Sahroda 34 bob

1 Kan’on yurtining chegaralari. 16 Yurtning taqsimlanishiga javobgar yo‘lboshchilar.

1 Egamiz Musoga dedi:
2 — Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Kan’on yurtiga kirib borganingizdan keyin, sizlarga mulk qilib beriladigan bu yurt quyidagicha chegaralanadi:
3 Yurtingizning janubiy qismi Zin cho‘lidan Edom yurti bo‘ylab cho‘ziladi. Janubiy chegarangiz sharq tomonda O‘lik dengizning janubiy qirg‘og‘idan boshlanib,
4 Chayonlar dovonidan o‘tadi va janub tomonga, Zin cho‘li tomon cho‘ziladi. Chegarangizning eng janubiy nuqtasi Kadesh–Barna bo‘ladi. U yerdan chegara Xazor–Adargacha borib, Ozmon orqali o‘tadi.
5 So‘ng burilib, Misr chegarasidagi soylik bo‘ylab O‘rta yer dengiziga borib taqaladi.
6 O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i g‘arbiy chegarangizni tashkil qiladi.
7 Shimoliy chegarangiz esa O‘rta yer dengizidan sharqqa, Xo‘r tog‘iga tomon cho‘ziladi.
8 Xo‘r tog‘idan Levo–Xomatgacha boradi, so‘ng Zadoddan o‘tib,
9 Zifro‘nga cho‘zilib boradi va Xazor–Enanda to‘xtaydi. Bu sizning shimoliy chegarangiz bo‘ladi.
10 Sharqiy chegarangiz shimoldagi Xazor– Enandan boshlanib, janub tomon Shafomga boradi,
11 so‘ng yana janubga cho‘zilib, Oyinning sharq tomonidagi Rivlodan o‘tadi va Jalila ko‘lining sharq tomonidagi qirlar bo‘ylab boradi.
12 So‘ng chegara Iordan daryosi bo‘ylab janubga cho‘zilib, O‘lik dengizga borib to‘xtaydi. Har tomondan chegaralangan mana shu yerlar sizlarning yurtingiz bo‘ladi.”
13 Shundan so‘ng Muso Isroil xalqiga buyurdi: — Bu yurtni qur’a tashlab, bo‘lib olinglar. Egamiz bu yurtni to‘qqizta qabilaga va bir qabilaning yarmiga bo‘lib berishni amr etgan.
14 Ruben, Gad qabilalari va Manashe
15 qabilasining yarmi xonadonlari bo‘yicha Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordanning sharq tomonidan o‘zlariga tegishli mulkni olganlar.
16 Egamiz Musoga yana aytdi:
17 “Ruhoniy Elazar va Nun o‘g‘li Yoshua yurtni Isroil xalqiga bo‘lib berishsin.
18 Har bir qabiladan bittadan yo‘lboshchini ularga yordamchi qilib tayinlanglar.
19 O‘sha odamlarning ismlari quyidagichadir: Yahudo qabilasidan — Yafunax o‘g‘li Xolib.
20 Shimo‘n qabilasidan — Omihud o‘g‘li Shomuil.
21 Benyamin qabilasidan — Xislon o‘g‘li Elidod.
22 Dan qabilasidan — Yoxli o‘g‘li Bukki.
23 Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasidan — Efo‘d o‘g‘li Xanniel.
24 Efrayim qabilasidan — Shifton o‘g‘li Kamuvol.
25 Zabulun qabilasidan — Parno‘x o‘g‘li Elizofon.
26 Issaxor qabilasidan — Ozzon o‘g‘li Paltiyol.
27 Osher qabilasidan — Shalumi o‘g‘li Oxixud.
28 Naftali qabilasidan — Omihud o‘g‘li Padahiyol.”
29 Egamiz ana shu odamlarga, Isroil xalqiga Kan’on yurtini mulk qilib bo‘lib beringlar, deb amr bergan edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18