Sahroda 13 bob

1 Ayg‘oqchilar.

1 Shundan so‘ng xalq Xazero‘tdan yo‘lga chiqib, Poron sahrosiga kelib qarorgoh qurdi.
2 Egamiz Musoga dedi:
3 “Men Isroil xalqiga berayotgan Kan’on yurtiga ayg‘oqchilar yubor. Har bir qabiladan bittadan yo‘lboshchini jo‘nat.”
4 Muso, Egamizning amriga muvofiq, qabila yo‘lboshchilarini Poron sahrosidan Kan’on yurtiga jo‘natdi.
5 Ularning ismi quyidagichadir: Ruben qabilasidan — Zakkur o‘g‘li Shammuva.
6 Shimo‘n qabilasidan — Xo‘ri o‘g‘li Shofot.
7 Yahudo qabilasidan — Yafunax o‘g‘li Xolib.
8 Issaxor qabilasidan — Yusuf o‘g‘li Yixal.
9 Efrayim qabilasidan — Nun o‘g‘li Xo‘sheya.
10 Benyamin qabilasidan — Rofu o‘g‘li Palti.
11 Zabulun qabilasidan — So‘di o‘g‘li Gaddiel.
12 Yusuf qabilasidan, ya’ni Manashe qabilasidan — Susix o‘g‘li Gaddi.
13 Dan qabilasidan — Gamali o‘g‘li Omiyol.
14 Osher qabilasidan — Mikoyil o‘g‘li Satur.
15 Naftali qabilasidan — Vofsi o‘g‘li Naxbi.
16 Gad qabilasidan — Moxi o‘g‘li Guval.
17 Muso Kan’on yurtiga ayg‘oqchilikka yuborgan odamlarning ismi ana shulardir. Muso Nun o‘g‘li Xo‘sheyaning ismini o‘zgartirib, uni Yoshua, deb atadi.
18 Muso ularni Kan’on yurtiga ayg‘oqchilikka yuborar ekan, shunday dedi: “Shimolga qarab yuringlar, Nagav cho‘lini aylanib chiqqaningizdan keyin, cho‘ldan shimolda joylashgan qirli yerlarni ham ko‘rib chiqinglar.
19 U yerlar qanday joy, u yerda yashayotgan xalq kuchlimi yoki zaifmi, ko‘pmi yoki ozmi,
20 yurti yaxshimi yoki yomonmi, shaharlari devor bilan o‘ralganmi yoki yo‘qmi,
21 yerlari unumdormi yoki kamhosilmi, daraxtlari bormi yoki yo‘qmi, bilib kelinglar. O‘sha yurtning mevalaridan olib kelishning ilojini qilinglar.” Uzum mavsumi endi boshlangan edi.
22 Shunday qilib, ayg‘oqchilar shimolga qarab ketishdi. Zin cho‘lidan boshlab, Levo–Xomat yaqinidagi Rexob shahrigacha bo‘lgan hamma joylarni ko‘zdan kechirib chiqishdi.
23 Dastavval ular Nagav cho‘lini kesib o‘tib, Xevron shahriga borishgandi. O‘sha yerda Inoqdan kelib chiqqan Oximan, Sheshay va Talmay urug‘lari yashashardi. Xevron Misrdagi Zo‘van shahridan yetti yil oldin qurilgan edi.
24 U yerdan ayg‘oqchilar Eshko‘l soyligiga borib, bir bosh uzumni shoxi bilan qirqib olishgandi. Bu bosh uzumni ikki kishi xodaga osib ko‘tarib ketgandi. Bundan tashqari, ular anor va anjirlardan ham olishgandi.
25 Ayg‘oqchilar soylikdan bir bosh uzum qirqib olganlari uchun o‘sha soylikka Eshko‘l, deb nom berildi.
26 Nihoyat, ular yurtni ko‘rib chiqib, qirqinchi kuni qaytishdi.
27 Poron sahrosidagi Kadeshga — Muso, Horun va butun Isroil jamoasi oldiga kelishdi. Ularga ko‘rgan–bilganlarini aytib, o‘sha yurtning mevalarini ko‘rsatishdi.
28 Ular Musoga shunday deb aytishdi: — Siz bizni yuborgan yurtga bordik, u yerda chindan ham sut va asal oqib yotibdi. Mana bu mevalar o‘sha yerdan.
29 Lekin u yerdagi xalqlar kuchli, shaharlari mustahkam va nihoyatda ulkan ekan. Biz u yerda hatto Inoq avlodini ham ko‘rdik!
30 Omolek xalqi — Nagav cho‘lida, Xet, Yobus va Amor xalqlari — qirlarda, Kan’on xalqi esa O‘rta yer dengizi qirg‘oqlarida va Iordan daryosi bo‘ylarida istiqomat qilishar ekan.
31 Xolib Musoning ro‘parasida turgan xalqni tinchlantirib: — Bo‘la qolinglar, o‘sha yurtga hujum qilib, uni egallab olaylik. O‘sha yurtni bosib olishga albatta kuchimiz yetadi, — dedi.
32 Lekin Xolib bilan birga borganlar: — U xalqqa bas kela olarmidik?! Ular bizdan kuchliroq–ku! — deyishdi.
33 Shunday qilib, ular o‘zlari ko‘rib kelgan yurt to‘g‘risida Isroil xalqi orasida bo‘lmag‘ur mish– mishlar tarqata boshlashdi: “Biz ko‘rib kelgan yurt u yerda yashashga boradiganlarni yutib yuborar ekan. O‘sha yurtdagi hamma odamlar dev qomat ekan.
34 Biz u yerda hatto ulkan pahlavonlar urug‘idan bo‘lgan Inoq avlodini ko‘rdik. Ularning oldida o‘zimizni xuddi chigirtkaday his qildik. Ha, ularning nazarida ham biz chigirtkaday edik.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18