Sahroda 23 bob

13 Balomning ikkinchi bashorati. 26 Balomning uchinchi bashorati.

1 Balom Boloqqa dedi: — Shu yerda men uchun yettita qurbongoh qurib, yettita buqa va yettita qo‘chqorni tayyorlab qo‘y.
2 Boloq Balom aytganday qildi. So‘ng ikkovlari har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qo‘chqorni qurbonlik qilishdi.
3 Keyin Balom Boloqqa dedi: — Sen kuydirilgan qurbonliklaring yonida qol, men esa borib ko‘ray, Egamiz menga peshvoz chiqarmikin. U menga nimani ayon qilsa, shuni senga aytaman. Balom tepalikka chiqdi.
4 Xudo Balom bilan uchrashgach, Balom Xudoga dedi: — Men yettita qurbongoh qurdirib, har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qo‘chqorni qurbonlik qildim.
5 Egamiz Balomning og‘ziga so‘z solib: — Boloqning oldiga qaytib bor, unga Men aytgan so‘zlarimni yetkaz, — dedi.
6 Balom Boloqning oldiga qaytib keldi. Boloq hamma Mo‘ab a’yonlari bilan birga kuydirilgan qurbonliklarning yonida turgan edi.
7 Balom quyidagicha bashorat qildi: “Meni Mo‘ab shohi Boloq sharqiy tog‘lardan, Oramdan olib kelib, dedi: “Kel, men uchun Yoqub naslini la’natla, Kel, Isroil xalqini sen qarg‘a!”
8 Xudo la’natlamaganni men qanday la’natlayin?! Egamiz qarg‘amaganni qanday qilib qarg‘ayin?!
9 Qoyaning tepasida turib men ularni ko‘ryapman, Tepalikdan ularga qarab turibman, Yashaydi bu xalq hammadan alohida. O‘zgachadir ular xalqlar orasida.
10 Qumday sanoqsiz bo‘lgan Yoqub naslini kim sanab chiqar?! Isroilning choragini kim hisoblab chiqa olar?! Men ham to‘g‘ri odam kabi olamdan o‘tay, Iloyim, bo‘lsin ularnikiday oxiratim baxayr.”
11 — Sen nima qilyapsan o‘zi? — dedi Boloq Balomga. — Men seni, dushmanlarimni la’natlaydi, deb chaqirtirib kelgan edim, sen esa ularni duo qilyapsan–ku!
12 — Men faqat Egamiz og‘zimga solgan so‘zni aytishim kerak–ku! — deb javob berdi Balom.
13 — Kel, men bilan birga boshqa joyga bora qol, — dedi unga Boloq. — Sen o‘sha joydan Isroil xalqining bir qismini ko‘rasan. O‘sha joydan turib Isroilni men uchun la’natla.
14 Boloq Balomni Fisgax tog‘ tizmasi tepasidagi Zo‘fim degan yassi joyga boshlab keldi. U yerda ham yettita qurbongoh qurib, har bir qurbongoh ustida bittadan buqa va bittadan qo‘chqorni qurbonlik qildi.
15 So‘ng Balom Boloqqa dedi: — Sen shu yerda — kuydirilgan qurbonliklaring yonida qol, men esa hov anavi yerga borib, Egamiz bilan uchrashib kelaman.
16 Egamiz Balomga peshvoz chiqib, uning og‘ziga so‘z soldi. So‘ng: — Boloqning oldiga qaytib bor, unga Men aytgan so‘zlarimni ayt, — dedi.
17 Balom Boloqning oldiga qaytib keldi. Boloq Mo‘ab a’yonlari bilan birga kuydirilgan qurbonliklarning yonida turgan edi. — Egang nima dedi? — deb so‘radi undan Boloq.
18 Balom quyidagicha bashorat qildi: “Menga qara, ey, Zippur o‘g‘li Boloq, Gaplarimni eshit, yaxshilab solgin quloq.
19 Xudo inson emaski, U yolg‘on gapirsa, U odam emaski, fikrini o‘zgartirsa. U doim va’dasi ustidan chiqar! O‘z aytganlarin albatta bajarar!
20 Xudo menga berdi duo so‘zlarini, O‘zgartira olmayman men Xudoning barakasini.
21 Men Isroilning kelajagini ko‘ryapman, Yoqub nasli boshiga kulfat tushmas, Bu xalq biror ko‘rgilik ko‘rmas. Egasi Xudo ularning orasida, Shoh, deya olqishlar Uni hamma.
22 Yovvoyi buqaning kuchi bilan Xudo ularni Misrdan olib chiqqan.
23 Yoqub nasliga qarshi sehr–jodu yo‘q, Isroilga qarshi folbinlik yo‘q. Odamlar Yoqub nasli haqida, Isroil to‘g‘risida: “Qaranglar, Xudo nimalarni qilgan”, deb aytishar.
24 Isroil xalqi sher kabi qo‘zg‘alar, Arslonday sakrab turar, O‘ljasini yeb bitirmaguncha, Qurbonlarning qoniga to‘ymaguncha yotmas.”
25 Shundan so‘ng Boloq Balomga aytdi: — Isroil xalqini la’natlamagin ham, duo ham qilmagin!
26 Lekin Balom Boloqqa: — Men sizga, faqat Egamizning aytganini qilaman, deb aytmaganmidim?! — dedi.
27 — Yur, endi men seni boshqa joyga olib boraman, — dedi Boloq. — Balki shunda Xudo mamnun bo‘lib, o‘sha yerdan turib men uchun Isroilni la’natlashingga yo‘l qo‘yar.
28 Boloq Balomni Piyor tog‘ining tepasiga boshlab olib chiqdi. Bu tog‘dan sahroning manzarasi ko‘rinib turardi.
29 Balom Boloqqa dedi: — Shu yerda menga yettita qurbongoh qurib, yettita buqa bilan yettita qo‘chqorni tayyorlab qo‘y.
30 Boloq Balom aytganday qilib, har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qo‘chqorni qurbonlik qildi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак