Sahroda 32 bob

1 Iordan daryosining sharqiga o‘rnashgan qabilalar.

1 Ruben va Gad qabilalarining chorvasi nihoyatda ko‘p edi. Ular Yazir va Gilad yerlarining chorvabop ekanligini ko‘rib,
2 Muso, ruhoniy Elazar va jamoa yo‘lboshchilarining oldiga borib shunday deyishdi:
3 — Otaro‘t, Dibon, Yazir, Nimro, Xashbon, Elaley, Savom, Navo, Bayo‘n shaharlari
4 joylashgan butun o‘lkani EgamizIsroil xalqiga mag‘lub qilib berdi. Bu nihoyatda chorvabop yerlar ekan. Biz, qullaringizning, esa chorvasi bor.
5 Agar biz sizlarning iltifotingizga sazovor bo‘lgan bo‘lsak, o‘sha yerlarni bizga mulk qilib bersangizlar, bizni Iordan daryosining narigi tomoniga olib o‘tmasangizlar.
6 Shunda Muso Gad bilan Ruben qabilalariga shu gapni aytdi: — Birodarlaringiz urushga borganlarida, sizlar bu yerda qolasizlarmi?
7 Nimaga sizlar, Isroil xalqi Egamiz bergan yurtga bormasin, deb ularning ra’yini qaytaryapsizlar?
8 Men otalaringizni Kadesh–Barnadan yurtni ko‘rib kelish uchun jo‘natganimda, ular ham xuddi shunday yo‘l tutishgan edi.
9 Ular Eshko‘l soyligigacha borib, yurtni ko‘rib chiqqan edilar. So‘ng Egamiz bergan yurtga Isroil xalqi bormasin, deb ularning ra’yini qaytargan edilar.
10 O‘sha kuni Egamiz otalaringizdan qattiq g‘azablanib shunday qasam ichgan edi:
11 “Misrdan chiqqan yigirma va undan yuqori yoshdagi odamlar Men Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga va’da qilgan yurtga kirmaydilar, chunki ular Menga sodiq qolmadilar.
12 O‘sha yurtga faqat Xanaz urug‘idan Yafunax o‘g‘li Xolib bilan Nun o‘g‘li Yoshua kiradilar, chunki ular ikkovigina Men, Egangizga, sodiq qoldilar.”
13 Ha, Egamiz Isroil xalqidan qattiq g‘azablangan edi. Egamiz Uning oldida qabihlik qilgan ajdodlaringizni qirq yil — ular batamom tugab bitmaguncha sahroda kezdirdi.
14 Endi esa siz, ey, gunohkorlar nasli, otalaringizning o‘rnini egallab, Egamizning g‘azabini Isroil xalqiga qarshi qo‘zg‘atyapsizlar!
15 Agar Egamizdan yuz o‘girsangizlar, U Isroil xalqini yana sahroda tashlab ketadi. Butun xalq sizlar tufayli qirilib ketadi.
16 Lekin Ruben va Gad qabilalari Musoga yaqinlashib, shunday deyishdi: — Biz bu yerda suruvlarimiz uchun qo‘y qo‘ralari, bola–chaqalarimiz uchun shaharlar quramiz.
17 O‘zimiz esa qurollanib, Isroil xalqini ularning yurtiga joylashtirmagunimizcha safning boshida boramiz. Shu asnoda bolalarimiz mustahkam shaharlarda qoladilar, mahalliy xalqlar ularga xavf solmaydilar.
18 Isroil xalqining har biri o‘z mulkiga ega bo‘lmaguncha, biz uyimizga qaytmaymiz.
19 Biz Iordan daryosining narigi tomonidan o‘zimizga mulk olmaymiz, chunki bizning mulkimiz Iordanning bu tomonida — sharq tomonida bo‘ladi.
20 Muso ularga shunday dedi: — Agar sizlar haqiqatan ham aytganingizni qilsangizlar, Egamiz oldida jang qilish uchun qurollaninglar.
