Sahroda 35 bob

1 Levilarga berilgan shaharlar. 9 Panoh shaharlar.

1 Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida Egamiz Musoga dedi:
2 “Isroil xalqiga buyur, ular mulk qilib oladigan yeridan levilarga yashash uchun shaharlar berishsin. Shuningdek, shaharlarning atrofidagi yaylovlarni ham berishsin.
3 Shaharlar levilarga vatan bo‘ladi, yaylovlar esa mol–holi uchun yaraydi.
4 Levilarga beriladigan yaylovlar shahar devoridan 1000 tirsak masofada bo‘lgan tevarakdagi hamma yaylovlarni o‘z ichiga olsin.
5 Shahar tashqarisidan sharq, janub, g‘arb, shimol tomonga 2000 tirsak o‘lchanglar, shahar o‘rtada bo‘lsin. Shahar atrofi esa ularning yaylovlari bo‘ladi.
6 Sizlar levilarga beradigan shaharlaringizning oltitasi panoh shaharlar bo‘lsin. Birortangiz bilmasdan odam o‘ldirib qo‘ysangiz, o‘sha shaharlarning biriga qochib borishingiz mumkin. Bu oltita shahardan tashqari levilarga yana qirq ikkita shahar beringlar.
7 Hammasi bo‘lib levilarga qirq sakkizta shahar va ular atrofidagi yaylovlar berilsin.
8 Isroil xalqi mulkidan har bir qabila olgan ulushining hajmiga ko‘ra, levilarga shaharlar ajratib beringlar. Kattaroq ulush olgan qabila ko‘proq, kichikroq ulush olgan qabila esa kamroq shahar bersin.”
9 Isroil xalqiga quyidagi amr va qonunlarni yetkaz, deb Musoga Egamiz shunday amr berdi:
10 “Sizlar Iordan daryosining narigi tomoniga o‘tib, Kan’on yurtiga kirganlaringizdan keyin,
11 o‘zlaringiz uchun panoh shaharlarni tanlanglar. Birortasi bilmasdan odam o‘ldirib qo‘ysa, o‘sha shaharlarning biriga qochib bora oladigan bo‘lsin.
12 Qotil jamoa oldida hukm qilinishdan oldin o‘ldirilib qo‘yilmasligi uchun, bu shaharlar qotilga qasoskordan panoh bo‘ladi.
13 Oltita panoh shahringiz bo‘lsin.
14 Uchta shaharni Iordan daryosining sharq tomonidan, qolgan uchtasini Kan’on yurtidan tanlanglar.
15 Ana shu oltita shahar sizlar uchun ham, orangizda vaqtincha yoki doimiy ravishda istiqomat qilayotgan musofirlar uchun ham panoh bo‘ladi. Birortasini tasodifan o‘ldirib qo‘ygan odam o‘sha yoqqa qochib borsin.
16 Agar birorta odam boshqasini temir asbob bilan urib o‘ldirib qo‘ysa, urgan odam qotil hisoblanadi va o‘sha odamning jazosi o‘limdir.
17 Odamni tosh bilan urib o‘ldirgan kishi ham qotildir. Qotilning jazosi o‘limdir.
18 Odamni yog‘och qurol bilan urib o‘ldirgan kishi ham qotildir. Qotilning jazosi o‘limdir.
19 Marhumning xunini oladigan odam qotilni o‘ldirsin. Qotilni uchratib qolganda uning jonini olsin.
20 Shuningdek, agar birortasi boshqasini yomon ko‘rgani uchun itarib yoki qasddan unga biror narsani otib o‘ldirib qo‘ysa,
21 yoxud adovatdan unga musht tushirib o‘ldirsa, urgan odamning jazosi o‘limdir. U qotildir. Marhumning xunini oladigan odam qotilni uchratganda o‘ldirsin.
22 Bordi–yu, biri boshqasini bexosdan, xusumat qilmay, turtib yuborsa yoki qasd qilmay biror narsa otsa
23 yo ko‘rmay turib ustiga tosh tushirib yuborsa va o‘sha odam o‘lsa, jamoa qasoskor bilan odam o‘ldirgan kishining orasidagi mojaroni hal qilsin.
24 Chunki odam o‘ldirganning va marhumning orasida hech qanday adovat bo‘lmagan edi.
25 Jamoa qotilni qasoskorning qo‘lidan xalos qilib, uni qaytarib panoh shaharga jo‘natsin. Moy surtib tanlangan oliy ruhoniy vafot etguncha, qotil o‘sha yerda qolsin.
26 Lekin qotil panoh shahar chegarasidan chiqsa
27 va qasoskor uni panoh shahardan tashqarida tutib olib o‘ldirsa, qasoskor qotillikda ayblanmaydi.
28 Chunki oliy ruhoniy vafot etguncha, qotil panoh shaharda qolishi lozim edi. Oliy ruhoniyning vafotidan so‘nggina u o‘z uyiga qaytib borishi mumkin edi.
29 Mana shular sizlar uchun avlodlaringiz osha, qayerda yashasangiz ham, qonun bo‘lib qolsin.
30 Odam o‘ldirgan kishi faqat guvohlarning ko‘rsatmalari asosidagina qotillikda ayblanib, o‘limga mahkum qilinsin. Bitta odamning guvohligi asosida hech kim o‘ldirilmasin.
31 O‘limga hukm qilingan qotilning joni evaziga pul olmanglar. Qotilni albatta o‘ldiringlar.
32 Panoh shaharga qochib ketgan odamdan ham pul olmanglar, u oliy ruhoniyning vafotidan oldin o‘z yeriga qaytib kelib yashashi uchun yo‘l qo‘ymanglar.
33 O‘zingiz yashab yurgan yerni bulg‘amanglar. Yer to‘kilgan qon tufayli bulg‘anadi. Qotillik tufayli bulg‘angan yerni faqat qotilning qoni bilan tozalab bo‘ladi.
34 O‘zlaringiz yashaydigan va Men istiqomat qiladigan yerni bulg‘amanglar, zotan Men, Egangiz, Isroil xalqi orasida istiqomat qilaman.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18