Sahroda 3 bob

1 Ruhoniy Horunning o‘g‘illari. 5 Levi qabilasi ruhoniylik xizmatiga tayinlanadi. 14 Levi qabilasi ro‘yxatga olinadi. 40 Levi qabilasi to‘ng‘ich o‘g‘illarning o‘rnini bosadi.

1 Egamiz Sinay tog‘ida Muso bilan so‘zlashganda, Muso va Horunning nasli quyidagilardan iborat edi:
2 Horunning to‘rtta o‘g‘li bor edi: Nadov, Abihu, Elazar va Itamar. Nadov to‘ng‘ich o‘g‘il edi.
3 Muso Horunning bu o‘g‘illariga moy surtib, ularni ruhoniylikka tayinlagan edi.
4 Lekin Nadov bilan Abihu Sinay sahrosida Egamiz amr etmagan olovni Uning huzuriga olib kelganlari uchun o‘sha yerda nobud bo‘lgan edilar. Ikkovi ham befarzand edi. Shuning uchun faqat Elazar bilan Itamar otalari Horunning hayotligida ruhoniy bo‘lib xizmat qilgan edilar.
5 Musoga Egamiz shunday amr berdi:
6 “Levi qabilasini ruhoniy Horun huzuriga boshlab kel. Ular Horunga yordam berishsin.
7 Levilar Horun va butun Isroil jamoasiga xizmat qilib, Muqaddas chodirga oid bo‘lgan barcha yumushlarni bajarishsin.
8 Ular Isroil xalqi uchun Muqaddas chodirda xizmat qilib, chodirdagi hamma ashyolar uchun mas’ul bo‘lishsin.
9 Levilarni Horun va uning o‘g‘illari ixtiyoriga ber. Isroil xalqining bu qabilasi to‘liq ularning ixtiyorida bo‘lishi shart.
10 Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylik xizmatiga tayinla. Ruhoniylik vazifasini bajargan har qanday boshqa odamning jazosi o‘limdir.”
11 Musoga Egamiz yana dedi:
12 “Men levilarni Isroil xalqining onadan tug‘ilgan barcha to‘ng‘ich o‘g‘illari o‘rnida qabul qilganman. Levilar Menikidir.
13 Zotan, hamma to‘ng‘ich o‘g‘illar Menga tegishli. Men Misrliklarning hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarini nobud qilgan kunim Isroil xalqining barcha to‘ng‘ich o‘g‘illarini — odamidan tortib hayvoniga qadar — O‘zim uchun ajratib olganman. Ularning hammasi Meniki bo‘lishi shart. Zotan, Men Egangizman.”
14 Musoga Egamiz Sinay sahrosida yana aytdi:
15 “Levi qabilasini urug‘i va xonadonlari bo‘yicha sanab chiq. Bir oylik va undan yuqori yoshdagi hamma erkak zotini sanab chiq.”
16 Egamizning amri bo‘yicha Muso ularni sanab chiqdi.
17 Levining uchta o‘g‘li bo‘lib, ismlari Gershon, Qohot va Marori edi.
18 Gershonning Lubnax va Shimax degan o‘g‘illari bo‘lib, har qaysisidan bittadan urug‘ kelib chiqdi.
19 Qohotning Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol degan o‘g‘illari bo‘lib, ulardan ham bittadan urug‘ kelib chiqdi.
20 Marorining Maxli va Mushi degan o‘g‘illari bo‘lib, ulardan ham bittadan urug‘ kelib chiqdi. Levi urug‘larining ota xonadoni bo‘yicha ro‘yxatga olinganlari ana shular edi.
21 Gershondan Lubnax va Shimax urug‘lari kelib chiqdi.
22 Gershon urug‘iga qarashli bir oylik va undan yuqori yoshdagi erkaklar sanalganda, 7500 ta chiqdi.
23 Gershon urug‘i chodirlarini Muqaddas chodirning orqa tomonida, g‘arbda o‘rnashtirishlari kerak edi.
24 Gershon urug‘ining oqsoqoli Loyol o‘g‘li Eliasaf edi.
25 Gershon urug‘i chodirning quyidagi ashyolari uchun mas’ul edi: chodirning ichki qavati va qoplamalari, chodirga kiraverishdagi parda,
26 chodir bilan qurbongoh atrofini to‘sib turadigan pardalar, hovliga kiraverishdagi parda va uning arqonlari. Chodirning bu ashyolar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmat Gershon urug‘i zimmasida edi.
27 Qohotdan Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol urug‘lari kelib chiqdi.
28 Ularga qarashli bir oylik va undan yuqori yoshdagi erkaklar sanalganda, 8600 ta chiqdi. Qohot urug‘i Muqaddas chodir uchun mas’ul edi.
29 Qohot urug‘i Muqaddas chodirning janub tomonida chodir qurishi kerak edi.
30 Qohot urug‘i oqsoqoli Uziyol o‘g‘li Elizofon edi.
31 Ular chodirdagi quyidagi ashyolar uchun mas’ul edilar: sandiq, xontaxta, chiroqpoya, qurbongohlar, xizmat paytida ishlatiladigan Muqaddas chodir buyumlari va ichki pardasi. Chodirdagi bu ashyolar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmat Qohot urug‘i zimmasida edi.
32 Levi oqsoqollari ustidan ruhoniy Horun o‘g‘li Elazar boshchilik qilardi. Muqaddas chodir uchun mas’ul bo‘lganlar Elazarning nazorati ostida edilar.
33 Maroridan Maxli va Mushi urug‘lari kelib chiqdi.
34 Marori urug‘ining bir oylik va undan yuqori yoshdagi erkaklari sanalganda, 6200 ta chiqdi.
35 Marori urug‘i oqsoqoli Abuhayil o‘g‘li Zuriyol edi. Ular Muqaddas chodirning shimol tomoniga chodirlarini o‘rnatishlari kerak edi.
36 -
37 Ular chodirdagi quyidagi ashyolar uchun mas’ul edilar: chodirning romlari, tambalari, ustunlar va ustun tagliklari, ularga oid barcha buyumlar, hovlining atrofidagi ustunlar va ustun tagliklari, qoziq va arqonlari, ularga tegishli hamma buyumlar. Chodirdagi bu ashyolar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmat Marori urug‘i zimmasida edi.
38 Muso, Horun va uning o‘g‘illari o‘z chodirlarini sharq tomonda — Muqaddas chodirning oldida o‘rnatishlari kerak edi. Ular Isroil xalqining vakillari sifatida Muqaddas chodirdagi xizmat uchun mas’ul edilar. Ulardan boshqa birontasi chodirga yaqin kelsa, o‘sha odamning jazosi o‘lim edi.
39 Muso va Horun, Egamizning amriga ko‘ra, Levi qabilasining bir oylik va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarini urug‘lari bo‘yicha sanab chiqqanda, ularning umumiy soni 22.000 ta chiqdi.
40 Egamiz shundan keyin Musoga yana aytdi: “Isroil xalqining bir oylik va undan yuqori yoshdagi hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarini sanab chiq. Ularning ismlarini ro‘yxat qilib yoz.
41 Men Egangizman. Men Levi qabilasini Isroil xalqining hamma to‘ng‘ich o‘g‘illari o‘rniga qabul qilaman. Isroil xalqining chorvasida birinchi tug‘ilgan bolasi o‘rniga levilarning chorvasini ham olaman.”
42 Muso Egamizning amrini bajardi. Isroil xalqining hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarini sanab chiqdi.
43 Bir oylik va undan yuqori yoshdagi hamma to‘ng‘ich o‘g‘il bittama–bitta sanalganda, 22.273 ta chiqdi.
44 Musoga Egamiz aytdi:
45 “Isroil xalqining hamma to‘ng‘ich o‘g‘illari o‘rniga levilarni Menga bag‘ishla, Isroil xalqining chorvasi o‘rniga esa levilarning chorvasini Menga bag‘ishla. Levilar Meniki bo‘ladi. Men Egangizman.
46 Isroilning to‘ng‘ich o‘g‘illari levilardan 273 ta ortiq. Isroil xalqi ana shu ortiqchasi evaziga tovon to‘lashi kerak.
47 Har bir ortiq odam evaziga besh bo‘lakdan kumush ol. Har bir kumush bo‘lakning og‘irligi 2,5 misqol bo‘lsin.
48 O‘sha kumushni Horun va uning o‘g‘illariga ber.”
49 -
50 Muso ortiq chiqqan Isroil to‘ng‘ich o‘g‘illaridan 1365 ta kumush bo‘lakni yig‘ib oldi.
51 Muso Egamizning amriga ko‘ra, yig‘ib olgan tovon pulini Horun va uning o‘g‘illariga berdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18