21 Qo‘liga qurol tutgan barcha sipohlaringiz Iordan daryosidan o‘tsin. Egamiz O‘z g‘animlarini quvib yubormaguncha, Uning oldida boringlar.
22 Egamiz o‘sha yurtni taslim qilgandan keyingina, shu yerga qaytib kelishingiz mumkin. Shunda sizlar Egamiz oldida ham, Isroil xalqi oldida ham o‘z majburiyatingizdan ozod bo‘lasiz. Iordan daryosining sharq tomonidagi yer sizning Egamizdan olgan mulkingiz bo‘ladi.
23 Agar shunday qilmasangizlar, sizlar Egamizga qarshi gunoh qilgan bo‘lasizlar. Gunohingiz o‘z boshingizni yeydi.
24 Bolalaringiz uchun shaharlar, suruvlaringiz uchun qo‘ralar quringlar. Lekin va’dangiz ustidan chiqinglar.
25 Gad va Ruben qabilalari Musoga: — Hazrat nima buyruq bersalar, qullari shuni ado etgaylar, — deyishdi.
26 — Bolalarimiz, xotinlarimiz, podalaru suruvlarimiz shu yerda — Giladdagi shaharlarda qoladi.
27 Lekin qo‘liga qurol tutgan har bir erkagimiz, hazratimiz aytganlariday, Egamiz boshchiligida jang qilish uchun daryoning narigi tomoniga o‘tadi.
28 Shundan keyin Muso ruhoniy Elazarga, Nun o‘g‘li Yoshuaga va Isroil qabilalarining urug‘boshilariga buyruq berib dedi:
29 — Agar Gad va Ruben qabilalari qurollanib, Egamiz boshchiligida jang qilish uchun sizlar bilan birga Iordanning narigi tomoniga o‘tishsa, sizlar o‘sha yurtni mag‘lub qilganingizdan keyin Gilad yerlarini ularga mulk qilib beringlar.
30 Bordi–yu, ular sizlar bilan birga qurollanib bormasa, boshqa qabilalar qatori, Kan’on yurtidan mulk olishadi.
31 Shunda Gad va Ruben qabilalari: — Egamiz qullaringizga qanday amr bergan bo‘lsa, hammasini ado etamiz, — deb javob berishdi.
32 — Biz qurollanib, Egamiz boshchiligida Iordan daryosining narigi tomoniga o‘tib, Kan’on yurtiga boramiz. Lekin Iordanning shu tomonidagi yerlar bizning mulkimiz bo‘la qolsin.
33 Shundan keyin Muso Gad bilan Ruben qabilalariga hamda Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasining yarmiga[187]Amor xalqining shohi Sixo‘nning yurti bilan Bashan shohi O‘gning yurtini — ularning jamiki yerlaru shaharlarini, shahar atrofidagi o‘lkalarni berdi.
34 Gad qabilasi Dibon, Otaro‘t, Aror,
35 Otro‘t– Shifan, Yazir, Yohboxo,
36 Bayt–Nimro va Bayt– Xoron degan mustahkam shaharlarni qaytadan barpo qilib, qo‘y qo‘ralarini qurdi.
37 Ruben qabilasi ham Xashbon, Elaley, Xiratayim,
38 Navo, Baal–Miyon (bu shaharlarning nomlarini o‘zgartirdi) va Sivmo shaharlarini qayta qurdi. Ular tiklagan shaharlariga yangi nom berdi.
39 Manashe o‘g‘li Moxirning avlodlari Gilad o‘lkasiga borishdi. Ular Giladni bosib olib, Amor xalqini u yerdan quvib chiqarishdi.
40 Shundan keyin Muso Giladni Moxir avlodiga berdi. Moxir avlodi u yerda joylashdi.
41 Manashe o‘g‘li Yovir esa Amor xalqining qishloqlarini egalladi. U o‘sha yerlarga Yovir qishloqlari, deb nom berdi.
42 Navah Qanot shahrini va uning atrofidagi qishloqlarni egalladi, u yerlarga Navah, deb o‘zining ismini berdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18