Sahroda 10 bob

1 Kumush karnaylar. 11 Isroil xalqi Sinaydan ketadi.

1 Egamiz Musoga aytdi:
2 “Sen ikkita kumush karnay yasattir, karnaylar zarb urib yasalgan bo‘lsin. Bu karnaylar jamoani yig‘ish hamda yo‘lga chiqish vaqtini e’lon qilish uchun kerak bo‘ladi.
3 Karnaylarning ikkalasi chalinganda, butun jamoa sening oldingga — Uchrashuv chodiri kiraverishi oldiga to‘plansin.
4 Karnayning bittasi chalinganda esa, Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari sening oldingga yig‘ilib kelishsin.
5 Karnay qisqa chalinganda, sharqdagi qarorgohda turgan qabilalar yo‘lga chiqishsin.
6 Ikkinchi marta qisqa chalinganda esa, janubdagi qarorgohda turgan qabilalar yo‘lga chiqishsin. Karnayning qisqa sadosi yo‘lga chiqish kerakligini bildiradi.
7 Jamoani yig‘ish lozim bo‘lganda esa, karnaylar boshqacha sado chiqarib chalinsin.
8 Karnayni Horunning o‘g‘illari, ruhoniylar chalishlari lozim. Bu amr sizlar uchun va sizlarning avlodlaringiz uchun doimiy qonun– qoidadir.
9 Yurtingizga bostirib kelgan dushmanga qarshi jangga otlanayotganingizda, xatardan darak berib karnaylarni chalinglar. Shunda Men, Egangiz Xudo, sizlarga yordam berib, sizlarni dushmanlaringiz qo‘lidan xalos qilaman.
10 Shuningdek, xursandchilik kunlaringizda — belgilangan bayramlaringizda va oy boshida qurbonliklar kuydirganingizda hamda tinchlik qurbonliklarini keltirganingizda karnaylarni chalinglar. Shunda Men, Egangiz Xudo, sizlarga yordam beraman. Zotan, Men Egangiz Xudoman.”
11 Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin ikkinchi yilning ikkinchi oyi yigirmanchi kunida bulut Muqaddas ahd chodiri tepasidan ko‘tarildi.
12 Shundan so‘ng Isroil xalqi Sinay sahrosidan safarga chiqdi. Nihoyat, bulut Poron sahrosida to‘xtadi.
13 Ular birinchi marta Egamizning Muso orqali bergan amriga ko‘ra, yo‘lga chiqqan edilar.
14 Birinchi bo‘lib, Ominadov o‘g‘li Naxsho‘n boshchiligida Yahudo qarorgohida turgan qabilalar o‘z bayrog‘i ostida guruh–guruh bo‘lib yo‘lga chiqishdi.
15 Issaxor qabilasiga Zuvor o‘g‘li Natanil boshchilik qilar edi.
16 Zabulun qabilasiga Xalon o‘g‘li Eliyob boshchilik qilar edi.
17 Shundan keyin Muqaddas chodir yig‘ishtirib olindi. Gershon va Marori urug‘lari chodirni ko‘tarib, yo‘lga chiqishdi.
18 Keyin Shaduvor o‘g‘li Elizur boshchiligida Ruben qarorgohida turgan qabilalar o‘z bayrog‘i ostida guruh–guruh bo‘lib yo‘lga chiqishdi.
19 Shimo‘n qabilasiga Zurishaday o‘g‘li Shalumiyol boshchilik qilar edi.
20 Gad qabilasiga Duvel o‘g‘li Eliasaf boshchilik qilar edi.
21 Keyin chodirning muqaddas ashyolarini ko‘targan Qohot urug‘i yo‘lga chiqdi. Ular qarorgoh quriladigan joyga yetib borgunlaricha, Muqaddas chodir o‘rnatib bo‘linishi kerak edi.
22 Keyin Omihud o‘g‘li Elishama boshchiligida Efrayim qarorgohida turgan qabilalar o‘z bayrog‘i ostida guruh–guruh bo‘lib yo‘lga chiqishdi.
23 Manashe qabilasiga Padozur o‘g‘li Gamaliel boshchilik qilardi.
24 Benyamin qabilasiga Gido‘nax o‘g‘li Avidon boshchilik qilardi.
25 Eng oxirida Omishaday o‘g‘li Oxazar boshchiligida Dan qarorgohidagi qabilalar o‘z bayrog‘i ostida guruh–guruh bo‘lib yo‘lga chiqishdi. Ular Isroil qarorgohlarining qorovullar bo‘linmasini tashkil qilishgan edi.
26 Osher qabilasiga Oxron o‘g‘li Paxiyol boshchilik qilardi.
27 Naftali qabilasiga Enan o‘g‘li Oxir boshchilik qilardi.
28 Isroil xalqi doim shu tartibda guruh– guruh bo‘lib yo‘lga chiqar edi.
29 Muso o‘zining qaynag‘asi, Midiyonlik Yatro o‘g‘li Xo‘vovga dedi: — Egamiz, sizlarga beraman, deb va’da qilgan yurtga biz ketyapmiz, siz ham biz bilan yuring. Egamiz bizga ko‘p yaxshiliklarni va’da qilgan, agar biz bilan borsangiz, biz ham sizga yaxshilik qilamiz.
30 — Bormayman, — dedi Xo‘vov, — men o‘z yurtimga — o‘zimning qarindoshlarim oldiga qaytib ketaman.
31 — Iltimos, bizni tashlab ketmang! — dedi unga Muso. — Sahroning qaysi joyiga chodir tikish kerakligini siz bilasiz. Siz bizning ko‘zimiz bo‘lasiz.
32 Agar biz bilan birga borsangiz, Egamiz bizga qilgan hamma yaxshiliklarni siz bilan baham ko‘ramiz.
33 Ular Egamizning muqaddas tog‘ini tark etganlaridan so‘ng, uch kun yo‘l yurishdi. Chodir tikadigan joyni topish uchun Egamizning ahd sandig‘i doimo oldinda borardi.
34 Ular kunduz kuni yo‘l yurganlarida, Egamizning buluti ularning ustida borar edi.
35 Sandiq yo‘lga chiqqanda, Muso shunday derdi: “Qo‘zg‘al, ey, Egam, Sening g‘animlaring tumtaraqay bo‘lsin. Seni ko‘rolmaganlar oldingdan qochib ketsin.”
36 Ahd sandig‘i to‘xtaganda esa Muso shunday derdi: “Qayt, ey, Egam, Ming–minglab Isroil xalqi orasiga!”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак