Sahroda 36 bob

1 Turmushga chiqqan ayollarning merosi.

1 Bir kuni Gilad urug‘ining urug‘boshilari Muso bilan Isroil yo‘lboshchilari oldiga kelishdi. Gilad Moxirning o‘g‘li, Manashening nevarasi, Yusufning evarasi edi.
2 — Ey, Muso hazratlari, — deya murojaat qilishdi ular. — Egamiz sizga, Isroil xalqiga qur’a bo‘yicha yerni mulk qilib ber, deb amr qilganda, inimiz Zalofxodning mulkini qizlariga berishingizni aytgan edi.
3 Bordi–yu, Zalofxodning qizlari Isroilning boshqa qabilasidagi yigitlarga turmushga chiqsalar, ularning mulki turmushga chiqqan urug‘ning mulkiga qo‘shiladi. Shunda qabilamiz ulush qilib olgan yerning bir qismidan ajralib qoladi.
4 Qutlug‘ yil kelganda esa Zalofxod qizlarining mulki o‘zlari turmushga chiqqan urug‘ning mulkiga qo‘shilib, qabilamizning mulkidan ayirib olinadi va biz qabilamizga tegishli bo‘lgan bir qism yerdan ayrilib qolamiz.
5 Muso, Egamizning amriga binoan, Isroil xalqiga aytdi: — Yusuf avlodining gapi to‘g‘ri.
6 Egamiz Zalofxodning qizlari haqida shunday amr berdi: Zalofxodning qizlari o‘zlari xohlagan odamlarga turmushga chiqishsin. Lekin ular turmushga chiqadigan yigitlar Zalofxodning qabilasidan bo‘lishlari shart.
7 Isroil xalqining mulki bir qabiladan boshqasiga o‘tib ketmasin. Har bir Isroil odami otalaridan meros qilib olgan yerni saqlasin.
8 Isroilning hamma qabilasida mulkka merosxo‘rlik qiladigan har qanday qiz, o‘zining qabilasidan birortasiga turmushga chiqsin, toki Isroilning hamma odamlari mulk qilib olgan yerlariga o‘zlari egalik qilsin.
9 Ana shunda mulk bir qabiladan boshqa qabilaga o‘tib ketmaydi. Isroil xalqining har bir qabilasi o‘z mulkini saqlab qolsin.
10 Egamiz Musoga qanday amr etgan bo‘lsa, Zalofxodning qizlari o‘shanday qildilar.
11 Zalofxodning Maxlo, Tirza, Xo‘glax, Milxo va Nuvah ismli qizlari o‘z amakilarining o‘g‘illariga turmushga chiqdilar.
12 Ular turmushga chiqqan yigitlar Yusuf o‘g‘li Manashe urug‘laridan edilar. Shunday qilib, u qizlarning merosi otalari qabilasida qoldi.
13 Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz bergan amr va qonunlar ana shulardan iboratdir. Bu qonunlar Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida berilgan edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18