun va jamoaning yo‘lboshchilari Qohot avlodini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqishdi.
35 Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lgan erkaklarning soni
36 2750 ta chiqdi.
37 Qohot urug‘ining Uchrashuv chodirida xizmat qiladiganlari ana shular edi. Muso orqali Egamiz bergan amrga ko‘ra, Muso bilan Horun ularni sanadi.
38 Gershon avlodi ham urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqildi.
39 Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha erkaklarning soni
40 2630 ta chiqdi.
41 Gershon urug‘ining Uchrashuv chodirida xizmat qiladiganlari ana shular edi. Egamizning amriga ko‘ra, Muso bilan Horun ularni sanadi.
42 Marori avlodi ham urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqildi.
43 Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha erkaklarning soni
44 3200 ta chiqdi.
45 Marori urug‘i ana shular edi. Muso orqali Egamiz bergan amrga ko‘ra, Muso bilan Horun ularni sanadi.
46 Shunday qilib, Muso, Horun va Isroil yo‘lboshchilari Levi qabilasini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqishdi.
47 Uchrashuv chodirida xizmat qilishga va chodir ashyolarini ko‘tarishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lgan erkaklarning
48 umumiy soni 8580 ta chiqdi.
49 Ular Muso orqali Egamiz bergan amrga ko‘ra, har bir odamga qiladigan ishlarini va ko‘tarib boradigan buyumlarini taqsimlab berishdi. Musoga Egamiz amr etganday, hamma odam ro‘yxatga olindi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак